Bob aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, turlarini bayon qilish



Download 475,5 Kb.
bet1/5
Sana16.11.2022
Hajmi475,5 Kb.
#867433
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Aholi daromadlari


KIRISH
Bob aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, turlarini bayon qilish
hamda uning darajasini belgilab beruvchi asosiy omillarni qisqacha
tavsiflash bilan boshlanadi. Keyin bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy sabablari ko‘rib chiqiladi. Daromadlar tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar tahlil qilinib, tengsizlik va samaradorlik o‘rtasidagi nisbat ko‘rsatib beriladi. Bob kambag‘allik muammosi, aholi daromadlarining yetarli darajasini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini qarab chiqish bilan yakunlanadi.
Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush
darajasi va uning ko‘rsatkichlari
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko‘rinishida keltirilgan.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: - davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; - shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; - jamg‘arma bankidagi omonatlar bo‘yicha foizlar; - aksiya, obligatsiya qiymatining o‘sishidan olinadigan daromad va zaѐm bo‘yicha
to‘lovlar; - lotereya bo‘yicha yutuqlar; - tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo‘ladigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; - har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k.

Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan munosabati ham tubdan o‘zgaradi.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
1) tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar;
2) hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari;
3) oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish;
4) turar joy sharoitlari;
5) aholining daromadlari va xarajatlari;
6) hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari;
7) transport vositalari;
8) dam olishni tashkil etish;
9) ijtimoiy ta’minot;
10) inson erkinligi.

Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar.


Bozor tizimi iste’molni ta’minlashning eng samarali usullarini yaratib ayni vaqtda aholi daromadlarini oshirib borishga keng yo‘l ochib beradi.
Aholi daromadlari deyilganda ularning ma’lum vaqt davomida (masalan, bir yilda) pul va natural shaklda olgan barcha daromadlari miqdori tushuniladi.
Aholi iste’mol darajasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘ladiki, bu uning aholi turmush darajasidagi rolini belgilab beradi.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan pul mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlardan iborat bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog‘ligini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’molchilik bozorining tovarlar bilan to‘yinganlik darajasi kabilar muhim o‘rin tutadi.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan munosabati ham tubdan o‘zgaradi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o‘ziga bog‘liq ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko‘payib bormoqda».1
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt davomida olingan pul daromadlari miqdori hisoblanadi. Ixtiyorida bo‘lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lovlar miqdoriga kam bo‘ladi.
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanadi va ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
O‘zbekistonda aholining pul daromadlari tarkibida sotsial-transfert daromadlari 12,7% ni tashkil qiladi. MDX mamlakatlari ichida faqatgina Belorussiyada bu ko‘rsatkich O‘zbekistonnikidan yuqori (18,8%), boshqa MDX davlatlarida esa u 8% dan oshmaydi.
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi, hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin.
Shu sababli, aholi turmush darajasi va sifatini baholashda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir qatorda, ular hayot darajasini belgilaydigan bir qator muhim ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.
Bular quyidagilar:

  • yashash sharoitlari va standartlari;

  • qulay va zamonaviy uy – joylar bilan ta’minlanganligi;

  • kishilar yashash muhiti rivojlanganligi va obodonlashtirilganligi;

  • zaruriy infratuzilma mavjudligi va uning samarasi;

  • aholining sifatli iste’mol tovarlari, xususan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan ta’minlanganligi;

  • zamonaviy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash tizimidan bahramand bo‘lishi.

O‘zbekistonda hozirgi paytda barcha oilalarning 97 foizi o‘z uyiga ega, aholining 90 foizi uzoq muddat foydalaniladigan barcha asosiy tovarlar bilan ta’minlangan, har uch oiladan biri shaxsiy engil avtomobilga ega, aholi iste’mol mahsulotlari bilan etarli darajada ta’minlab kelinadi.
Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida butun aholi uchun va tabaqalashgan mikro darajada aholining alohida guruhi uchun qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ichki milliy mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.

Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi.
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash, iste’molchilik byudjeti asosida amalga oshiriladi. Qator iste’molchilik byudjetlari mavjud bo‘lib, ulardan o‘rtacha oila uchun, yuqori darajada mo‘l-ko‘l byudjet, minimal moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholining boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti, shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday darajasi bilan belgilash mumkinki, undan keyin ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi ya’ni qashshoqlikning boshlanishi sifatida chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’molchilik savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlar, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynatlar kiradi.
O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining 50 foiziga yaqini o‘zini o‘rta toifaga mansub deb biladi. Holbuki, 2000 yilda atigi 24 foiz aholi o‘zini shu toifaga mansub deb hisoblagan.89
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki “boy” qatlami mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovarlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz qatlami kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8 -10 mln. dollar deb baholanadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar muvaffoqiyati, aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshrish bo‘yicha erishilgan yutuqlar etakchi xalqaro tashkilot hamda ekspertlar tomonidan xolisona baholangan. 2012 yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining farovonlik va rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida 64 o‘ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir.
Prezidentimiz I.A. Karimov qayd qilganidek ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‘rish davomiyligi, oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darjasining pastligi, ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish darjasi bo‘yicha ham O‘zbekiston jahon hamjamiyatida havas qilarli o‘rinni egallab turibdi.90




Download 475,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish