psixik
xususiyatlarning yakka h
o‘
lda namoyon b
o‘
lishini kuzatish va qayd qilish etarli
emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga,
tipikligiga ishonch hosil
qilishi kerak.
Kuzatishning tizimli va tizimli bo‘lmagan turlari ajratiladi. Tizimli
bo‘lmagan kuzatish maydon tadqiqot jarayonida o‘tkazilib, etnopsixologiya,
rivojlanish
psixologiyasida, ijtimoiy psixologiyada keng foydalaniladi.
Tizimli bo‘lmagan kuzatuvni o‘tkazayotgan tadqiqotchi uchun sababli bog‘lanishlarni qayd etish
muhim emas, balki ma`lum bir sharoitlarda individ yoki gurux xatti- harakatlarining qandaydir
umumlashgan manzarasini yaratish muhim hisoblanadi.
Tadqiqotchi qayd etilayotgan xulq- atvorning o‘ziga xos-xususiyatlarini (o‘zgaruvchilarni) ajratib
k o‘rsatadi va tashqi muxitning sharoitlarini tasniflaydi.
Tizimli kuzatishning rejasi eksperimentning chizmasiga yoki korrelyatsion tadqiqotga mos keladi.
Kuzatishning «Tartibsiz» va tanlovli turlari mavjud.
Birinchi turida tadqiqotchi (yoki tadqiqotlar guruxi) maksimal batafsil kuzatish uchun t o‘g‘ri
keladigan xatti- xarakatning barcha o‘ziga xosliklarini qayd etadi.
Ikkinchi turida esa (tanlovni) tadqiqotchi o‘z e`tiborini faqatgina xulq-atvorning aniq biror
parametrlariga yoki xulq-atvor aktlarining tiplariga qaratadi.
Masalan: faqatgina agressiyaning namoyon b o‘lishi chastotasini
yoki ona-bolaning kun
davomidagi o‘zaro munosabatlarining vaqtini qayd etadi.
Kuzatish bevosita yoki kuzatuv asboblaridan foydalangan holda o‘tkazilishi mumkin.
Ularning qatoriga audio va video apparatlar o‘ziga xos kuzatish apparatlari va xokazolar kiradi.
Kuzatish natijalarining fiksatsiyasi (qayd etilishi) kuzatuv jarayonida yoki vaqt o‘tgandan so‘ng
amalga oshirilishi mumkin.
Vaqt o‘tgandan so‘ng natijalarning qayd etilishida kuzatuvchi xotirasining ahamiyati ko‘payadi,
xulq-atvorni qayd etish ishonchliligi va to‘liqligiga zarar etadi, shubxasizki, olingan natijalarning
aniqligi ham zarar ko‘radi.
Kuzatuvchining muammosi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Agar individ yoki gurux o‘zining kuzatilayotganligidan xabar topsa, u holda uning xulq-atvori o‘
zgaradi.
Agarda kuzatuvchi shaxs gurux yoki individga noma`lum bo‘lsa, agarda u obro‘li b o‘lsa hamda
sinaluvchilarning xulq-atvorini kompotent baxolay olsa (adolatli) u holda Yuqorida aytilgan
effekt ortadi. Faollashtirilgan kuzatuvning ikkita varianti bor:
1.
Kuzatuvchilar o‘zlarining xulq- atvorlari tadqiqotchi tomonidan qayd etilayotganligini
biladilar (masalan, alpinistlar guruxining yoki suvosti kemasidagi ekipajning xulq-atvor
dinamikasini o‘rganishda).
2.
Kuzatuvchilar o‘zlarining xulq- atvorlari qayd etilayotganligidan bexabar bo‘ladilar
(masalan xonada o‘ynayotgan bolalar, bu xonaning bir devori - gazzel oynasi, umumiy kamerada
saqlanayotgan maxbuslar guruxi va xakazolar).
Kuzatish metodi orqali tadqiqot jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat
:
1.
Kuzatish predmeti (xulq-atvor), ob`ekti (alohida individlar yoki gurux),
vaziyat
aniqlanadi.
2.
Kuzatish va ma`lumotlarni qayd etish usuli tanlanadi
3.
Kuzatish rejasi tuziladi (vaziyatlar ob`ekti vaqti)
4.
Natijalarni qayta ishlash metodi tanlanadi
5.
Olingan ma`lumotlarning qayta ishlanishi va interpritatsiyasi
amalga oshiriladi
Kuzatish metodining kamchiliklari:
Birinchi navbatda kuzatuvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan barcha xatoliklar kuzatuvchi o‘z farazini
isbotlashga qanchalik qattik uringani sayin, voqealarni idrok qilishda xatoga yo‘l qo‘yish
shunchalik ortadi.
U charchaydi, vaziyatga moslashadi va muxim o‘zgarishlarni payqamay
qo‘yadi, yozuvlarda xatoliklar qila boshlaydi va xakazolar.
A.A.Ershov (1977Y) kuzatishning quyidagi
kamchiliklarini ajratib
ko‘rsatadi:
1.
Galo effekt - kuzatuvchining umumlashgan taassuroti xulq-atvorning ko‘p idrok
qilinishiga, nozik tafovutlarni qabul qilmaslikka olib keladi.
2.
Bo‘lib o‘tayotgan voqea hodisaga doimo ijobiy baho berish tendentsiyasi.
3.
Markaziy tendentsiya xatoligi. Kuzatuvchi kuzatilayotgan xulq-atvorga
o‘rtachalashgan bahoni berishga intiladi.
4.
Korreleltsiya xatosi. Xulq-atvorning bir belgisini baxolash boshqa bir
kuzatilayotgan belgining asosida bo‘ladi.
5.
Kontrast xatolik.
Kuzatuvchining o‘zidagi xususiyatlariga qarama-qarshi
bo‘lgan xususiyatlarni kuzatuvchilarda
ajratib ko‘rsatilishi.
6.
Birinchi taassurot xatoligi.
Ammo
ushbu kamchiliklarga qaramay, kuzatish juda zarur metod hisoblanadi.
Kuzatish metodi mustaqil jarayon sifatida namoyon bo‘lishi hamda eksperimentlash jarayoniga
kiritilgan metod tarzida ko‘rilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: