O’zlashtirish uchun savollar.
1.Asetilen ishlab chiqarishni qanday avtomatlashtirish mumkin?
2. Granulalash jarayoni qanday avtomatlashtiriladi?
3. Granulalarni quritish jarayoni qanday avtomatlashtiriladi?
4. Yog‟ni ekstraksiyalash jarayonini qanday avtomatlashtirish mumkin?
24 – MA’RUZA.
MAVZU: SPIRT ISHLAB CHIQLARISHNI AVTOMATLASHTIRISH
Reja:
1.
Spirt olinish jarayonini avtomatlashtirish.
2.
Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish.
3.
Suyuqliklarni idishga quyish jarayonini avtomatlashtirish.
4.
Homashyoni qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish.
203
Adabiyotlar:
1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”, -Toshkent, 1997
y.
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -
Toshkent, 1982 y.
3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y.
4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов ”, -
Toshkent, 1964
O‟simlik suyuqligi (braga) dan spirt ajratish bosqichi va uni aralashmalardan tozalash oxirgi
bosqich hisoblanib, bragorektifikasion qurilmalar (BRK) da amalga oshiriladi. BRK; texnologik
sxemalarining bir necha varianti mavjud, ammo ularni avtomatlashtirish prinsiplari o‟xshash, shuning
uchun misol tariqasida bilvosita ishlovchi uch kolonnali qurilmani qarab chiqamiz (1 – rasm).
Braga achitish bo‟limidan issiqlik almashgich
I
ga uzatiladi, u erda spirt va suv bug‟lari bilan
isitiladi, keyin achitish kolonnasi
VI
ning yuqori qismiga tushadi va likopchalar bo‟yicha pastga oqib
tushadi. Suyuqlik oqimiga qarshi suv va spirt bug‟lari ko‟tariladi, bu bug‟lar kolonna qaynatgichiga
yo‟naltirilgan isituvchi bug‟ issiqligi hisobiga hosil bo‟ladi. Issiqlik massa almashinuvi natijasida bug‟
oqimidagi spirt konsentrasiyasi ortadi, suyuqlikda esa kamayadi. Spirt haydalgan braga
barda
deyiladi.
U kolonnaning pastki qismidan olinadi va spirt sashatining asosiy chiqindisi bo‟lib, mollar uchun
bevosita ozuqa sifatida yoki ozuqa xamirturushlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida
foydalaniladi. Spirt va u bilan birga chiquvchi
I
aralashmalar bug‟lari kolonnaning yuqori qismidan
chiqadi, issiqlik almashgich
I
da braga oqimi bilan sovitiladi va deflegmator
II
da unga sovituvchi suv
beriladi, pirovard konsentrasiyalanadi.
Spirt xom ashyoni tozalash epyurasion kolonna
VII
da amalda oshiriladi. U erga deflegmator
II
dan spirt xom ashyosi kondensator haydash uchun beriladi. Kolonna bug‟ bilan isitiladi, u
qaynatgichga uzatiladi. Epyurasion kolonnadagi temperatura rejimi spirtning ajralishiga mo‟ljallangan,
u bu erda aralashmaning oson uchib ketuvchi qo‟shimchalar (efir, aldegid, metanol va b.) ning yuqori
qaynovchi komponenti hisoblanib, ular kolonna
III
ning yuqori qismida to‟planadi va undan
efiroaldegidli fraksiya (EAF) ko‟rinishida chiqadi.
204
Do'stlaringiz bilan baham: |