2. Biznes va menejment.
Biznesni menejmentdan, biznesmenni menejerdan farqlash lozim. Menejer - bu biron-bir
tashkilotda faoliyat ko’rsatayotgan boshqaruv sub’ektidir.
Menejer
-
bu boshqaruv bilan shug’ullanayotgan kasb egasidir, malakali
boshqaruvchidir. Menejmentni biznes tushunchasi bilan aralashtirib yuborish mumkin emas.
Biznes - ma’lum mahsulot yaratib yoki xizmat turi ko’rsatish yo’li bilan foyda olishga qaratilgan
faoliyatdir. Biznesmen - bu mulk, kapital egasi bo’lib, kapitaldan foydalanib daromad oluvchidir,
menejer esa boshqaruv bilan shug’ullanayotgan kasb egasidir.
Menejer bu boshqaruv ishlarini amalga oshirayotgan ijtimoiy qatlamdir. 1930 yildan
boshlab, bunday faoliyat muhim kasblar qatoridan o’rin oldi, bilimlar majmuasi mustaqil fanga
aylandi, ijtimoiy qatlam esa jamiyatdagi ta’sirchan kuchga aylandi. Menejerlarning qabul qilgan
qarorlari, davlat arboblari qarorlari singari mamlakatlar va kishilar taqdirini hal qiluvchi kuchga
aylandi. Menejerlar bu biror-bir tashkilotda faoliyat ko’rsatadigan boshqaruv sub’ektidir.
Tadbirkorlar korxona yoki tashkilot maqsadlarini shakllanishida tashkilotni
boshqarishda, ayniqsa faoliyatni boshlayotgan vaqtda katnashadi. SHuning uchun ularni
barchalarini menedjer deb hisoblasa bo’ladi. Ularning ba’zilarni nafaqat ish boshlashda balki
korxonaning butun faoliyati davrida samarali boshqaruv faoliyatini olib bordilar. XX-asrda Mao
TSzedun mamlakatni yuqori darajaga boshqardi va jaxondagi yirik mamlakatlar qatoriga olib
chiqdi. “AyBiEm” (IBM) kompaniyasi asoschisi Tomas Iotson boshqarish amaliyotida ko’plab
usullarni to’zdi va joriy etdi. SHu sababli IBM kompyuter sanoatida birinchilar safiga chiqib
oldi. Rey Krok yangi firma tashkil etmagan bo’lsa ham, u “Makdonals” nomini sotib olib,
o’zining tadbirkorlik qobiliyati bilan xizmat ko’rsatish sohasida xaqiqiy revolyutsiya qildi.
Frederik Smit ham boshqaruv sohasida o’z qobiliyatini namoyish etdi va shu sababli “Federal
ekspress” katta muvafakkiyatga erishdi.
Tadbirkorlar ko’pincha tavakkal qilsalar, moliyaviy imkoniyatlarini yaxshi bilsalar ham,
dam olmasdan o’zok vaqt ishlasalar ham, ba’zida ular tashkilotni samarali boshqara olmasliklari
ham mumkin, ayniqsa tashkilot kengayib borgani sari ular qiynalib qoladilar. Ba’zi tadbirkorlar
umuman boshqaruv fuktsiyalarini bajarishga layoatsiz bo’ladilar. Ayniqsa tashkil etish,
rejalashtirish va nazorat sohalarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |