Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Tozalangan suvni saqlash va taqsimlash



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Tozalangan suvni saqlash va taqsimlash 
Tozalangan suvni saqlash va taqsimlash tizimini loyihalashtirishda asosiy vazifa – suvning 
quvur bo‘yicha doimiy harakatini ta’minlash, suvning turib qolishi va u yerda 
mikroorganizmlarning ko‘payishi, yuzalarda biologik plenkalar hosil bo‘lishini oldini olishdir. 
Zamonaviy saqlash va taqsimlash tizimlari bir yo‘nalishli harakat oqimiga ega resirkulyatsion 
tizimni va suvning quvurdan to‘liq chiqarib tashlanishi mumkinligini nazarda tutadi. Tozalangan 
suvni saqlash va taqsimlashdagi kritik parametrlar: harorat; suv harakati va uning tezligi; bosim; 
quvurlar materiallari va saqlash uchun sig‘imlar. Tozalangan suvni GMP Qoidalariga muvofiq 
taqsimlash va saqlash mikroorganizmlarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladigan haroratda – 80 
gradusdan yuqori yoki 15 gradusdan past haroratda ta’minlashi darkor. Sovuq tizimdan 
foydalanuvchi tizimlar suvda mikroorganizmlarning miqdorini kamaytirish uchun UF-qurilmalar 
bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
In’eksiyalar uchun suvni distillash va tayyorlash usullari 
In’eksiyalar uchun suvga talablar 
Yevropa Farmokopeyasiga ko‘ra, dissillyatsiya - in’eksiyalar uchun suvni tayyorlashning 
majburiy sharti; AQSh farmakopeyasi va FS (Rossiya) dissillyatsiyaga ham, teskari osmosga ham 
yo‘l qo‘yadi. 2011 yilda PIC/S kengashi Yevropaning pozisiyasini tasdiqladi: in’eksiyalar uchun 
suv dissillyatsiya usulida tayyorlanishi lozim.


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
92 
Hozirgi paytda (teskari osmos uchun) dissillyatsiya orqali ta’minlanadigan in’eksiyalar uchun 
suv tayyorlashning ishonchlilik darajasiga erishilmagan. Teskari osmosga yo‘l qo‘yish 
mumkinligini tan olish uchun ham yetarlicha asoslar yo‘q.
Nima uchun teskari osmos dissillyatsiyaga yon bosadi? Birinchidan, teskari osmos, odatda, 
haroratga ta’sirchan bo‘lgan sovuq jarayon. Sovuq jarayon mikroblar bilan ifloslanish nuqtai 
nazaridan doim issiq jarayondan afzal ko‘rilmaydi. Ikkinchidan, teskari osmos qurilmalari 
validatsiyasi muayyan qiyinchiliklarga bog‘liq. Shuni hisobga olish kerakki, teskari osmos 
dissilliyatsiyaga qaraganda muayyan afzallikka ega. Teskari osmos qurilmalari membranalari 
pirogenlarni ushlab qolar ekan, apirogen suvni tayyorlash imkonini beradi. Shuning uchun
dissillyatorlar oldida bevosita teskari osmos qurilmalari qo‘yiladi. Pirogenlarni issiq usulda yo‘q 
qilish uchun 170 gradusgacha isitish kerak, bunga quruq issiq sterilizatorlarda erishiladi. 
Dissillyatsiya pastroq haroratlarda olib boriladi. Toksinlar faqat bakteriyalar devorining butunligi 
buzilganda ajraladi. Aksariyat hollarda ular termik barqaror bo‘lib, qonga yoki orqa miya 
suyuqligiga tushganda juda zaharli bo‘ladi va tirik organizmlarda haroratning ko‘tarilishiga, og‘ir 
hollarda – hattoki o‘limga olib kelishi mumkin. “Pirogen” so‘zi “rugo” – olov, issiqlikni anglatadi.
Dissillyatsiya 
Dissillyatsiya jarayonlarining uch turi mavjud: bir hujayrali; termokompression; ko‘p 
koloniyali.
Bir hujayrali dissillyatsiyadan anchadan beri va keng foydalaniladi. Uning jiddiy kamchiligi 
ko‘p energiya iste’mol qilishidir. Suvni 15S dan 100S gacha isitish uchun 85 kkal/kg yoki 356 
kDj/kg sarflanadi. 100Sda suvni bug‘ga aylantirish uchun 39kkal/kg yoki 2258 kDj/kg talab etiladi. 
Shunday qilib, suvni bug‘latish uchun uni 100Sda isitishga qaraganda olti marta ko‘p energiya talab 
etiladi.

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish