15-mavzu. Sqlda Alter instruksiyasi. Jadvalga maydonlarni qo’shish. Maydonlarning turini o’zgartirish. Kalitni qo’shish. Atributlarni ma’lumotni yo’qotmay o’zgartirish. Jadvaldan ustunlarni o’chirish. Reja


Jadval aniqlanishini o’zgartirish (ALTER TABLE)



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#587923
1   2   3   4
Bog'liq
15-maruza

Jadval aniqlanishini o’zgartirish (ALTER TABLE) 
Foydalanuvchi jadvallar bilan ishlash jarayonida jadvalga ba’zi-bir axborotlarni qo’shish 
zaruriyati paydo bo’lishi mumkin. Chunki real hayotdagi ma’lumotlarga jadvaldagi ma’lumotlar 
ham mos kelishi lozim. Masalan, o’quv MB da quyidagilarni bajarish talab etilsin: 

Talaba jadvalining har – bir satriga talabalarning telefon raqamlarini qo’shib chiqish 
zarur bo’lsa; 

Ball jadvaliga qo’shimcha ballar uchun qo’shish uchun ustun qo’shish zaruriyati bo’lsa; 

Jadvalda biror ustunni tashqi kalit qilish zaruriyati bo’lsa; 

Jadvalda tashqi kalitni bir ustundan boshqashiga o’zgatirish zaruriyati bo’lsa;
bu va bunga o’xshash o’zgarishlarni ALTER TABLE yuriqnomasi yordami bilan amalga 
oshirish mumkin. Uning umumiy sintaksisi quyida keltirilga. Bu yoriqnomani foydalanuvchi 
DROP TABLI kabi o’z jadvaliga qo’llasi mumkin. Agarda yetarli darajada huquqlarga ega 


bo’lsa, u holda boshqa foydalanuvchilarning ham jadvallariga qo’llashi mumkin. Tasvirdan 
ko’rish mumkinki, ALTER TABLE yuriqnomasi yordamida quyidagilarni amalga oshirish 
mumkin: 

Jadvalga aniqlangan ustun qo’shish mumkin; 

Jadvaldan ustunni o’chirish mumkin; 

Qandaydir ixtiyoriy ustun uchun, sukunat holat bo’yicha qiymat o’zgartirish mukin; 

Jadvalga birlamchi kalitni qo’yish yoki olib tashlash mumkin; 

Jadvalga tashqi kalitni qo’yish yoki olib tashlash mumkin

Nayoblik shartini qo’shish yoki olib tashlash mumkin; 

Qiymatga qo’yilgan shartni qo’shish yoki olib tashlash mumkin; 
SQL standarti talablariga ko’ra ALTER TABLE yuriqnomasini jadvalda birlik 
o’zgarishga qo’llash lozim. Masalan: Ustunni qo’shish va yangi tashqi kalitni aniqlash uchun 
ikki har-xil yoriqnoma tuzish talab etiladi. 
Ustunni qo’shish 
Hammasidan ko’ra ALTER TABLE yoriqnomasi mavjud jadvalga ustun qo’shish uchun 
islatiladi. ALTER TABLE yuriqnomasida ustunni aniqlash taklifi CREATE TABLE 
yoriqnomasidagi ko’rinishga ega bo’lib, xuddi u bajargan funktsiyani bajaradi. Yangi 
qo’shiladigan ustun jadval o’ng tomoni oxiridan qo’shiladi. Yangi qo’shilgan ustunning barcha 
satrlaridagi qiymat sukunat holatda NOT NULL sifatida e’lon qilinadi. 
Quyida ALTER TABLE yuriqnomasini qo’llashga doir misollar keltiramiz:
1)
Talaba jadvaliga barcha talabalar uchun otasining familiyasi va telefon raqamini 
bog’lanish uchun kiritish ustunlarini qo’shish lozim bo’lsin: 
ALTER TABLE Talaba ADD AloqaOtasi VARCHAR(30); 
ALTER TABLE Talaba ADD AloqaTelefon CHAR(13); 
2)
Talaba jadvaliga barcha talabalarga qo’shimcha minimal ballarni kiritish uchun yangi 
ustun qo’shish lozim bo’lsin: 
ALTER TABLE Talaba ADD QoshimchaBall INTEGER NOT NULL DEFAULT 0; 


Birinchi misolda, mavjud talabalar yangi ustunda NULL qiymatga ega bo’ladi. Ikkinchi 
misolda yangi ustundagi satrlar tarkibida nol (0) paydo bo’ladi. 
SQL da ALTER TABLE yoriqnomasi birinchi marta paydo bo’lganda, faqat ustun 
qo’shishga mo’ljallangan, shuning uchun faqat ADD ko’rsatmasi ishlagan. Vaqt o’tishi bilan 
birlamchi va tashqi kalitlarni aniqlash, cheklovlarni qo’yish kabi ko’rsatmalar qo’shildi. SQL 
standartini bir xillashtirish maqsadida ADD so’zidan keyin COLUMN so’zi qo’shiladigan bo’ldi, 
maqsad ustun tuzilayotganini aniq tasvirlash uchun. Buni hisobga olgan holatda yuqorida 
keltirilgan misolni quyidagicha o’zgartirish mumkin: 
ALTER TABLE Talaba ADD COLUMN QoshimchaBall INTEGER NOT NULL DEFAULT 0; 
 
Ustunlarni o’chirish 
ALTER TABLE yuriqnomasi yordamida mavjud jadvalning kerak bo’lmaydigan bir yoki 
bir necha ustunlarini o’chib tashlash mumkin. Masalan, Kitob jadvalidan [YoqolganSana] 
ustunini o’chirish uchun: 
ALTER TABLE Kitob DROP YoqolganSana
SQL standartida ko’rsatilishicha, ALTER TABLE yuriqnomasi yordamida faqat bitta 
ustunni o’chir ko’rsatma berish lozim, lekin etakchi MBBT larida bunday cheklovlar yo’q.
Ma’lumotlar butunligini saqlash maqsadida bu ko’rsatmaga quyidagi parametrlardan 
birini ham qo’shish mumkin: 

CASCADE – o’chiriladagan ustunga bog’liq bo’lgan MB sining ixtiyoriy ob’ekt (tashqi 
kalit, cheklovlar va boshqalar) ham birgalikda o’chiriladi. 

RESTRICT - o’chiriladagan ustun MB sining ixtiyoriy ob’ekti bilanbog’liq bo’lsa, u 
holda ustun o’chirilmaydi va ALTER TABLI yuriqnomasi xatolik to’g’risida ma’lumot 
beradi. 
CASCADE qonuni ko’chki o’zgarishlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun uni 
qo’llashda extiyot bo’lish zarur. Yaxshisi RESTRICT qoidasidan foydalangan ma’qul. 
Birlamchi va tashqi kalitni o’zgartirish 
ALTER TABLE yuriqnomasining ya’na bir keng qo’llaniladigan ho;atlaridan biri bu – 
jadvalga birlamchi va tashqi kalitlarni qo’shish yoki o’zgartirishdir. Bu ALTER TABLE 
yuriqnomasining muxit foydali shakllaridan biridir. 
Tashqi kalitni faqat tusulgan aloqaga nom berilgandagina bekor qilish imkoniyati mavjud 
bo’ladi. Agarda aloqaga nom berilmagan bo’lsa, u holda ALTER TABLE yordamida bu ishni 
bajarib bo’lmaydi. Bu holatda jadvalni o’chirb, keyin yangi formatda tuzish lozim bo’ladi. 
Misol: Talaba jadvalining [Kurs] ustunini yangi tashkil etilgan Kurs jadvali uchun 
birlamchi kalitga aylantirsh zarur bo’lsa, u holda: 
ALTER TABLE Talaba ADD CONSTRAINT INKURS FOREIGN KEY (Kurs) REFERENCES 
Kurs; 
Talaba jadvalining birlamchi kalitini o’zgartirish: 
ALTER TABLE Talaba DROP CONSTRAINT KodTalaba; 
ALTER TABLE Talaba DROP PRIMAY KEY; 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish