29
1. Ozuqa ekin maydonlarining chorva mollari
bosh soniga mutanosib
joylashtirilmaganligi;
2. Ozuqa ekin maydonlaridan unumli foydalanish va ekinlarining hosildorlik
darajasining pastligi;
3. Yem-xashak o’rim-yig’im texnikalarining yetishmasligi;
4. Naslchilik ishlarining talab darajasida yo’lga qo’yilmaganligi;
5. Naslli mol tayyorlab sotish va chetdan naslli mollar keltirishning
kamayganligi;
6. To’la qamrovli zooveterinariya xizmati ko’rsatilmayotganligi;
7. Zooveterinariya punktlarining jihozlanish darajasi talabga javob bermasligi;
8. Kredit resurslari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi.
Bugungi kunda Respublikada naslchilik xo’jaligi maqomini olgan xo’jalik
yurituvchi sub’yektlar soni jami 633 tani, shundan 344 tasi naslchilik xo’jaliklari
tashkil etadi.
Rejaga asosan 37 ta zooveterinariya punktlari tashkil
etish rejalashtirilgan
bo’lib, haqiqatda 43 ta zooveterinariya punktlari tashkil etildi va ularning soni 2486
taga yetkazildi.
Pullik xizmat ko’rsatish esa o’tgan hisobot davri davomida 1774,8 mln
so’mlik pullik xizmatlar ko’rsatildi.
Shaxsiy yordamchi, dehqon va qishloq xo’jaligida mahsuldor naslli mollarni
ko’paytirish maqsadida joriy yilning o’tgan davrida 258,6
ming bosh ona mollar
sun’iy urug’lantirildi.
Ona mollarni sun’iy urug’lantirishning afzalligi va mohiyati to’g’risida
joylarda veterinariya mutaxassislari tomonidan aholiga to’g’ridan-to’g’ri va
ommaviy axborot vositalar orqali tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Chorva mollari naslini yaxshilash maqsadida oxirgi besh yil ichida chet
davlatlardan 16 ming 771 bosh naslli qoramollar olib kelindi.
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklari chorva
mollariga malakali
veterinariya xizmatlarini ko’rsatish maqsadida zooveterinariya punktlari soni
2 ming 443 taga yetkazildi.
Keyingi 5 yilda zoovetpunktlar orqali pullik xizmat ko’rsatish 6 barovarga
oshib, 2009 yilning o’zida 6 mlrd. 300 mln so’mni tashkil etdi.
Shu davr ichida sigir va takalarni sun’iy urug’lantirish 10 barobarga oshib,
1 mln boshni tashkil etdi.
1. Zooveterinariya xizmatlari:
•
Tabiiy va sun’iy urug’lantirish
•
Chorva mollarning ozuqa bazasini yaxshilash;
•
Chorva mollarni joylashtirish va yer maydonlari bilan ta’minlash;
•
Chorva mollarning yepidemik kasalliklariga qarshi ko’rashish
(cho’chqa grippi, parranda grippi, sibir yarasi);
•
Yemlash ishlarini olib borish
•
Profilaktika ishlarini olib borish (bir joydan boshqa joyga
ko’chirganda, yaylovlarga olib chiqqanda tuyoq ostini dorilash);
•
Chorva mollarning boshqa turli kasallikalariga qarshi ko’rashish
30
2. Chorvachilikda axborot konsalting xizmati
•
Rasion
tuzishda
(chorva
mollar
zotiga,
turiga,
yoshiga,
joylashganligiga, og’irligiga qarab);
•
Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirishda;
•
Chorvachilik mahsulotlarini realizasiya qilishda;
•
Bozor kon’yunkturasini o’rganish;
3
. Naslchilik va seleksiya ishlari;
4. Chorvachilikda texnik servis xizmatlarini ko’rsatish (muqobil MTP,
transport xizmati, SIU);
5. Bank, sug’urta, birja va boshqa bozor infratuzilmasi xizmatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: