Termiz davlat universiteti denov filiali maktabgacha va boshlang



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana28.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#588097
1   2
Bog'liq
1 Mavzu (2)

tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsadi 
bo’lajak tarbiyachilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik 
texnologiyalarni qo’llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o’rgatishga 
tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 


1. Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilimlarni berish. 
2. Maktabgacha ta’lim muassasalarda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanini 
ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish. 
3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiya 
haqida bilim berish. 
4. Talabalarni o’quv metodik adabiyotlar, dastur va Mashg’ulotliklarni tahlil 
qilishga o’rgatish. 
5. Talabalarni tabiatshunoslikni o’qitishning turli uslublari va yo’llari bilan 
tanishtirish. 
6. Talabalarda mazkur fandan o’qitishning turli tashkiliy shakllarini, uslublarini, 
zarur ko’rgazmali qurollarni to’g’ri tanlash malakalarini hosil qilish. 
7. Tabiatshunoslik muammolariga bag’ishlangan maqolalar, adabiyotlarga taqriz, 
annotatsiya yozishga o’rgatish. 
8. Kuzatilgan Mashg’ulot va Mashg’ulotlardan tashqari tadbirlarni mustaqil 
metodik jihatdan to’g’ri tahlil qilishga o’rgatish. 
9. Fanlararo aloqalar va ta'lim-tarbiya integratsiyasi asosida turli Mashg’ulot 
tiplari uchun ishlanmalar, reja-konspektlar tuzishga tayyorlash. 
10. MTMda tabiatshunoslik Mashg’ulotlarini o’tishda ekologik va tabiatni 
muhofaza qilish jihatlarini ko’ra bilishga o’rgatish. 
11. Talabalarni Sharq mutafakkirlarining inson va uni o’rab turgan tabiat bilan 
aloqalariga bag’ishlangan asarlari, ularning dunyoqarashlari bilan tanishtirish, 
shuningdek, tabiatga oid aforizm, ruboiy va she'rlardan tabiatshunoslik 
Mashg’ulotlarida foydalanishga o’rgatish. 


Bundan tashqari, tabiat bilan tanishtirish metodikasining -umumpedagogik 
va o’ziga xos metodlari, Mashg’ulotni to’g’ri tashkil etish tarixi va 
istiqbolli rejalar tuzish, Mashg’ulotdan tashqari tadbirlarni tashkil etish 
usullarini o’rganish kabi masalalar ham ushbu fanning asosiy masalalaridan 
hisoblanadi. 
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining ikkinchi tomoni bu
metodikani yaxshi bilish jarayoni hisoblanadi. 
Metodika Tarbiyachi tomonidan o’quv materialni o’qitishning muvofiq 
(ratsional) ravishdagi metod va vositalari bolalarlarning tabiat haqidagi 
eng sodda bilimlarni egallashi hamda kelajakda hayotda qo’llay olishi 
bolalarlar uchun retseptlar va nasihatlar majmuasi bo’libgina qolmasdan, 
u fan, uning tamoyillari, tabiatshunoslik o’qitish jarayonining 
qonuniyatlarini bilishga ham asoslangan. Metodika o’quv fanining 
mazmuni, ta'lim va tarbiya metodlari hamda shakllarini ko’rib chiqadi. 
Metodikaning bu bo’limlari bir butun bo’lganligi uchun bir-birini to’ldiradi. 


O’quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo’llanmalar) metodika 
asosida belgilanadi. Metodika nima uchun tabiatni o’iganish, nimani va 
qanday o’qitish, nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan 
savollarga javob beradi. 
Tabiatshunoslik fanini o’qitilishining to’g’ri yo’lga qo’yilishi uchun 
maxsus o’quv moddiy bazaga, ya'ni o’quv qurollari bilan jihozlangan 
xona, tirik tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasiga ega bo’lishi 
kerak. Materialni o’ziga xos bo’lishi faqat tabiatshunoslikni o’qitish 
metodikasining o’ziga xosligini emas, balki uning tarbiyaviy 
imkoniyatlarini ham belgilaydi. 
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi MTMda hamma tabiat haqidagi 
fanlarni o’qitishga oid masalalarni: o’qitishning g’oyaviy 
yo’nalganligini, o’qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, 
o’quv ishlarining shakllari o’rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi 
ta'lim elementlarining yaxlitligini hamda rivojlanishini ko’rib chiqadi. 


O’qitish tizimi bolalarlar bilimining puxta bo’lishi va ongiga yetib borishini 
ta'minlaydi. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi barcha predmetlar uchun 
umumiy tamoyillarga ega bo’lgan didaktik va tarbiya jihatidan pedagogika 
bilan chambarchas bog’langan. MTMda ta'lim-taibiya jarayoni amalga 
oshiriladi va o’rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish 
mantiqi, o’qitish metodlari barcha shakllardagi butun ta'lim jarayonini, 
Tarbiyachi shaxsining o’zi, uning fanga fidoyiligini ham tarbiyalaydi. 
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot 
metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi - metodist maktabda 
tabiatshunoslikni o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan faktlarni tahlil 
qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni 
aniqlaydi, xulosa va umum-lashtirishning to’g’riligini amalda tekshiradi va 
buning natijasida tabiatshunoslikni o’qitish tamoyillarini belgilaydi. 
Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi sohasidagi eng 
muhim metodlardir. 
Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integratsiya 
(birlashish), sintez - barcha ilmiy materiallarning muammolar bo’yicha 
to’planishi hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va 
yagona ilmiy nazariyaga keltirilishi alohida o’rin egallaydi. Metodika 
Tarbiyachi ijodi uchun ta'lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil 
metodlar, usullar va vositalarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi. 


Tabiat bilan tanishtirish metodikasi, shuningdek, fiziologiya, anatomiya, 
gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, 
mantiq va psixologiya bilan chambarchas bog’liqdir. Shu fanlar bilan 
bo’ladigan aloqa Tarbiyachining o’sha fanlar asoslarini egallagan bo’lishida, 
ularning eng muhimlarini ajratib, materiallarni bolalarlarning yosh 
xususiyatiga mos holda tushuntira olish uquvlarida namoyon bo’ladi. 
Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va 
xarakterni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu 
faoliyat turining - o’qish, mehnat, o’yin, muloqotlarning dalillari (motivlari) 
alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday Mashg’ulotning 
tarkibiy qismi bo’lishi kerak. Uni Tarbiyachi hisobga olmasa, tabiat 
to’g’risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirb yuboradi. 
Shunday qilib, tabiat bilan to’g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi 
maktab bolalarlarida go’zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o’z 
harakati va ishini o’zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar 
xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy me'yorlarini anglash, atrofdagilarga 
nisbatan mas'uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan 
muloqot jarayonida o’rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi. 


Shuningdek, tabiatshunoslikni o’qitish jarayoni faqat Tarbiyachinigina 
emas, balki bolalarlar faoliyatini ham o’z ichiga oladi. O’qitishning 
natijasi dasturda mo’ljallangan materialning puxta o’zlashtirilganligi 
bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o’qitish metodlari va bolalarlarga 
o’quv jarayonini tashkil etish shakllarini o’rganish, ularning materialni 
o’zlashtirib olish jarayonini o’rganishlari bilan birga boradi. 
 
Tabiat - bizni o‘rab turgan butun borliq (olam), kishilarning moddiy va 
ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Inson - murakkab ijtimoiy va 
mehnat faoliyatini yurgazuvchi tirik organizm - individdir. U 
jamiyatning moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishining asosi 
hisoblanadi. 
Tabiat boyliklari va ularning inson uchun ahamiyati. Inson 
o‘zining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan 
foydalanishga majbur. Tabiat boyliklarini beshta asosiy guruhga ajratish 
mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va biologik boyliklar. 


Aholining yashashi uchun rudali va noruda mineral bioliklar zarur. Ularsiz 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Rudali 
foydali qazilmalarga temir, mis, olmos, oltin, uran va boshqalar, noruda 
mineral boyliklarga oltingugurt, neft, gaz, fosforit va boshqalar kiradi. 
Insoniyatning rekreatsion resurslarga va, ayniqsa, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun iqlimiy boyliklarning 
ahamiyati beqiyos. Shuning uchun odamlar qadimdan tabiiy-iqlimiy 
sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga joylashganlar. 
Xo‘jalikda eng ko‘p foydalaniladigan tabiat boyligi suv 
hisoblanadi . «Suv bor joyda hayot bor», «suv tugagan joyda hayot 
tugaydi» degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik ekanligidan 
dalolat beradi. Dehqonchilikni rivojlantirishda hosildor yer - 
tuproqlarning ahamiyati juda katta. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga 
bo‘lgan ehtiyojini qondinshda tuproqning hosildorligini oshirish muhim 
tadbirlardan hisoblanadi. 


Muayyan hududning hayvonot olami va o‘simlik qoplami biologik boyliklarni 
tashkil etadi. Bu boyliklarning eng muhim xususiyatlari ularni qayta tiklash 
mumkinligidir. Ularni bir-biridan juda uzoq masofada joylashgan materiklarga 
ko‘chirish va ko‘paytirish ham mumkin. Masalan, Amerika qit'asidan Yevrosiyo 
va Afrikaga makkajo‘xori, kartoshka, pomidor, shirin va achchiq garmdori, 
kakao, loviya, qovoq, ananas keltirilgan. Aksincha, Amerika qit'asiga ot, sigir, 
qo‘y, tovuq, asalari, kofe, bug‘doy, sholi, arpa, karam, sholg‘om, nok kabilar 
olib ketilgan . Tabiiy komplekslar inson ta'siri darajasiga ko‘ra uch guruhga 
ajratiladi: 
1. Tabiiy landshaltlar.
2. Tabiiy-antropogen landshaftlar.
3. Antropogen landshaftlar. 
Tabiiy landshaftlar deganda insonlar tomonidan foydalanilmaydigan 
hududlar landshaftini tushunamiz. Ularga Antarktida, Shimoliy Muz okeanidagi 
doimiy muzliklar, orollar, tog‘lar, cho‘llar, qalin o‘rmonzorlar tipik misol 
bo‘ladi. 
Tabiiy-antropogen landshaftlarni oraliq landshaftlar deb ham atashadi. 
Bunday landshaltlar tabiiy va antropogen landshaftlarning oralig‘ida tarkib 
topadi. Yaylovlar,lalmikor yerlar tabiiy-antropogen landshaftlardir. 


 Antropogen landshaftlar - kishilarning xo‘jalik faoliyati ta'sirida o‘zgargan 
tabiiy landshaftlar bo‘lib, ular Yer yuzasida keng tarqalgan. Aholi punktlari 
- qishloq va shaharlar antropogen landshaftlarning tipik namunasi 
hisoblanadi. Shaharlar landshafti dastlab 5-4 ming yil muqaddam « qal'a-
shahar «, «shahar-davlat« sifatida shakllana boshlagan. 
Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida qo‘riqxonalar, 
zakazniklar, milliy bog‘lar tashkil etiladi. Yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan 
o‘simlik va hayvonot olami «Qizil kitob» larga kiritiladi va alohida muhofaza 
qilinadi. Bunday chora-tadbirlar yagona umumiy uyimiz Yer tabiatini va 
insonlarning sog‘lig‘ini asrash uchun xizmat qiladi. 
Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go'shadir. Tabiat 
ularni to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O'z navbatida tirik 
mavjudot ham tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning 
boyliklarini ko'paytirish tuyg'usi bilan uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. 
Yaqin o'tmishimizda biz «Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni 
asrab-avaylash ishiga mas'ul ekan-ligimizni unutib qo'ydik. Ana shu 
mas'uliyatsizligimiz «Ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin 
yaratdi. «Ekologiya» so'zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» - fan so'zlaridan 
olingan bo'lib, u atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar, 
muhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi 
bilimlarni targ'ib etish asoslarini o'rganadi. 


Yangi asrning barkamol kishiisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini ham 
namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit 
to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar 
hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan 
oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan 
amaliy faoliyatning yuksak ko'rsatkichidir. 
Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, 
deb atash mumkin. 
Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo'l qo'ymaslik, suv 
havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar-
joylarni ozoda saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, 
hayvonlarga g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va 
xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik 
madaniyatlilikning eng oddiy ko'rinishlari sanaladi. 


Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, 
jamiyat va ekologiya o'rtasida nomutanosiblik vujudga kelayotir. Bularning 
barchasi ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalasini ko'ndalang 
qo'ymoqda. 
Ma'lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg'undir. Fan-texnika 
yutuqlaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg'unlikni 
buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo'lmoqda. Tabiiy 
boyliklardan: suvdan, yerdan o'rinsiz foydalanish ekologiyani o'zgartirib 
yubordi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini noto'g'ri rejalashtirish, kimyoviy o'g'itlarni 
haddan ziyod ko'p qo'llash yer unumdorligi va inson salomatligiga salbiy ta'sir 
ko'rsatyapti. Korxonalardan oqib chiqayotgan zaharli oqavalar suv havzalarini 
ifloslantirishi birinchi navbatda hayvonot olami va o'simliklar dunyosiga ofat 
keltirmoqda. Transport vositalaridan chiqayotgan tutun-gaz havoning 
tozaligini buzyapti. Bularning barchasi insondan ekologik madaniyatni talab 
etmoqda. 
Buni yodda fitting: 1992-yil 9-dekabrda O'zbekiston Respublikasining 
«Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Sog'lom avlod 
davlat dasturi va «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ishlab chiqildi, 
«Ekosan» jamg'armasi tuzildi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni 
muhofaza etish va ekologiyaga oid zarur hujjatiar qabul qiiib, ekologiya 
ishlarining huquqiy asosini yaratdi. 


Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go'zalliklari bilan his qilishdan, 
sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari — sovuq va issiq, qurq'oqchilik, 
yong'inlar, turli ofatlar ustidan g'alabasi unga bo'lgan munosabatini 
o'zgartiradi. Bu ko'r-ko'ronalikdan asta-sekin ongli munosabatga aylana boradi. 
Tabiatga bo'lgan mehr tuyg'usi boyib, unga munosabat shaxs madaniyatining 
ajralmas bir bo'lagini tashkil etadi. 
Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani 
emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go'zalliklarini anglashdan, 
tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi. 
O'z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik, nazokatlilik kabi 
tuyg'ularni tarbiyalaydi. Bu — insonda ikki ko'rinishda: tabiatga va o'ziga 
bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi. 
Inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni ham 
o'rganadi. Natijada, o'zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo'lish imkonini 
bergan «narsa»ni, ya'ni insonga xos madaniyat hislarini topishga intiladi. 
Demak, insoniy tuyg'ular tabiatga mehr bilan qarashdan oziq oladi. 
Tabiat insonda vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, 
juda ko'p tuyg'ularni kamol toptiradi hamda ko'p narsalarni talab etadi. 
Madaniyatli, ma'naviy kamol topgan inson uchun o'z Vatani tabiatini muhofaza 
qilish hayoti va faoliyatining uzviy qismiga aylanib qoladi. 


O'rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, 
hayvonot olami va o'simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida 
qimmatli fikrlar aytganlar. 
Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida odamlarni daryoga mehrli 
bo'lishga da'vat qjladi, agar daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am 
kulfati tushgan bo'ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha 
isrof qilmaslikni ham nazarda tutgandir? 
Abu Rayhon Beraniy esa tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr aytadi: 
«Ekin ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi». 
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida ko'rgan-kechirganlari, 
borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o'simliklari va odamlari, 
xalqlarning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat 
hodisalariga tegishli ko'plab fikrlar bor. Bobur o'lkani bilgan kishilarni hurmat 
qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, 
manzarali hamda mevali daraxtlarni ko'paytirishga e'tibor bergan. 
Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu 
borada boshqalarni ham to'g'ri faoliyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech 
bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo 
ifloslanmasligiga hissa qo'shadi. 


Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat 
boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o'zgartirish 
madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo'la 
olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda 
kirishsagina ekologik muammolar hal bo'ladi. 
Masalan, birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi. 
Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar 
bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston mustaqilligi 
e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib 
ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va 
suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi. 
Buni yodda fating: Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida 
joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston emas, butun dunyo 
iqlimiga salbiy ta'sir etadi. Shu-ning uchun Orolni saqlab qolish dunyo 
ahamiyatidagi muammodir. 
Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma'naviy va moddiy boyliklarimizni, 
bizgacha mavjud bolgan tabiatni va unga munosabatimizni, ya'ni ekologik 
madaniyatimizni ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat, bu — faqat 
tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada 
go'zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa qo'shish, atrof-muhitni g'orat 
etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani hamdir. 


Bugungi kunda dunyodagi ekologik muammolarni hal etishdaaholi, ayniqsa, 
yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, har bir insonda atrof-muhitga 
ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, mamlakatning noyob tabiati, tabiiy 
boyliklarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish, 
ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitgasalbiy ta’sirning oldini olish eng 
dolzarb vazifalardanbiri hisoblanadi. 
Odamlarimizning hayotiy ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlashda bu muhim 
masalaning naqadar o’tkir va dolzarb muammo bo’lib turganini hisobga olib, 
bu ishlarning hajmini oshirgan holda, biz yangi yilda ham albatta davom 
ettiramiz. Chunki, xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun 
o’z hayotida ijobiy o’zgarishlarni ko’rishni istaydi. Bizning mehnatkash, 
oqko’ngil, bag’rikeng xalqimiz bunga to’la haqlidir. 
Orolbo’yida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan aniq choralar ko’rildi. 
Moliya vazirligi huzurida Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi 
tuzildi va unga 200 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirildi. Ana shu 
mablag’lar hisobidan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati 
aholisining suv ta’minoti, turmush sharoiti yaxshilanmoqda. Shu bilan birga, 
mazkur hududlarda 3 ming kilometrdan ortiq ichki yo’llar kapital ta’mirlandi 
va rekonstruktsiya qilindi. 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish