Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ulardailmiy dunyoqarashni
shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda tabiatshunoslikning
roli katta. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog‘cha yoshidan boshlamoq
kerak.Shunga ko‘ra bolalar bog‘chalarida murg‘ak qalblarga ta’lim-tarbiya
berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng muhim vazifalaridan
biri ham
bolalarning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz
beradigan voqeahodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi,
qolaversa tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida
tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.O‘quv qo‘llanmada Respublika Xalq
ta’limi vazirligi tomonidan joriy etilgan bolalar bog‘chalarini tabiat
bilan
tanishtirish dasturi, O‘zbekistonning o‘ziga
xos etnik xususiyatlari,
geografik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o‘rin olgan hamda amaliyotda
erishilgan yutuqlar asosida ta’lim-tarbiya haqida nazariy g‘oyalar berilgan.
Qo‘llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh bosqichiga xos
psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan
holda ilk yoshdagi kichik
guruhdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo‘ljallangan bilim va
ko‘nikmalar hajmini o‘z ichiga oladi. Bo‘lajak bog‘cha tarbiyachilari
uchun eng muhimi, ta’limtarbiya tizimini tushunib olish, tabiat bilan
tanishtirishning shakl, metod va uslublarini, shu bilan birga, bolalarning
bilim-faoliyatlariga rahbarlik qilishni o‘rganib olishdir.
Bolalarlarga tabiatni o’rgatib borish bilan Tarbiyachi ularni ta'limni
davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilimni o’quv va
ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi,
xarakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga
ko’ra tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmunini,
Tarbiyachi va bolalarlar faoliyatini, fanni o’qitishni va ko’nikmalarni
egallab olishni o’z ichiga oladi. Bolalarni
tabiat bilan tanishtirish
metodikasining vazifalari qatoriga o’quv fani sifatida tabiatshunoslik
mazmunini aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq etish,
zarur
o’quv jihozlarini tayyorlash kiradi. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi
faqat o’qitish jarayonini ta'riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay,
balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, Tarbiyachi ularga asoslanib, shu fan
bo’yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin.
Tabiat bilan tanihtirish metodikasi tarbiyachining
tayyorlanishidan tortib,
to o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi,
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o’qitish
jarayonlarini o’z ichiga oladi. O’qitish amaliyotini har
tomonlama
o’rgatish va natijalarni keyin ijodiy umumlashtirish asosida o’qitishning
muayyan qonuniyatlari belgilanadi hamda uni yanada yaxshilash bo’yicha
tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o’rganilayotgan narsalarni (o’simlik
va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to’g’ri tasavvur hosil bo’lishini
ta'minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o’qitishni qo’llash bo’yicha aniq
tadbirlar ishlab chiqiladi.
Shunday qilib,