Отформатировано: Шрифт: Times New Roman
Отформатировано: Шрифт: Times New Roman
Отформатировано: Шрифт: Times New Roman
Отформатировано: Шрифт: Times New Roman
Отформатировано: Шрифт: Times New Roman
Отформатировано: Шрифт: Times New Roman
Отформатировано: Шрифт: Times New Roman
40
natijasida 2019 yil yanvar-sentyabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH
davlatlarining ulushi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 % oshdi va 43,1% ni tashkil
yetdi.Boshqa xorijiy davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2018
yilning yanvar-sentyabr oylarida 66,3 % ni tashkil qilgan bo`lsa, joriy yilning ushbu
davrida esa tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 61,4 %ga tushdi.
Respublikada joriy yilning 3 choragida amalga oshirilgan tashiq savdo aylanmasi 11
962,6 mln. Aqsh dollarini tashkil qilib 2 chorak bilan taqqoslaganda 16,4 % ga o’sganligi
kutilmoqda. 2019-yilning 2 choragi bilan taqqoslaganda tashqi savdo aylanmasi umumiy
hajmida import ulushining kamayishi( 58,1% dan 56,2% ga), eksport ulushining esa
ko’payishi ( 41,9% dan 43,8% ga) kuzatildi.
Iqtisodiyotning global tarmoqlariga ixtisoslashgan xorijiy filiallarni boshqarish uchun
xalqaro kompaniyalar dunyo ko’lamida raqobatbardoshlik darajasini tutib turish
maqsadida global strategiyani qo’llaydi. Bunday kompaniyalar xorijiy filiallarning
butunjahon tarmog’iga ega, sayyoramizning turli qit’alarida resurslarga ega, eng past
ishlab chiqarish harajatlariga ega davlatlarda korxonalar tashkil qiladilar va masshtab
samarasini keng qo’llaydilar. Ular o’z tadqiqot markazlarini bosh kompaniya joylashgan
davlatlarda emas, balki ko’pincha yaxshi sotish bozorlari mavjud bo’lgan mamlakatlarda
joylashtiradilar.
2019 yil yanvar-sentyabr oylarida eksport hajmi 13 677,0 mln. AQSh dollarga
(o’sish surati 45,5%) teng bo`ldi. eksport tarkibida tovarlarning ulushi 81,4 % ga ega
bo`lib, bular asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari (16,1 %),to’qimachilik
buyumlari ( 8,6), oziq-ovqat mahsulotlari (8,4 %), shuningdek, kimyo mahsulotlari va
undan tayyorlangan buyumlar (4,9 %) guruhlari hissasiga to`g`ri kelmoqda.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida import hajmi 17 968,8 mln. AQSh dollariga
(o`sish sur`ati 31,5 %) teng bo`ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob-
uskunalar (44,8%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,7 %) hamda
oziq-ovqat mahsulotlari (7,5 %) guruhlari hisobiga to`g`ri keldi.
2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikaga 156 dan ortiq xorijiy davlatlardan
tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 7 ta eng yirik bo`lgan Rossiya
Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Germaniya, AQSH, Koreya Respublikasi,
41
Qozog`iston va Turkiya kabi hamkor davlatlarning jami import hajmi 12 225,6 mln. AQSh
dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 68,0 %ini tashkil qiladi.
Mahalliy va xorijiy raqobatchilar amal qilayotgan qabul qiluvchi mamlakatda
shakllangan bozorda raqobatbardoshlik afzalliklariga ega bo’lish ancha qiyin, jiddiy
tayyorgarliksiz esa – deyarli mumkin emas. Xalqaro kompaniyaning qabul qiluvchi
mamlakatlarda eng samarali faoliyat sohasini aniqlash uchun TMK izlanuvchi-
iqtisodchilari va marketologlari yangi xorijiy bozorga chiqish haqidagi qaror loyihasini
tayyorlash jarayonida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va jahon bozoriga yetkazib
berishda xalqaro kompaniya imkoniyatlarini tanqidiy baholaydilar va chet elda
tadbirkorlik faoliyati sharoitlarini quyidagi bir necha aspektlarda ko’rib chiqadilar:
1. Raqobatchi korxonalar firma tuzilishi va strategiyasi aspekti. Bu aspektda birinchi
navbatda tanlab olingan faoliyat sohasida milliy korxonalar va faoliyat ko’rsatayotgan
xorijiy firmalarga nisbatan xalqaro kompaniyaning raqobatbardoshlik darajasini baholash
zarur. Bundan tashqari qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarishni boshqarish va
tashkil qilish uslubi TMK xorijiy filiali ega bo’lgan sharoitlarga javob berishini tahlil
qilish muhim ahamiyatga ega.
Bunda mahalliy raqobatchi-firmalar qanday strategiya tanlashini, raqobatli kurashda
ulardan o’zish imkoniyati darajasini, xalqaro kompaniyaning mo’ljallanayotgan faoliyat
sohasi qabul qiluvchi mamlakat millati psixologiyasiga javob berishini aniqlab olish zarur.
2. Xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish sharoitlari aspekti. Bu yo’nalishdagi
tahlil predmeti bo’lib quyidagi omillar xizmat qiladi: iqtisodiyotning qaysi tarmoqlarida
qabul qiluvchi mamlakatning nisbiy afzalliklari yaqqolroq namoyon bo’ladi, xalqaro
kompaniyani qiziqtiruvchi iqtisodiyot sohalarida ITTKI uchun asos mavjudligi va nihoyat,
qabul qiluvchi mamlakat xalq xo’jaligidagi zaif tomonlarning (kapital yetishmasligi,
ilmiy-texnik sohada orqada qolish va b.) xorijiy sarmoyadorlar faoliyati bilan to’ldirilishi
mumkinligi.
3. Sotish sharoitlari. Ular milliy iste’molchilar tomonidan talablarning murakkablik
darajasi va xususiyatlari, shuningdek qabul qiluvchi mamlakatda sotish kanallarining
jahon bozorida qabul qilingan kanallardan farqlanishi bilan aniqlanadi. Ichki talabning
42
rivojlanish tendensiyalari TMK xorijiy filiali mahsulot assortimentini shakllantirish
yo’nalishlarini belgilaydi.
4. Qardosh tarmoqlar va yetkazib beruvchilar. Bu holatda xalqaro kompaniyani qabul
qiluvchi mamlakatda mahsulotini yirik iste’molchilarining mavjudligi haqidagi axborot
qiziqtiradi. Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish uchun u yerda loyihalashtirilayotgan
korxonani xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirish muhim
ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat sohasini tanlashda keyingi muhim omil
bo’lib mahalliy firmalar – potensial yetkazib beruvchilarning texnik darajasi (sifatli
butlovchi detallarni yetkazib berish imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |