1. Ijtimoiy bosqich: (jamiyat, ijtimoiy qatlam, ijtimoiy guruh, mahalla, oila,
shaxs)
2. Milliy boshich: (millat, elat, etnik guruh, avlod, milliy oila, individ)
3. Tarmoqlar bosqichi (iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, fan, ta`lim,
ma`naviyat va ma`rifat, ekologiya va boshqalar)
4. Xududuy bosqich: (mintaqa, mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq,
mahalla).
Sоtsiоlоgiyaning predmeti
Inson hayot tarizining konkret jihatlari, odamlarning fe`l-atvori jamiyatdagi o`rhi
va intilishlaridan, turli hayotiy vaziyatlardagi takroriy harakatlaridan iborat. Vaholanki,
oilada, ko`chada, transportda, do`konda, ishxonada, o`quv auditoriyasida, xullas
barcha vaziyatlarda inson xulqining takrorlanuvchan ko`rinishlarini kuzatishimiz
mumkin. (Masalan, odam do`konga kirganida, sotuvchidan qanday muomala kutishni
biladi).10
Sotsiologiyaning predmeti:
Agar fanning ob`ekti uning nimani o’rganish kerak degan savolga javob
bersa, predmet esa o’sha ob`ektning qaysi jihatlarini o’rganadi? degan savolga
javob beradi. Quyida sotsiologiyaga doir bir qancha ta`riflarni keltirib o’tamiz.
Sotsiologiya
– insonlarning sotsial jamoalar va sotsial jarayonlarda tutgan o’rni,
ular o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadigan fandir.
Sotsiologiya
– ayni vaqtda jamiyat va shaxsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy,
ma`naviy hayotdagi faoliyati va ijtimoiy mazmunini o’rganadigan fan hamdir.
Sotsiologiya
– jamiyat tuzilishi, uning elementlari va ularning yashash sharoitlarini
va shu tuzumda sodir bo’layotgan ijtimoiy jarayonlarni o’rganadigan fandir.
Sotsiologiya
– shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga
ko’nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko’maklashadigan, shular bilan bir qatorda
insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay
variantini topishda va uni amalga oshirishda jismoniy, emotsional-psixologik va
ma`naviy imkoniyatlarni ishga solishga yordam beradigan fandir. «Chunki hayot bor
ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o’zining manfaatlarini qandaydir yo’llar bilan
amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila
qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr
yuritadi, kerak bo’lsa, qonuniy yo’llar bilan o’z maqsadlariga erishishga intiladi».
11
O’z navbatida sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini ta`minlaydigan eng
qulay variantlarni, ijtimoiy-madaniy modellarni topishdan iboratdir. Bular jamiyat va
insonning o’z-o’zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir.
Sotsiologiyaning vazifasi murakkab sotsial dunyoni tashkil etuvchi o’zaro
birikuvchi va harakat qiluvchi tuzilma va mexanizmlar mohiyatini aniqlashdan hamda
ularning rivojlanish tendentsiyalarini belgilashdan ham iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |