Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/281
Sana28.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#587396
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Nazorat uchun savollar: 
1.
O„Zbekistonda EIHlarni tashkil etish sabablari, tarixi va rivojlanish 
xususiyatlari nimalardan iborat? 
2.
O„Zbekistonda bugungi kunda EIHlar qaysi qonun hujjati asosida tashkil 
etiladi? 
3.
O„Zbekistonda bugungi kunda nechta EIHlar va KSZlari faoliyat 
ko„rsatmoqda? 
4.
O„Zbekistonda bugungi kunda EIHlarni tashkil etishda qanday hujjatlar 
taqdim etilishi talab etiladi? 
5.
O„zbekiston Respublikasining
 
“Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuni 
qachon qabul qilingan? 
6.
O„Zbekistonda dastlabki EIH qachon tashkil etilgan? 
12.2. O„zbekistonda “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy hududlar 
faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlari va iqtisodiy asoslari 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-yanvardagi 21-
sonli Qarori asosida tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi 
to„g„risidagi Nizomga muvofiq, ushbu zonada maxsus huquqiy rejim, shu jumladan, 
soliq, valyuta va bojxona rejimlari, O„zbekiston Respublikasi norezidentlari bo„lgan 
fuqarolarning kirishi, bo„lishi va chiqib ketishining, shuningdek, mehnat faoliyatini 
amalga oshirishga ruxsatnoma olishining soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. 
Zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnikani, texnologik liniyalari 
va modullarni, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, 
jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning keng doirasini ishlab chiqarish 
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatining asosiy yo„nalishi hisoblanib, 
faoliyat ko„rsatish muddati 30 (o„ttiz) yilni tashkil etib, ushbu muddat keyinchalik 
uzaytirilishi mumkin. 
Jahon 
andozalari 
talablariga 
javob 
beradigan 
texnologiyalaridan 
foydalanilayotganligi, har qanday ob-havo sharoitida ham 1000 tonnadan ortiq 
yuklarni saqlash va qayta ishlash imkoniyatiga ega bo„lib, samarali tarzda eksport, 
import va tranzit yuklarga xizmat ko„rsata oladi. Janubiy Koreyaning “Korean Air 
Co” havo yo„llari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro logistika markazining 
rivojlantirish yo„nalishlari 3 bosqichga mo„ljallangan bo„lib, 1-bosqichda (2009-2010 
yy.) qulay infratuzilmani barpo etish, 2-bosqichda (2011-2013 yy.) faoliyat 
yo„nalishini 
kengaytirish, 
3-bosqichda 
(2014-2019 
yy.) 
ushbu 
logistika 
markazinining to„laqonli faoliyatini ta‟minlashdan iboratdir. 2010-yilda logistika 
markazi tomonidan 11 ta yo„nalish bo„yicha, jumladan, Bangkok, Bombey, Bryussel, 
Dakka, Dehli, Dubay, Seul, Istambul, Milan, Frankfurt, Shanxay shaharlariga yuk va 
yo„lovchi tashish qatnovlari yo„lga qo„yildi. 2011-yildan esa 7 ta yo„nalish (Olma-
ota, Boku, Bishkek, Tehron, Xanoy, Chendu, Saragosa) bo„yicha doimiy qatnovlar 


339 
yo„lga qo„yildi. 
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga jalb etilgan to„g„riridan-to„g„ri 
xorijiy investitsiyalar hisobiga o„z mahsulotini eksportga yo„naltiruvchi korxonalar 
faoliyatining samarasi sababli Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi tobora 
kengayib bormoqda. Buni quyidagi rasmlardan ko„rish mumkin. Unga ko„ra, tashqi 
savdoda asosiy hamkorlar sifatida Osiyo va Yevropa mintaqalari davlatlari o„rin 
olgan. 
Umuman, “Navoiy” EIIZning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun hozirda 
quyidagi omillar mavjud: 
- turli xomashyo resurslarining mavjudligi va ularni 30%dan kam bo„lmagan 
mahalliylashtirish darajasida chuqur qayta ishlash imkoniyati; 
- ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog„liq yirik bozorlarning 
mavjudligi; 
- transport infratuzilmasining rivojlanganligi; 
- katta inson salohiyatining mavjudligi; 
- hududda yuqori texnologiyalarni jalb etish orqali diversifikatsiyalangan 
ekologik toza sanoat bazasini shakllantirish imkoniyati. 
Mazkur hududning rivojlanishi iqtisodiyot rivoji va raqobatbardoshligini 
oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bugungi kunda 
respublikamizda yana bir qancha EIHlarning tashkil etilganligi ularni rivojlantirishga 
bo„lgan e‟tiborning yanada ortishiga sabab bo„lmoqda. 
Bu borada to„plangan tajribani va Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish hamda 
resurs salohiyatidan foydalanish, Farg„ona vodiysidagi korxonalar bilan barqaror 
iqtisodiy aloqalarni yo„lga qo„yishning kelajakda muhim ahamiyatga ega ekanini 
hisobga olgan holda, 2012-yilda “Angren” maxsus industrial zonasini tashkil etish 
to„g„risida qaror qabul qilingan edi. 
“Angren” EIH, birinchi galda, o„z vaqtida sanoat shaharlari sifatida tashkil 
qilingan, ammo bu salohiyat o„z davrida bir yoqlama, markazga yo„naltirilgan ishlab 
chiqarishga asoslanib qolgan Angren va Ohangaron shaharlarining bugungi kunda 
isloh etilayotgan sanoat tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o„z 
navbatida, zamonaviy texnologiyalar asosida qo„shimcha ish o„rinlari yaratilishini 
ta‟minlaydi. Bu bilan ushbu maxsus iqtisodiy zona Toshkent viloyatidagi ikkita yirik 
hudud – Angren hamda Ohangaron shaharlari va ularning atrofidagi mahalliy 
punktlarda istiqomat qilayotgan aholi farovonligini oshirishga ham munosib ulush 
qo„shadi. 
Mazkur EIHning yana bir afzalligi shundaki, u mamlakatimizning shimoli- 
sharqiy qismidagi Angren va Ohangaron shaharlari hamda ular atrofidagi hududlarda 
barpo qilinadi. Bu hududda “Angren” logistika markazi ham joylashganligi esa, yangi 
industrial zona salohiyatining oshishiga qo„shimcha yordam bo„ladi. 
Shuningdek, O„zbekistonni Qirg„iziston orqali Xitoy bilan bog„lovchi bo„lajak 
avtomagistralning Angren shahridan o„tishi, qolaversa, ushbu shahar mamlakat 
poytaxtini Farg„ona vodiysi bilan bog„lovchi asosiy nuqtalardan biri ekanligini 
inobatga olsak, “Angren” EIH ham milliy, ham mintaqaviy, ham xalqaro miqyosda 


340 
ahamiyatga 
molikligi 
yanada 
oydinlashadi. 
Shu 
tariqa 
bugungi 
kunda 
mamlakatimizning markaziy qismida joylashgan va ishlab chiqarish bilan bir qatorda, 
havo transporti vositasida xalqaro miqyosda xizmat ko„rsatishga asoslangan 
“Navoiy” EIH safiga shimolda joylashgan va ishlab chiqarishdan tashqari milliy 
hamda xalqaro miqyosda avtomobil yo„llari yordamida yuk tashishga asoslangan 
“Angren” maxsus industrial zonasi ham qo„shildi. 
“Jizzax” EIH viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Ushbu hudud soliq va bojxona to„lovlari uchun belgilangan imtiyozlar hamda 
xomashyo va butlovchi qismlar boj to„lovlaridan ozod etilishi “Jizzax” erkin iqtisodiy 
zonasida ham sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishda muhim omil 
bo„lmoqda. “Jizzax” EIH tashkil etiishi natijasida o„tgan qisqa muddatda 19 
zamonaviy korxona ishga tushirildi. Iqtisodiy hududning Jizzax shahridagi hududida 
363,7 gektar maydonda 14 ta, Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida 
5 ta loyihani amalga oshirish uchun 91,3 million dollar miqdorida investitsiya 
sarflandi. Zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan korxonalarda mingdan ortiq 
yangi ish o„rni yaratildi. Doimiy ish o„rniga ega bo„lganlarning 60 foizi kasb-hunar 
kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir. 
2017-yilda “Jizzax” EIHda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 255,2 milliard 
so„mni, eksport hajmi 11,9 million dollarni tashkil etdi
110
. Hozirgi kunda hududda 
avtomobillar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, 
muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikroto„lqinli pech, svetodiodli lampalar, 
polipropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet 
tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarilmoqda
111
. Bu mahsulotlarning aksariyati nafaqat Jizzax va Sirdaryo 
viloyatlari, balki mamlakatimizdagi boshqa bozorlar uchun ham yangilikdir.
Ayni paytda erkin iqtisodiy zona ma‟muriy kengashi xorijiy va mahalliy 
investorlar bilan dastlabki qiymati 213,3 million dollar bo„lgan 25 loyihani amalga 
oshirish ustida ish olib bormoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimizda ayrim EIHlar endi tashkil etilganligini hisobga 
olib, ularni tashkil etish va rivojlantirishda quyidagi masalalarning hal etilishini 
ta‟minlash maqsadga muvofiqdir: 
-
EIHlar faoliyatini butun xo„jalik huquqiy masalalarini tartibga solish, maxsus 
ishlab chiqarish; 
-
transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish; 
-
zarur infrastruktura: suv ta‟minoti, elektr ta‟minoti, ijtimoiy sharoit va 
boshqalar; 
-
tijorat infrastrukturasi: bank, konsalting, yuridik xizmatlarning mavjudligi; 
-
bozorga kira olish; 
-
mehnat qiymati va unumdorligi; 
-
mavjud sanoat bazasi; 
-
EIHlar ma‟muriy boshqaruvining samarali tuzilmasi.
Shuningdek, EIHlarda investitsiyalarni jalb etish qulayligini oshirish evaziga 
110
www.sizjizzakh.uz sayti ma‟lumotlari
111
www.jizzax.uz/wp-content/uplo sayti ma‟lumotlari


341 
mamlakat investitsion jozibadorligini yanada oshirishga erishish lozim. Bunda 
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish o„zining ijobiy samarasini beradi, deb 
hisoblaymiz:
- investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan milliy marketologlarimiz 
tomonidan marketing tadqiqotlarini turli omillar ta‟sirini inobatga olingan holda olib 
borishni yanada rivojlantirish;
- investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo„lgan 
lizing, faktoring, franchayzing operatsiyalaridan keng fodlanishni kengaytirish;
- respublikamizning nufuzli universitetlari negizida to„g„ridan-to„g„ri xorijiy 
investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot innovatsion markazlar tashkil 
etish;
- mamlakatimizdagi yuqori ishlab chiqarish potensialga va rivojlangan 
infratuzilmaga 
ega 
bo„lgan 
hududlarida 
yangi tashkil 
etilgan 
EIHlarga 
investitsiyalarni 
jalb 
etishda 
ushbu 
EIHlar 
joylashgan 
hudud 
mahalliy 
hokimliklarining xorijiy davlavtlar bilan mustaqil aloqalar o„rnatish va hamkorlikni 
yo„lga qo„yish bo„yicha mustaqilligi va mas‟uliyatini oshirish lozim. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin 
iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo„shimcha chora-
tadbirlar to„g„risida”gi PF-4853-sonli Farmoni qabul qilinishi asosida “Navoiy” erkin 
industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini 
birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, Angren” va “Jizzax”
 
erkin iqtisodiy 
zonalar deb nomlanadigan bo„ldi. 
Ushbu Farmon bilan mazkur EIZlar faoliyatini yanada rivojlantirishning 
quyidagi asosiy yo„nalishlari belgilab berildi: 
- xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga 
investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy 
zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, 
preferensiyalarni birxillashtirish; 
- mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori 
qo„shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori 
texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun 
to„g„ridan-to„g„ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb 
etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo„llab-quvvatlash 
va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish; 
- erkin iqtisodiy zonalarda “yagona darcha” tamoyili asosida barcha turdagi 
davlat xizmatlarini ko„rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga 
bosqichma-bosqich o„tish; 
- ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo„l-transport va ijtimoiy 
infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko„rsatish 
bo„yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish; 
- oliy, o„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi muassasalarida erkin iqtisodiy 
zonalarning soha kadrlariga bo„lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib 
chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish 
amaliyotini o„tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni 


342 
tayyorlashni tashkil etish. 
Shuningdek, Farmon asosida tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar 
hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan: 
- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi 
investitsiyalar – 3 yil muddatga; 
- 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi 
investitsiyalar – 5 yil muddatga; 
- 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi 
investitsiyalar – 7 yil muddatga; 
- 10 million va undan ko„p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar so„nggi 5 
yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig„i va yagona soliq 
to„lovi stavkalari qo„llangan holda – 10 yil muddatga beriladigan bo„ldi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 26-
oktabrda imzolangan “Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini faollashtirish va 
kengaytirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi Farmoni EIHlarni izchil 
rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish borasida yana bir 
muhim omil boʼlib xizmat qilmoqda. 
O„tish iqtisodiyoti davrida turgan O„zbekiston Respublikasi uchun oldimizga 
qo„yilgan ulkan maqsadlarga erishishda investitsiya zahiralarining chet el 
manbalariga murojaat etilishi ham strategik, ham joriy masalalarni hal qilish 
zaruriyatiga ko„p jihatdan bog„liqdir. Bu vazifalardan eng muhimlari:
- milliy iqisodiyotni qayta tuzish;
- mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarni 
yo„qotish;
- mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirish;
- import o„rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish;
- raqobat muhitini rivojlantirishga yordam beradigan iqtisodiyotning xususiy va 
aralash sektorlarini shakllantirish;
- bozor infratuzilmasini yaratish;
- ilg„or chet el texnologiyasi, nou-xau va boshqaruvchilik tajribasini jalb qilish. 
O„z navbatida, respublikamizda ko„p yillar davomida yaratilgan qulayliklar 
asosida aytish mumkinki, O„zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun 
quyidagi shart-sharoitlar mavjud: 
– siyosiy barqarorlik; 
–xususiy mulk va raqobatni himoyalaydigan qonunchilik bazasining 
shakllangani; 
– investitsiya jarayonini qo„llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning barpo etilgani; 
– mamlakatning qulay geografik joylashuvi; 
– agrosanoat sektorini rivojlantirish salohiyatining yuqoriligi va mamlakatning 
mineral-xomashyo resurslariga boyligi; 
– yuqori malakaga ega mehnat resurslarining mavjudligi; 
– savdo uchun ichki bozor hajmining yetarli darajada kengligi. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalar davla 
investitsya siyosati ijrosi va samarasi uchun xizmat qilib, pirovardida, tashqi iqtisodiy 


343 
aloqalarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va unga qaratilgan faoliyatlarni 
takomillashtirishni taqozo etadi. Bular esa, o„z navbatida, mamlakatimiz eksport 
salohiyatini yanada rivojlantirishda to„laroq o„z aksini topadi. Shu sababli, mamlakat 
eksport salohiyati rivojlantirishning barcha zamonaviy va qulay tizimi, shart-
sharoitlarini yaratish va unga qaratilgan investitsiyalashda xorijiy sarmoyalardan ham 
keng foydalanishni izchil davom ettirib bormog„imiz lozim. 
Bu esa bevosita eksport salohiyatimizni oshirish maqsadida transport-logistika 
tizimini takomillashtirish lozimgini keltirib chiqaradi. Chunki, dengizga chiqish 
imkoniyatimiz cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda ko„plab qiyinchiliklar 
paydo bo„lmoqda. Shu ma‟noda respublikamizda qulay transport-logistika tizimini va 
xalqaro transport-logistika tarmog„ini yaratishda olib borilayotgan ishlar va ularning 
milliy eksport salohiyatmizni oshirishga, jumladan, EIZlar korxonalari eksporti 
hajmini yanada oshirishga ham xizmat qilishida muhim ahamiyat kasb etishini 
alohida ta‟kidlamoq lozim. Buni quyidagi 12.1-jadval ma‟luomtlari ham taqdislaydi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish