50
o‟zgarishlarini ifodalaydi.
Turli xil belgilar bo‟yicha analitik o‟lchash vositalarini tavsiflash ancha qiyin. O‟lchash
vositalari tahlil uslubi, tahlil qilinayotgan muhitning xossalari, komponentlar soni, ijro etishi,
chiqish
signali, axborotni berish uslubi va hokazolar bo‟yicha tavsiflanishi mumkin.
Gazlarni avtomatik analiz qilish uchun quyidagi usullar qo‟llaniladi: namunani oldindan
o‟zgartirmasdan termokonduktometrik, termomagnit, adsorbsion, optik (infraqizil
va UB nur
yutiladigan), pnevmatik usullar: namuna oldindan o‟zgartiriladigan usullar elektrokimyoviy,
termokimyoviy,
fotokolorimetrik,
alanga
ionlashuv,
aerozol
ionlashuv,
xromotografik,
massaspektrometrik usullar.
Suyuq muhitlarnin tarkibini va fizik xossalarini avtomatik nazorat qilishda sanoatda sinov
moddasini dastlabki o‟zgartirishsiz tahlil qilish uslubi keng tarqaldi: konduktometrik, potensiometrik,
poliografik, dielkometrik, optik (refroktometrik, polyarizasion, turbodimetrik, nefilometrik) to‟yingan
bug‟ bosimlari bo‟yicha, radio izotopli, mexanik (zichlik), kinematik (qovushqoqlik) va boshqalar
hamda sinov moddasini dastlabki o‟zgartirish bilan titrometrik.
Namlik miqdorini o‟lchash vositalari alohida guruhga ajratiladi.
Mexanik parametrlarni
(o‟lchamlarni, siljishlarini, kuchlarni, tezliklarni va h.) nazorat qilish asboblarini turli texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirishda keng qo‟llanilmoqda. Bunda qalinlikni,
chiziqli va burchakli
siljishlarni, burchak tezliklarni (mashina va mexanizmlarning aylanishlar sonini), kuchlanishlarni
deformasiyalarni, tebranishlarni va b.larni o‟lchash talab qilinadi. Chiqindi o‟lchamlarning
o‟lchashning elektr usullarini kichik o‟lchamlarini o‟lchash usullariga ajratish mumkin.
Mexanik harakatning asosiy parametrlari siljish, tezlik va tezlanish o‟zaro oddiy differensial
bog‟lanishlar bilan bog‟langanligi ma‟lum. harakat paramertlarining bu xossasi ularning o‟lchash
asboblarini yasashda foydalaniladi. Harakat parametrlarini o‟lchash usullari ikki asosiy guruhga
bo‟linadi: birinchi guruhga harakatdagi ob‟ekt bilan harakatsiz deb qabul qilingan sistema o‟rtasidagi
bevosita kontaktni amalga oshirishga asoslangan usullar kiradi.
Tezliklarni va tezlanishlarning o‟lchov asboblar velosimetr va aksilometr deyiladi. Vibrasion
sidjishlarni o‟lchovchi asboblar vibriometr deyiladi. Kuch, bosim va aylanuvchi momentlarni elektrik
o‟lchash o‟sullari bir-biriga ancha o‟xshash va ikki xil turga ajralishi mumkin:
tabiiy kattaligi
o‟lchanayotgan kattalikning o‟zi bilan o‟zgartirgichlardan foydalanishga asoslangan usullar va
o‟lchanayotgan kuchlarning ta‟sirida bo‟ladigan elastik elementlarning materialidagi mexanik
kuchlanishlarni o‟lchashga asoslangan usullar. Mexanik parametrlarni nazorat qilish uchun elektrik
o‟zgartirgichlar ishlash prinsipiga ko‟ra potensiometrik,
tenzometrik, sig‟imli, induktiv va boshqa
turdagi datchiklarga bo‟linadi. Shularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
2. Sezuvchi elementlar
Do'stlaringiz bilan baham: