Эркин иқтисодий ҳудудлар


-bob. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHNING



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/281
Sana28.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#587396
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

7-bob.
ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHNING 
JAHON TAJRIBASI
7.1.
Jahon xo„jaligida
erkin iqtisodiy hududlar 
EIHlar ularni ta‟sis etuvchilar uchun ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga 
oshirishning muhim xalqasi hisoblanadi. Ularning faoliyat ko„rsatishi tashqi iqtisodiy 
faoliyatni erkinlashtirish va faollashtirish jarayonlari bilan bog„lik. Erkin iqtisodiy 
zonalarda iqtisodiyotning darajasi yuqori bo„lib, bojxona, soliq va investitsiya uchun 
sharoitlari ichki va tashqi investitsiyalar uchun qulay hisoblanadi. 
XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab erkin iqtisodiy hudud (EIH) xalqaro 
iqtisodiyotning ajralmas qismi bo„lib kelmoqda. Jahon xo„jaligi aloqalarida erkin 
iqtisodiy hudud xalqaro tovar almashinuvining faollashuvi, investitsiyalar 
mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o„sishi hisobiga iqtisodiy o„sish 
ko„rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda. 
Jahon xo„jaligida erkin iqtisodiy hududlar qaysi mamlakatda tashkil etilishidan 
qat‟iy nazar shu mamlakatning makro va mikroiqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi. Makroiqtisodiy siyosatda EIHlar mamlakatlarning iqtisodiy o„sish 
dinamikasi va baholash tizimiga, pul muomalasi va emissiyasiga, tovarlar va xizmat 
ko„rsatish turlarining eksport va importiga, tashqi to„lov balansi holatiga, oltin-
valyuta zahiralari miqdoriga, chet el kapitali qo„yilmalarining miqdorlariga, valyuta 
kursining harakatiga, tashqi savdosiga, shuningdek, to„lov mexanizmlarni tashkil 
etishga o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Bu ta‟sir doirasi dasturlarida o„zgaruvchan iqtisodiy 
holatlar (masalan, ichki kreditlar, davlat sektoridagi budjet kamomadi, xalqaro 
rezervlar va tashqi qarzlarni hisobga olish va boshqalar) ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
XX asrning so„nggi o„n yilida davlatlar o„rtasida boshqa mamlakatlardan xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish uchun soliq va boshqa imtiyozlar sohasida keskin raqobat 
avj olmoqda. Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy zonalarni barpo etishning ikki yo„li 
mavjud. 
Birinchi yo„nalishida hududiy yondashish, ya‟ni erkin iqtisodiy zonalarga aniq, 
konkret hudud deb qaralib, bu hududda zaruriy imtiyozli tartib o„rnatiladi. 
Ikkinchi yondashish esa rejali, ya‟ni erkin iqtisodiy zonalarga kompleks 
(majmuayi) korxona deb qaraladi hamda unga aniq sharoitlar va ustunliklar beriladi. 
Xorijiy tajriba shuni ko„rsatadiki, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishda 
quyidagi sharoitlar bo„lishi zarur: 
-
erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilayotgan mamlakatlarda va mintaqalarda 
siyosiy barkarorlik; 
-
erkin iqtisodiy zonalar huquqini belgilab beruvchi barqaror qonuniy asos; 
-
erkin iqtisodiy zonalar tabiiy-geografik sharoitlarining qulay bo„lishi, agro 
iqlimiy resurslarning mavjud bo„lishi, qo„shni iqtisodiy hududlarning u bilan bog„liq 
bo„lishi, transport magistrallariga yaqin bo„lishi; 
-
aloqa, transport, ijtimoiy sharoitlar, energetikaning yaxshi rivojlangan 
infratuzilmasi; 
-
erkin iqtisodiy zonalarga xizmat ko„rsatadigan rivojlangan tijorat infratuzilmasi 


193 
(banklar, konsalting va yuridik firmalar, auditorlik tashkilotlari transport xizmatlari); 
-
erkin iqtisodiy zonalar ma‟muriy boshqaruvida samarali tuzilmaning 
mavjudligi. 
Erkin iqtisodiy zonalar kapital harakatlanishining imtiyozli sharoitlarini 
ta‟minlashga, xorijiy investitsiyalarning o„sishiga, mamlakatning ayrim iqtisodiy 
mintaqalariga ishlab chiqarish omillari (sarmoya, ishlab chiqarish asosiy vositalari, 
yuqori malakali boshqaruv apparati) oqimining kuchayishiga olib keladi. 
Erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi tovar ishlab chiqaruvchilar va 
tadbirkorlar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, EIHlarning tashkil 
etilishi bilan tovar ishlab chiqaruvchilar o„z mahsulotlarini xalqaro maydonda sotish 
va o„zlari uchun kerakli bo„lgan mahsulotlarni vositachilarsiz sotib olish 
imkoniyatiga ega bo„ladi. Tadbirkorlar uchun berilgan soliq va bojxona imtiyozlari 
ularning daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Erkin iqtisodiy zonalar milliy iqtisodiyot uchun quyidagi afzalliklarni keltirib 
chiqaradi: 
-
mahalliy tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; 
-
yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishini ta‟minlash; 
-
savdo iqtisodiy operatsiyalarini amalga oshirish eksportga yo„naltirilgan tovar 
ishlab chiqarishni rivojlantirish; 
-
milliy va mintaqaviy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish; 
-
aholi bandligini oshirish, yangi ish o„rinlari yaratish va shu orqali ishsizlik 
darajasini pasaytirish; 
-
aholi farovonligini o„stirish, daromadlar miqdorini o
shi
r
ish
, yuqori sifatli 
tovarlar bilan mintaqaviy bozorlarni to„ldirish; 
-
xalqaro kreditlar uchun qulay sharoitlar yaratish, moliyalashtirishning yangi 
manbalarini izlab topish; 
-
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun yangi 
imkoniyatlarni yaratish. 
Ayni vaqtda erkin iqtisodiy zonalar ushbu hududga investitsiyalar kiritayotgan 
sarmoyadorlar uchun ham foydali bo„lib bu, eng avvalo,
quyidagilarda o„z aksini 
topadi: 
-
sarmoyadorlar ushbu hududda joriy etilgan imtiyozli soliqlar tufayli o„z 
foydalarini maksimallashtirish imkoniyatiga ega bo„ladilar; 
-
erkin iqtisodiy zonalarda uskunalar, xomashyo va ishlab chiqarishning boshqa 
tashkil etuvchilari importining bojxona bojlaridan to„la yoki qisman ozod etilishi kam 
harajatlar evaziga uskunalarni olib kirish va urnatish imkoniyatini beradi; 
-
eksportga 
imtiyozli 
shart-sharoitlar 
joriy 
etil
ishi
tufayli 
eksport 
mahsulotlarining tannarxini pasaytirishga imkoniyat paydo bo„ladi; 
-
erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy investitsiyalarning barcha shakllaridan 
foydalanish imkoniyati vujudga keladi; 
-
xorijiy sarmoyadorlarda erkin iqtisodiy zonalardan olingan foydani erkin 
uzlashtirish imkoniyati yaratiladi; 
-
erkin iqtisodiy zonada milliy valyutaning qisman yoki to„liq erkin almashuvini 
ta‟minlash valyuta opretsiyalarini erkin amalga oshirishga shart-sharoit yaratadi; 


194 
-
erkin iqtisodiy zonalardagi arzon ishchi kuchi tufayli o„z mahsulotlari 
tannarxini pasaytirish va ishlab chiqar
ish xa
rajatlarini kamaytirishga erishadilar. 
Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, EIHlarni tashkil etishda davlat hal qiluvchi rol 
o„ynaydi. Bu, eng avvalo, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishning huquqiy asoslarini 
barpo et
ish
zaruriyati bilan asoslanadi. 
Ko„plab mamlakatlarda, xususan, Xitoy
Gonkong, Tayvan, Irlandiyada mazkur 
masala 
konstitutsion 
darajada 
hal 
etilgan 
bo„lib, 
ushbu 
mamlakatlar 
konstitutsiyasining ayrim moddalarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish masalasi 
kayd etilgan. Shuningdek, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida erkin iqtisodiy 
zonalar tug„risida qonunlar qabul qilingan. Chunonchi, O„zbekistonda ham “Erkin 
iqtisodiy zonalar to„grisida”gi Qonun qabul qilingan bo„lib, unda erkin iqtisodiy 
zonalarni tashkil yutish tamoyillari, usullari, EIHlarga sarmoya kiritayotgan xorijiy 
investorlarning huquq va majburiyatlari o„z aksini topgan. Boshqacha qilib aytganda, 
respublikamizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishning huquqiy asoslari yaratilgan. 
Yuqoridagi fikr-muloxazalarni umumlashtirgan holda, shuni ta‟kidlash lozimki, 
erkin iqtisodiy zonalar ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishning, mamlakat 
iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etishning muhim omili bo„lib, undan 
maqsadga muvofiq foydalanish milliy iqtisodiyot faoliyat ko„rsatishining 
samaradorligini oshirishda, ijtimoiy masalalarni, xususan, aholi bandligini ta‟minlash, 
ishsizlik muammosini yumshatish, aholi daromadlarini muttasil oshirib borish, 
iqtisodiyotga yangi texnika va ilg„or texnologiyalarni jalb etash, zamonaviy 
boshqaruv va menejment tamoyillaridan foydalanish imkonini beradi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish