9.Mavzu. Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini tekshirish va baholash. Shaxsiy
gigiyena va sog’lom turmush tarsi asoslari.
Mashg‘ulotning jihozlanishi:
jismoniy rivojlanish standartlari, bo‘y o‘lchagichlar,
santimetrli lenta, tibbiyot tarozilari, so‘riluvchi sirkul, spirometrlar
Mavzuni asoslash
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
172
Jismoniy rivojlanishni baholash uchun antropometrik ko‘rsatkichlar aniqlanadi, bunga:
-o‘lchov ko‘rsatkichlariga qarab (samotometrik) baholash (vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak
qafasining kengligi, va h.k)
-fiziologik ko‘rsatkichlariga qarab (fiziometrik) baholash (o‘pkaning hayotiy sig‘imi, qo‘l
va bel mushaklarining kuchi, yurak, qon, tomir ko‘rsatkichlari va h.k)
-tashqi ko‘rinishga qarab (somatoskopik) baholash (organizmning tashqi ko‘rinishini
belgilovchi umurtqa pog‘onasining rivojlanishi, yog‘ qatlamining miqdori, tovonning ko‘rinishi,
jinsiy rivojlanish belgilari va boshqalar) kiradi.
a) bo‘y uzunligi (turgan holda) organizmning plastik jarayonini ifodalovchi ko‘rsatkich
hisoblanadi.
Bo‘y zunligi yog‘ochdan yasalgan bo‘y o‘lchagich yoki metaldan yasalgan antropometr
yordamida aniqlanadi.
b) ko‘krak qafasining aylanasini aniqlash. Olinadigan ma’lumotlar jismoniy rivojlanishning
asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar tananing hajmi, ko‘krak va elka mushaklari
xamda ko‘krak qafasidagi a’zolar faoliyatini ifodalaydi.
Ko‘krak qafasining aylanasi deyarli tinch holatda, chuqur havo olganda hamda chuqur havo
chiqarganda o‘lchanadi. Orqa tomondan quyilgan metrli tasma tagida kurak burchaklari bilinib
turishi, old tomondan esa ko‘krak qafasining o‘rta qismida bo‘lishi kerak. O‘lchash uchun qo‘llar
tushiriladi, bunda tasma orqa tomondan kurak tagiga surilib tushadi. Tasmani shunday o‘rnatish
kerakki, u osilib turmasligi, nafas olish va chiqarishga halaqit bermasligi zarur. To‘g‘ri o‘lchash
uchun bolaning bir tekisda nafas olishi kutiladi, so‘ng chuqur nafas olganda, chiqarganda, tinch
holatda alohida-alohida har biridan 3-4 marta o‘lchab, o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich aniqlanadi.
CHuqur nafas chiqarilgandagi ko‘rsatkichning farqi ko‘krak qafasining ekskursiyasi hisoblanadi.
Ko‘krak qafasining tinch holdagi ko‘rsatkichi chuqur nafas chiqargandagiga nisbatan 1-2
sm ko‘p, chuqur nafas olgandagi ko‘rsatkichga nisbatan esa deyarli shuncha kamdir. SHunga ko‘ra
to‘g‘ri ma’lumot olish mumkin.
v) og‘irligini aniqlash. Tana vazni organizm a’zo va to‘qimalarining jumladan, suyak-
mushaklar, yog‘ to‘qimalari hamda ichki a’zolar rivojalanishiga bog‘liq.
Tana vaznini aniqlashda tibbiy tarozilardan foydalinladi. Kichik yoshdagi bolalar maxsus
tarozilarda tortiladi. Tarozida ishlashdan oldin maxsus tarozilarda tortiladi. Tarozida ishlashdan
oldin uning qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun maxsus o‘lchov toshlari bilan tekislab olish
tavsiya etiladi
a) o‘pkaning hayotiy sig‘imini aniqlash orqali uni qancha miqdorda havoni qabul qila olishi
hamda nafas nafas olishda ishtirok etadigan mushaklarning rivojlanganligini bilish mumkin.
O‘pkaning hayotiy sig‘imi kattalarda suvli, kichik bolalarda esa havoli siprosetrlarda
aniklanadi.
b) qo‘l mushaklarining kuchini aniqlash. Bu ko‘rsatkich qo‘l mushaklarining
rivojlaniganidan dalolat beradi. Ko‘rsatkichlar qo‘l dinamometrii yordamida aniqlanadi. Tekshirish
uchun tekshiriluvchi tomonidan dinamometr to‘la panja bilan ushlanadi, qo‘l gorizontal holatda
olingan yoki yonga uzatilgan holda qattiq qisiladi, qushimcha harakatga ruxsat etilmaydi.
Tekshirish alohida chap va o‘ng qo‘llarda o‘tkaziladi.
v) bel mushaklarining kuchini aniqlash. Buning uchun bel dinomometrini oyoq bilan bosib
turgan holda ustki qismidan qo‘l bilan tortiladi. Bunda dinamometrning ushlaydigan qismi tizza
balandligida bo‘lishi kerak. Bo‘yga to‘g‘irlash uchun asbobga mo‘ljallangan zanjirlardan
foydalanish mumkin.
Tayanch va harakat apparatlarining holati. Suyakning rivojlanishi uning ko‘rinishiga qarab
3 xil baholanadi. 1-ingichka yoki «tor» suyak, bunday bolalarda ko‘krak qafasi va elkasi tor,
barmoqlari va tovoni kichkina bo‘ladi, 3 keng yoki qo‘pol ko‘rinishli, bunday bolalarning elkasi
keng, barmoqlari va tovoni katta; 2-1 va 3-ning o‘rtacha ko‘rinishi darajasida.
Bundan tashqari, bola umurtqa pog‘onasining qayishqoqlik davrida tepalikdan qattiq joyga
tik yiqilsa-kifoz, ko‘krak qismidagi fiziologik egilmaning orqaga qarab jadal egilishi yoki bel
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
173
qismidagi egilmaning oldinga qarab egilishi-lordoz shaklida o‘zgarishi mumkin. Bunday
o‘zgarishlar bola o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qiladigan eng salbiy omillardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |