Tadqiqot predmeti
: Tadqiqot predmeti mavjud sotsiologik muammoning asosiy
masalalaridan biri hisoblanadi. Bir xil muammoli holatda yagona empirik tadqiqot
ob`ekti bo’yicha tadqiqot predmeti bo’ladigan bir necha yo’nalishlar bo’lishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot predmeti shakllanganda, mavjud muammoni echish
yo’llari bo’yicha ilmiy faraz tuziladi, shu bilan birga, sotsiologik tadqiqot o’tkazish
usullari va shakllariga ta`rif beriladi.
Empirik tadqiqotlar predmeti
bu muayyan masala bo‘lib, ob'ektdan kelib
chiqadi va tadqiqotda chegaralangandir.
Talabalar dindorligini o‘rganilayotganda predmet quydagicha qo‘yilgan:
«Talabalar ongining tuzilmasi va rivojlanish tendensiyasi».
Bir ob'ektga bir nechta predmet to‘g‘ri kelishi mumkin. Har qaysisi turlicha
shakllanishi va ob'ektni turli tomomlariga mos kelishi mumkin. Misolda predmet «ong
tuzilmasi», «dindorlik tipi», dindorlikni talabalar xulq-atvoriga ta'siri va boshqalardir.
Sotsiologiyaning metodika va texnikasi haqidagi ayrim adabiyotlarda ob'ekt bilan
predmetning mos kelishi haqida so‘z yuritilgan. Bu noto‘g‘ri, chunki ob'ekt — bu
haqiqiy mavjud bo‘lgan tuzilmalardir, predmet esa abstrakt qo’yilgan tadqiqot
muammosidir.
Tadqiqot programmasini tuzishdagi keyingi qadam muammoni nazariy tahlili va
asosiy tushunchalarni aniqlash.
Nazariy analiz o‘z ichiga definsiyalashni oladi, ya'ni ilm-fanda chiqilgan nazariy
va metodologik nuqtai nazardan muammoni asosiy tushushchalarini aniqlash, nazariy
asoslar bo‘lmaganda esa (bu juda kam uchraydigan hol) tadqiqotchi o‘z konsepsiyasini
mustaqil yaratish kerak. Studentlar dindorligini o‘rganishda eng rivojlangan
yo‘nalishlardan biri din sotsiologiyasiga va E.Dyurkgeym va Z.Freyd ta'limotiga
asoslanishi kerak. Nazariy tahlilda muammo haqida barcha bilimlar mujassamlanadi,
muammoning har tomonlama o‘rganilgan va o‘rganilmagan sohalari aniqlanadi,
izlanayotgan jarayon mohiyati haqida konsepsiya yaratiladi asosiy tushunchalar
tanlanadi va aniqlanadi. Shuni nazarda tutish kerak-ki tadqiqotlarni boshi ham natijalari
ham tushushchalarga bog‘liq. Tushuncha bu shunday instrumentki, uning asosida
nazariy va empirik ko‘rsatkichlar o‘zaro aloqada bo‘ladi. Dindorlikni nazariy tahlil
qilganda shu ma'lum bo‘ladiki, e'tiqod dindorlikni markaziy tushunchasi bo‘lib u esa
psixologik gnoseologik, etik, estetik ishonchni o‘z ichiga oladi va u qachon asosiy
qadriyat bo‘lsagina, shunda ta'sir kuchiga ega bo‘ladi. Buning asosida kimni dindor deb
hisoblash mumkinligi haqidagi konsepsiya vujudga keladi. Demak, kishi ongining
qadiriyatlar tuzilmasi diniy bo‘lib, u e'tiqod bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday kishini dindor
deb hisoblash mumkin. Bu misoldan dindorlik tilini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |