Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


-mavzu: HOZIRGI ADABIY JARAYON FANINING



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

2-mavzu: HOZIRGI ADABIY JARAYON FANINING
ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI O‘RNI 
REJA: 
1.Hozirgi adabiy jarayon fanining maqsadi va vazifalari. 
2.Yangi o’zbek adabiyotining vujudga kelishi, sabab va omillari. 
3. Badiiy tasvirdagi yangilanish. 
4.Yangilanayotgan o’zbek adabiyotida yangi janrlar, yangi mavzu va
muammolarning paydo bo’lishi. 
5. Hozirgi adabiy jarayonning asosiy xususiyatlari va adabiy tanqid. 


Hozirgi o’zbek adabiyotining yangilanish jarayoni XIX asr o’rtalarida 
boshlangan. Bu davrda Markaziy Osiyo uch xonlikka bulingan, bir-biri bilan uzaro 
jikkamusht olishayotgan, iktisodda tanglik avjiga chikkan edi. Ularning uzaro 
kelishmovchiligi chet dushmanlarimizga juda kul keldi. Sharkdan Angliya, 
Garbdan Rusiya tishini kayrab turar edi. Rusiya fotixlik otini ertarok kamchiladi. 
XIX asrning birinchi yarmidan boshlab savdogarlar, ilmiy ekspedisiyalar nikobi 
ostida josuslarini yuborib, Uzbekistonni iklimi, xayot tarzi, xarakteri, xarbiy 
tayyorgarligi, yer osti va yer usti boyliklarini obdon urgandi. 50-yil urtalaridan 
bemalol bostirib kira boshladi. Xonliklar esa birlashmadi, tomoshabin bulib, 
aksincha ruslarni gijgijlab turdilar. Shunday kilib XIX asrning 70-yillariga kelib, 
Kukon xonligi tugatildi. Xiva va Buxoro Rusiyaga karam bulib koldi.Jaxon afkor 
ommasiga Toshkent uz ixtiyori bilan kushildi degan soxta xujjatlar tayyorlandi. Bu 
xakda «Toshkentlik Solixboy oxunning general Chernyayevga javobi», M. 
Solixning «Tarixi jadidai Toshkand» asarlarini uking. 
Turkistonda ogir mustamlakachilik davri boshlandi. Xalk ikki tomonlama 
zulm iskanjasiga tushdi. Adabiyot uning ogirini yengil, ruxini kutarishning 
yullarini izlay boshladi. Anxanaviy yaxshilik va yomonlik urtasidagi kurash anik 
timsollar orkali ifodalana boshladi. Xajviyotning roli kuchaydi. Maxrifatparvarlik 
mavzusi yangi mazmun kasb etdi. Rusiya orkali Yevropaga yuzma-yuz bulgan 
xalkimiz ziyolilari xalkni savodli kilish, fan va texnikani egallashga chakira 
boshladi. Maxrifatparvarlik targibot shaklidan amaliy faoliyat darajasiga kutarila 
Adabiy jarayon va 
adabiyotning 
shakklanishi va 
taraqqiyoti 
XIX asr oxirlari XX asr boshlari
XX asrning 30 - yillari 
XX asrning 40-50 yillari 
XX asrning 80-90- yillari 
90-yillardan to hozirga qadar 


boshlandi. A. Donish, S. Aziziy, M. Bexbudiy, Munavvar kori, A, Avloniy, S. 
Ayniy, Xamza kabilarning maxrifatparvarlik faoliyati xakida maxlumot beraman. 
Bu davrda adabiyotga Mukimiy, Furkat, Zavkiy, Avaz Utar ugli, Anbar Otin 
singari maxrifatparvar ijodkorlar kirib keldilar. Bu shoirlar kup asrlik tajribaga zga 
bulgan satiraning yangilanishiga katta xissa kushdilar. Mukimiy va Zavkiy 
xajviyotning anik adresli bulishini taxminladilar. Mukimiyning «Tanobchilar», 
«Xajvi Viktor», «Xajvi kur Ashurboy xoji», «Tuyi Ikon bacha», «Xajvi axli rasta», 
«Koralar falsafasi» shular jumlasidandir. Bu axolining maxalliy va boskinchi boy-
amaldorlarga nisbatan nafratini kuzgay boshladi. Natijada Dukchi eshon, Pulatxon, 
Namoz botir kuzgolonlari ruy berdi. Oxiri 1916 yilda xalk milliy-ozodlik 
kuzgoloniga kutarildi. 
Xalk ongida milliy uygonish jarayoni yuz bera boshladi. Chunki XIX 
asrning 90-yillarida Turkistonga kirib kelgan jadidchilik xarakati uz faoliyatini 
birinchi galda maxrifatdan, xalk ongini ilm nuri bilan ravshan kilishdan boshladi. 
Zero, savodsiz xalkni savodli kilmasdan, uz xak-xukukini biladigan kilib 
tarbiyalamsadan turib siyosiy vazifalarni amalga oshirib bulmasdi. Shuning uchun 
jadidlar, avvalo, yangi usulda maktablar ochib, yoshlarni ukitishga katta extibor 
berdilar. Fakat amalda emas, balki badiiy adabiyotda xam ilm olishga targib kila 
boshladilar. Shunday kilib jadid adabiyotining asosiy mavzusi va muammosi 
maxrifatparvarlik bulib koldi. 
Xullas, uzbek adabiyotining vujudga kelishi jadidchilik xarakati bilan 
boglikdir. Bu adabiyotning shakllanishidan darak beruvchi belgilar sifatida yangi 
goyalar va janrlar paydo bula boshladi. Eng avvalo, nasrda yangilanish belgilari 
paydo buldi. Masalan, xikoyalar orzu-xavasni ifodalovchi romantik tasvirdan 
realistik yunalishga kuchdi. Xamza, Fitrat, Kodiriy, Chulpon kabilar xikoya janrini 
xam shaklan, xam mazmunan yangilashga katta ulush kushdilar. Xikoyalarning 
mavzusi maxrifat, goyasi uzlikni anglash bulib koldi. 
Nasriy turning goyat operativ janri publisistika vujudga keldi va yuksak 
parvoz kildi. Publisistika tarakkiyotida Bexbudiy, Mirmuxsin Shermuxamedov, 
Avloniy, Munvvar kori, Xamza, Fitrat kabilar katta rolp uynadilar. Birgina 
Bexbudiyning uzi 200dan ziyod makola exlon kilganligi maxlum. Jadidchilik 
xarakatining namoyondalari tomonidan nashr kilingan «Xurshid», «Tarakkiy», 
«Sadoi Turkiston», «Oyina», «Al-islox» gazeta va jurnallari uzbek 
publisistikasining ilk namunalari kuplab chop etdi. Bu davr publisistikasida faol 
ijod kilganlardan biri Mimuxsin Shermuxamedov bulib, u makolalari ijtimoiy 
ruxining 
utkirligi, 
mavzusining 
dolzarbligi, 
goyasining 
millatparvarligi, 
kamchiliklarni keskin fosh etishi, isloxotga daxvatkorligi bilan ajralib turadi. 
Masalan, 1917 y. 25.IY «Turon» gazetasida bosilgan «Tarixiy ikki vokea» 
sarlavxali utkir publisistik makolasida maxrifat dushmanlarini kattik tankid ostiga 
oladi. Islom dinining kuvvati xisoblangan Buxorodagi shunday kishilarning 
baxzilarini «Buxoro mikroblari» deb atadi. Maxlumki, bu paytda Buxoroda amirlik 
boshkaruvi xukmron bulib, garchi amir said Olimxon Buxoro jadidlari bilan 
xamkorlikka rozi bulsa-da, din arboblari yangilanishga jiddiy karshilik 
kursatardilar. Shu boisdan makola katta shov-shuvga sabab buldi, muallif 
dinsizlikda ayblanib, sazoyi kilindi. 


XX asr adabiyotining yana bir yangilanishi roman janrining paydo bulishi 
bilan boglikdir. Asr boshlaridanok roman yaratishga ishtiyok kuchaydi. Xamza uz 
tarjimai xolida yozishicha, 1908 yildayok «Xakikat kimda?» nomli roman yozgan. 
1914 yilda yana bir asarini «Yangi saodat yoxud milliy roman» deb atadi. Shu yili 
Mirmuxsinning «Befarzand Ochildiboy» romani yaratildi. Birok mazkur 
asarlarning birontasi xam roman janri talablariga javob berolmaydi. Ularni jadid 
adabiyoti vakillari roman yaratish yulidagi ishtiyoklari, intilishi deb baxolash 
kerak. Xakikiy roman asrimizning 20-yillarida A.Kodiriy tomonidan yaratildi. 
Kissa janrini vujudga keltirish borasida xam saxyi-xarakatlar buldi. Janrning I-
namunasi sifatida M.Muminjon uglining «eski maktab turmushi yoki Tolib» 1915 
y. kissasini kursatish mumkin. Keyinrok bu janrda Fitratning «Xind sayyoxi», 
Kodiriyning «Kalvak maxzumning xotira daftaridan», S.Ayniyning «Odina», 
M.M.Toshkinning «Turmush urinishlari» kabi kissalari vujudga keldi. 
Yangilanish jarayoni ayniksa, she’riyatda jiddiy kechdi.Uzbek mumtoz 
adabiyotidan xam, vazn, xam shakl, xam mazmun, xam til va uslub, xam goyaviy 
jixatdan tubdan fark kiluvchi she’riyat vujudga kela boshladi. She’riyat xalkni 
milliy uygotishning asosiy jarchisiga aylandi. Bu borada Avloniy, Fitrat, Xamza, 
Kodiriy, Chulponlar muxim rol uynadilar. Misollar keltiraman. 
Yangi uzbek adabiyotida mutlako yangi adabiy tur- drama dunyoga keldi va 
teng xukuxli axzo sifatida uning bagridan mustaxkam urin oldi. Jadidlar xalkning 
kuzini ochish yullaridan biri sifatida teatr sanxatiga katta extibor berdilar. Uzbek 
dramaturgiyasining I-namunasi sifatida Bexbudiyning «Padarkush» 1911 y. 
dramasi tilga olinadi. Uning taxsirida kiska muddatda undan ziyod dramalar 
vujudga keldi, butun bir dramaturglar avlodi yetishib chikdi. Abdulrauf
Shaxidiyning 
«Maxramlar», 
Nusratullaxuja 
Kudratillaxujaning 
«Tuy», 
Kodiriyning «Baxtsiz kuyov», A.Badriyning «Axmok», «Juvonmarg», Xoji
Muinning «Kuknori», «Eski maktab – yangi maktab», Avloniyning «Advokatlik 
osonmi?», «Pinak», Xamzaning «Zaxarli xayot» dramalari shular jumlasidandir. 
Shunisi extiborga loyikki, bu asarlar dramatik turning xar uch janrida dunyoga 
keldi. Bu adabiy faktlarning barchasi XX asr boshlaridayok istiklol davri uzbek 
adabiyotining tamal toshi mustaxkam kuyilganligini isbotlaydi. 
Endi bevosita xozirgi adabiy jarayon tugrisida suxbatlashaylik. Datlab XX 
asrning 80-90 yillari adabiyotining kanday nomlash tugrisida. Urta taxlim 
maktablari uchun chikarilgan dasturda bu boskich shunchaki 80-90 yillar adabiyoti 
deb kursatilgan, nomlanmagan. Bu davrni atash borasida adabiy jamoatchilik 
tomonidan turli fikrlar aytildi. Oxir okibatda xozirgi adabiy jarayonning yaxlit 
xolda «Istiklol davri adabiyoti» deb atash lozim topildi. Buyuk adabiyotimizning 
ulkan namoyondalari boshlab bergan milliy uygonish uchun kurash 90 yillarga 
kelib uz samarasini berdi. Uzbekiston tula mustakillikka erishdi. Endi adabiyotimiz 
ancha mustakillikni mustaxkamlash uchun milliy uygonish jarayonining badiiy 
asoslarini yaratishga kirishdilar. Yangilanib borayotgan istiklol davri adabiyotining 
asosiy xususiyatlari kuyidagilardan iboratdir: 
1.Istiklol davri adabiyotining ilk boskichida uzbek ijodkorlari yangicha uslub 
va mahorat sirlarini o’zlashtirish maqsadida g’arb adabiyoti an’anlariga 
ko’proq murojaat qildilar. Natijada, A.Kamyu, F.Kafka, G. Garsiya Markes, 


Kavabata kabi san’atkorlarining absurt bema’ni, mantiqsiz asarlariga taqlid 
kuchaydi. Ular kuplab tarjima kilindi. Garb adabiyotining ta’siri ma’lum 
ma’noda ijobiy natijalar berdi. 
2. Shu ta’sir oqibatida o’zbek adabiyotiga MODERNIZM oqimi kirib keldi. 
Menimcha, adabiyotda paydo buladigan turli «izm»lardan cho’chimaslik kerak.
Bu aslida izlanish jarayonidir, agar u ijobiy natijalar bersa, kashfiyot darajasidagi 
asarlar yaratiladi. Ma’lumki, sovet davrida yagona sotsialistik metod hukmronlik 
qilardi. Natijada, bir qolipdagi asarlar paydo bo’ldi. Usha davrda modern adabiyoti 
ham, boshqa oqimga oid asarlar ham zarali deb baholanib, adabiy jarayonga 
yakinlashtirilmagan. Bu borada izlanishlar olib borganlar esa keskin tanqid 
qilingan. Aslida «modern» so’zi yangi degan asl ma’nosidan tashkari katta falsafiy 
psixologik oqim bo’lib, shaxs va shaxs «men»i uning mohiyati va mag’zini tashkil 
etadi. U insonning ong oqimi tasvirlashga ko’proq e’tibor beradi. 
3. 90-yillarga kelib, yana buyuk sharq adabiyoti an’analari, mumtoz 
adabiyotimiz, qadimgi yodgorliklar, mif va afsonalar, asotirlar va rivoyatlarga 
qizikish kuchaydi. Endi adabiy asarlarda mumtoz turkiy xalqlar adabiyotining 
barhayot an’analari, islomiy qadriyatlar keng o’rin ola boshladi. Sharq adabiyoti 
an’analariga tayanish, avvalo, milliy uzlikni anglashga olib kelyapti. Badiiy 
adabiyotda tasvirlangan shaxs uz manfaatlarini kuxna anxanalardan, ajdodlari 
kadriyatlaridan ustun kuya olmaydi. Garb modern adabiyotida esa aynan buning 
aksidir. Shark adabiyoti aynan ana shu anxanalarga sodikligi, ularni boyitishi, 
novatorlarcha davom ettirishi bilan Garb adabiyotidan farklanadi. 
4. Chorak kam bir asrlik sho’rolar davri adabiyotiga yangicha nuqtai nazar 
bilan qarash tamoyili ma’lum darajada paydo bo’ldi. Tug’ri, bu davr adabiyoti 
xazinasini butunlay inkor etib, undan voz kechishni taklif kiluvchilar ham chiqdi. 
Ammo bu mumkin emas edi. Ular ijodida mangulikka daxldor oltinu javohirlar 
xam talaygina. Xullas, bu davr adabiyotini xolis, tanqidiy nuktai nazardan 
o’rganish, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratish, ularning tub sabablarini 
ochish davri kelganligini qayd etish zarurdir. 
5. Ijod erkinligiga katta imkon tugildi. Adabiyotning barcha tur va janrlarida 
xayotni ruy-rost, butun murakkabligi bilan tasvirlashga, ijtimoiy-maxnaviy 
adolatsizlikka xurlik va kullik sharoitida yashagan, maxnan majrux bulgan inson 
tasviriga extibor kuchaydi. Ch. Aytmatov ta’biri bilan aytganda, «Adabiyot 
hamisha insonparvarlikka xizmat qilib kelgan»ligini amalda isbotlashga kirishdi. 
Aslida sovet davri adabiyoti davrida ham mehnatkash inson adabiyotining asosiy 
bosh qahramoni hisoblanardi. Biroq unda bu inson faoliyatining tashqi omillari – 
xayotga, mehnatga, hatto muhabbatga munosabati, siyosatga faol aralashuvi, shu 
tomonlari birinchi o’ringa qo’yilardi. Shu talablarga javob berolmagan asarga bir 
yoqlama yondashish namoyon bo’lardi. Endilikda inson ruxiyasi, surati va surati 
va siyrati bor xolicha, butun murakkabligiva mukammalligi bilan ifodalanish 
boskichiga kirdi. 
6. Shu asnoda kaxramonlar tasvirida ilgari mavjud bulgan ijobiy va salbiy 
tushunchalarni anglatuvchi koliplar barxam topdi. Endilikda asar kaxramonlari 
uzining butun fazilatu kusurlari bilan mukammal inson sifatida namoyon 
bulmokda. Bunga baxzi insonlarni keltiraman.


 Badiiy adabiyotga ruxoniy kayfiyat – islom maxnaviyati kirib keldi. Diniy 
kadriyatlar, imon va extikodni uluglovchi kuplab badiiy asarlar yaratildi. Xalkimiz 
bunday yangilanishni soginib kolgan ekan, juda xayrixoxlik bilan kutib oldi. 
Albagga,bu soginch extiyojini kondirish uchun lirik kaxragonlarning fakat «ollox-
xudo» deb ox-vox chekaverishlarini ifodalash kamlik kiladi. Uning ruxiyati , 
maxnaviyati,botiniy dunyosi tularok ochilmogi lozim. 
7. Adabiyotda tula maxnoda ijodiy erkinlik ruyobga chikdi. Yozuvchi uchun 
taxkiklangan mavzu va muammo kolmadi xisob. Ijodkor xoxlagan mavzu va 
muammoni kutarib chikishi mumkin, fakat u xalkni yomonlikka targib etmasa, 
jamiyatga , umumiy maksadlarimizga karshi bulmasa bas. 
8. Bu davr adabiyotida yangi- tragikomediya janri dunyoga keldi. 
9. Badiiy adabiyotni yanada rivojlantirish uchun respublikamizda kuplab 
mukofotlar taxsis etildi va ular xalkaro axamiyatga ega bulib koldi. Masalan, M. 
Koshgariy, A. Yassaviy, A. Navoiy, A. Kodiriy, A. Chulpon nomidagi mukofotlar 
shular jumlasidandir.
10.Mustakillik sharofati bilan «Vatan»,»Xurriyat»,»Yozuvchi»,»Milliy 
tiklanish»kabi gazetalar, «Sirli olam», «Tafakkur»,»Jaxon adabiyoti» singari 
jurnallar nashr kilina boshlandi. 
11.Xar yili mustakillik bayrami arafasida talay ijodkorlarga unvon va 
mukofotlar berilmokda. 1998 yili A. Oripovga «Xalk kaxramoni» unvoni berilgan 
bulsa, 1999 yilda S. Axmad bilan E.Voxidovga «Uzbekiston Kaxramoni», R. Parfi, 
X Davron, X. Saxdullaga, T. Sulaymonlarga «Uzbekiston xalk shoiri», T. Murodga 
esa «Uzbekiston xalk yozuvchisi» faxriy unvonlari berildi. 
TAYANCH IBORALAR: 
1.
Mustamlakachilik davrining boshlanishi va adabiyotning yangilanishi. 
2.
Adresli xajvning vujudga kelishi. 
3.
Jadid adabiyotidagi yangiliklar. 
4.
Yangi janrlarning paydo bulishi. 
5.
Hozirgi adabiy jarayonning asosiy xususiyatlari. 
6.
Adabiy jarayon va adabiy tanqid taraqqiyoti. 
SAVOLLAR. 
1.
Tendensiya nima? 
2.
Uzbek adabiyotining yangilanish jarayoni kachondan boshlanadi? 
3.
Uning yangilanishi nimalarda kurindi? 
4.
XX asr boshida qanday yangi janrlar paydo bo’ldi? 
5.
Dramatik tur haqida gapiring. 
6.
Publisistika janrining o’ziga xosligi nimada? 
7.
20-yillar adabiyoti hozir qanday baholanyapti? 
8.
Hozirgi adabiy jarayonning qanday xususiyatlarini bilasiz? 
9.
Modern adabiyotining o’ziga xosligi nimada? 
10.
An’anaviylik va ong oqimi deganda nimani tushunasiz? 



Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish