494
zararlar to‘g‘risidagi hisobot deb ham ataladi.
Hisobotlarga favqulodda
foyda va zararlar ham kiritiladi, asosiy faoliyatdan olingan foyda ajratib
ko‘rsatiladi. Bunday xususiyatlar O‘zbekistonda qo‘llaniladigan
«Moli-
yaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»
(2-shakl)da o‘z ifodasini topgan.
№8 MHXSda belgilanganidek, o‘tgan davrlarda yo‘l qo‘yilgan
xato va kamchiliklar oqibatida vujudga kelgan summalarga joriy hisobot
davri daromadlari tuzatiladi, yoki ular alohida ushbu davr
daromadlarining bir qismi sifatida ko‘rsatiladi.
Hisob siyosatiga o‘zgarishlar qonunchilik yoki hisob standartlarini
tasdiqlagan organlar hamda ushbu o‘zgarishlar hisobot sifatini oshira-
digan hollarda kiritilishi mumkin. O‘zgarishlar
natijalari pul ifodasida
baholanishi lozim. №8 MHXSning qoidalari ko‘p hollarda №1, 10, 12,
14, 16, 21, 23 va 25 MHXS qoidalari bilan tutashib ketadi.
№10 «Hisobot sanasidan keyingi o‘zgarishlar»
nomli MHXSda
kutilmagan faktlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ular sodir bo‘lib o‘tgan yoki
sodir bo‘lishi va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlariga jiddiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekistonda ushbu xalqaro standart asosida №16
«Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi xo‘jalik faoliyatida
nazarda tutilmagan holatlar va yuz bergan hodisalar»
nomli
buxgalteriya hisobi milliy standarti ishlab chiqilgan.
№8
«
Operatsion segmentlar»
nomli MHXS turli mamlakatlarda va
mintaqalarda faoliyat ko‘rsatayotgan hamda har xil mahsulot ishlab
chiqaradigan va bir necha turdagi xizmatlar ko‘rsatadigan transmilliy
korporatsiyalarga taalluqli. Hisobotlarda
daromadlar va xarajatlar,
moddiy va nomoddiy aktivlar, tarmoqlar, mintaqalar hamda sotish
bozorlari bo‘yicha chegaralanadi.
Aksiyalari fond birjalarida muomalada bo‘lgan va sho‘ba
korxonalariga ega kompaniyalarda har bir tarmoq yoki mintaqaviy
segment
faoliyati bayon qilinib, ular bo‘yicha daromadlarni va
segmentning aktivlarini pul ifodasida yoki kompaniya aktivlaridagi
foizda hamda har bir segmentda baho shakllanishi tamoyillarini
ko‘rsatgan holda tuziladi. Yig‘ma hisobot butun kompaniya bo‘yicha
tuziladi.
№24 «Bog‘liq tomonlar to‘g‘risidagi axborotlarni yoritish»
nomli
MHXSga muvofiq bog‘liq tomonlar deganda ulardan bittasi ikkinchi
tomonni nazorat qila olish yoki moliyaviy va tezkor masalalar bo‘yicha
qaror qabul qilishda jiddiy ta’sir ko‘rsata olish layoqatiga ega tomonlar
tushuniladi. Bunday tomonlar o‘rtasida
amalga oshiriladigan muoma-
lalarda bir tomon uchun ataylab zarar keltiradigan baholar qo‘llanilishi
495
yoki ma’muriyatga oshiqcha mukofotlar to‘lanishi hamda imtiyozli
asoslarda qarzlar berilishi mumkin. Bular odatda maxfiy tusda bo‘ladi.
Ushbu standart shunday faktlarni ochib berishni talab qiladi. Bunda
tomonlar o‘rtasidagi muomalalar hajmini summada va ulushda,
to‘lanmagan majburiyatlar, baho siyosatini va boshqalarni ko‘rsatish
zarur. O‘zbekistonda bunday holatlarga o‘xshash
aksiyadorlik jami-
yatlari affillangan shaxslar to‘g‘risidagi hisobot taqdim etishi lozim.
№3 «Korxonalarni birlashtirish»
nomli MHXS bosh korxona va
sho‘ba korxonalar hisoboti uchun bag‘ishlangan. Standartda belgi-
lanishicha konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzishda sotib
olingan korxona aktivlari va majburiyatlarini sotib olish sanasidagi
adolatli baho bo‘yicha baholash zarur. Lekin
haqiqiy sotib olish bahosi
adolatli bahodan farq qilishi mumkin. Bu farq firmaning bahosi –
gudvill
bo‘lib, u ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin. Ijobiy gudvill
amortizatsiyalanadi, salbiy esa uzaytirilgan daromad hisoblanib, 5 yil
davomida foyda hisobidan qoplanadi.
№22 MHXSning ko‘plab qoidalari O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida ro‘y-
xatga olingan №8 «Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar va sho‘ba
xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarida sarmoyalarni hisobga olish» nomli
BHMSda o‘z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: