Улуғмуродов н. Х


-rasm. Uch kolonnali qurilmani avtomatlashtirish sxemasi



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/191
Sana28.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#587856
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   191
Bog'liq
t2P5DMw2oKgwNeq6TofERWIy9iCst2i1zOdhpmZn

1-rasm. Uch kolonnali qurilmani avtomatlashtirish sxemasi. 
20 – 30 % konsentrasiyali tozalanagan spirt (epyurat) epyurasion kolonnaning pastki qismidan 
chiqariladi va pirovard tozalash hamda konsentrasiyani oshirish uchun rektifikasion kolonna 
VIII
ga 
uzatiladi. Bu kolonnada oson uchib ketuvchi (bug‟lanuvchi) komponent – spirt, asosiy yuqori 
qaynovchi komponent suv hisoblanadi, shuning uchun spirt konsentrasiyasi kolonna balandligiga 
qarab ortadi. Bu kolonnani isitish boshqa ikki kolonnaniki kabi faqat qaynatgichga uzatiladigan bug‟ 
bilan amalga oshiriladi.
96 % konsentrasiyali spirt rektifikat kolonnaning yuqori qismidan 10 – 15 likopchadan olinadi 
va issiqlik almashgich
V
orqali o‟tib, u erda suv bilan sovitiladi. Spirt bug‟lari deflegmator
IV
da 
kondensasiyalangandan so‟ng kolonnaga flegma sifatida qaytadi. Kolonnaning pastki qismidan sivush 
moylari olinadi, undan ham pastroqdan qolgan spirt bilan suv chiqariladi. 
Bragorektifikasion bo‟lim portlash xavfi bo‟lgan xona hisoblanadi, shuning uchun unda faqat 
portlash xavfi bo‟lmaydigan qilib ishlangan avtomatlashtirish asboblari va vositalarini o‟rnatishga 
ruxsat etiladi. BRK avtomatlashtirish sistemasidan asosan pnevmatik tarmoq asboblaridan, shu 
jumladan diagrammasi pnevma yuritmali ikkilamchi asboblardan foydalanilgan. BRKning yuklanishi 
braganing sarflanishi bilan aniklanadi, uni rostlash uchun induksion sarf o‟lchagich komplekti 
(I – I, I 
– II),
elektropnevma uzatkich 
I – III,
rostlagich 
1 – 5
li PI ikkilamchi asbob 
1 – 4
va rostlovchi klapan 
1 – 6
dan iborat sistema xizmat qiladi.
BRK istalgan kolonnalarning ishlash rejimini belgilovchi muhim texnologik parametr uning 
pastki qismidagi bosim hisoblanib, u qaynatgichga sarflanayotgan isituvchi bug‟ sarfiga bog‟liq 
bo‟ladi. Bosimni rostlash uchun BRK ni aftomatlashtirish sxemasida bir xil turdagi sistemalardan 
foydalanilgan, ular bosim datchiklari 
2 – 1, 5 – 1, 8 – 1, 8 – 3,
P-rostlagichli yoki 
2 – 3
va 
5 – 3
PI-
rostlagichli ikkilamchi asboblar 
2 – 2, 5 – 2, 8 – 2
va truboprovodlarda bug‟ni tegishli qaynatgichga 
uzatishni rostlovchi klapanlar 
2 – 4, 5 – 4, 8 – 4
dan iborat har bir kolonnadagi jarayonning holatini 
ifodalovchi asosiy parametr apparatdan chiqishda texnologik oqimdagi maqsadga yo‟naltirilgan 
mahsulot hisoblanadi. Bu parametrni avtomatik o‟lchash uchun seriya datchiklari bo‟lmagani uchun 
uni bevosita rostlab bo‟lmaydi. Biroq kolonnada suyuqlikning konsentrasiyasi va qaynash 
temperaturasi orasidagi o‟zgarmas bosimda nazorat likopchasida bir qiymatli bog‟danish mavjud 
bo‟lib, undan konsentrasiyani bilvosita rostlashda foydalanish mumkin.
Braga kolonnasida nazorat likopchasidagi temperatura ikki kontur kaskatli ARS bilan 
rostlanadi. Temperatura monometri termometr 3 – 1 bilan o‟lchanadi, uning chiqishidan olingan 
pnevmatik signal PI-rostlagich 3 – 3 li ikkilamchi asbob 3 – 2 ga uzatiladi. Bu rostlagichning signali 
topshiriq sifatida kolonnaning pastki qismida bosim rostlagichi 2 – 3 ga keladi. Sistemaning ishlashida, 
agar biror sababga ko‟ra kolonnaning yuqori qismida spirt konsentrasiyasi o‟zgarsa, maslan, kamaysa, 


205 
nazorat likopchasida temperatura berilgandan kichik bo‟lib pasayadi, rostlagich 3 – 3 rostlagich 2 – 3 
bosimning berilgan qiymatini orttiradi, u kolonnaning pastki qismidagi bosimning joriy qiymatidan 
katta bo‟ladi. Natijada qaynatgichga sarflanadigan bug‟ sarfi ortadi va qaynash jarayoni jadallashadi,
shuningdek kolonnadagi hamma issiqlik massa almashinish jarayonlari jadallashadi, bu vaqti kelib, 
uning talab qilingan ishlash rejimining tiklanishiga olib keladi.
ARS (6 – 1, 6 – 2, 6 – 3) epyurasion kolonnada texnologik rejimni barqarorlishtirish uchun 
qo‟llaniladi. Farq shundaki, mazkur ARS da temperatura kolonnaning pastki qismida rostlanadi, u 
erdan maqsadga yo‟naltirilgan mahsulot – epyurat olinadi.
Rektifikasion kolonnadan olinadigan spirtning konsentrasiyasini rostlash sifatiga ayniqsa 
yuqori talablar qo‟yiladi, chunki u ishlab chiqarishning pirovard mahsulot hisoblanadi. Buning uchun 
ikki konturli ARS xizmat qiladi, u spirt rektifikatni nazorat likopchasidagi temperaturasi bo‟yicha 
korreksiyalab sarfini rostlaydi. Rotametr 9 – 1 sraflash datchigi hisoblanib, uning pnevmatik chiqish 
signali 9 – 3 PI – rostlagichli ikkilamchi asbob 9 – 2 ga va undan keyingi rostlovchi klapan 9 – 4 ga 
uzatiladi. Nazorat likopchasidagi temperatura manometrik termometr 10 – 1 bilan o‟lchanadi, undan 
kelayotgan pnevmosignal 10 – 3 PI – rostlagichli ikkilamchi asbob 10 – 2 ga keladi. Bu rostlagichning 
chiqishidan signal topshiriq sifatida rostlagich 9 – 4 ga uzatiladi.
BRQ ni avtomatlashtirish sxemasida hamma kolonnalarning deflegmatoriga uzatilayotgan 
sovituvchi suvning sarflanishini rostlash ko‟zda tutilgan. Bunda braga kolonnali deflegmatoriga 
sarflanadigan suv ketayotgan isitilgan suv tamperaturasining barqarorlashuvini ta‟minlaydi (4 – 1 – 4 – 
4). Epyurasion va rektifikasion kolonnalarda bosimni kolonnaning yuqori qismida rostlashning bir 
turdagi sistemalari qo‟llanilgan, ular datchiklar 7 – 1 va II – I dan, rostlagich 7 – 3 va 11 – 3 PI, 
ikkilamchi asboblar 7 – 2 va II – 22 dan va tegishli kolonna deflegmatoriga sovituvchi suvning 
uzatilishini rostlovchi klapanlar 7 – 4 va 11 – 4 dan iborat.
Braga rektifikasiyalashning asosiy texnologik parametrlarini barqarorlashtirish bilan BRQ ni 
avtomatlashtirish sistemasi kollektordagi bug‟ bosimini o‟zidan keyin turadigan bevosita ishlovchi 
rostlagich 13 yordamida rostlashni, shuningdek, issiklik almashgich V dan keyin (12 – 1 – 12 – 4) spirt 
rektifikatining temperaturasini rostlashni ta‟minlaydi. BRQ dan olinadigan hajmni o‟lchash va hisobga 
olish, shuningdek, undagi sof alkogol miqlorini o‟lchash va hisobga olish nazorat snaryadi deb 
nomlangan maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi (2 – rasmda u ko‟rsatilmagan 

Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish