R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shakli



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/338
Sana26.04.2022
Hajmi8,08 Mb.
#583816
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   338
Bog'liq
Dustmurodov B.H.N

12.7. Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shakli 
 
Hisobning avtomatlashtirilgan shakli elektron hisoblash mashina-lari 
(EHM)dan foydalanish asosida buxgalteriya hisobini to‘liq avtomatlashtirish 
va kompyuterlashtirishga asoslanadi. 
Hisob ma’lumotlariga ishlov berish uchun EHMdan foydalanishni ikki 
bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqichda ishlab chiqilgan buxgalterlik 
hisobini 
EHMda 
to‘liq 
avtomatlashtirishning 
namunaviy 
loyihasi 
buxgalterlik hisobini EHMda to‘liq avtomatlashtirishning xususiyatlari 
saqlanib qolinganligi uchun EHM imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagan. 
Bunda shartli doimiy ma’lumotlarning ko‘p qismi bevosita hujjatlardan 
kiritiladi. Natijada, u har bir muayyan holda mashinaga kiritilganligi uchun 
o‘zgaruvchan ma’lumotga tenglashti-rilganday bo‘ladi. Bundan tashqari, 
ma’lumotlarni to‘plash va ro‘yxatga olish hamda hujjatlarga hisoblash-ishlov 
berish avtomatlashtirilmagan. 
Ikkinchi bosqichda hisob vazifalarini to‘liq avtomatlashtirish va 
periferik texnikadan keng foydalaniladi. Bunda dastlabki ma’lumot-larnigina 
qayd qilishni avtomatlashtirish, uni aloqa shahobchalari va boshqa usullar 
yordamida EHMga uzatishga imkon yaratiladi. Bu vaqtda ma’lumotlarga 
hisoblash-ishlov 
berish, 
axborotlarni 
saralash, 
mashinogrammalarni 
pechatlash hamda nazorat qilish bilan aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlar 
avtomatlashtiriladi. Avtomatlashtirilgan hisob shaklining o‘ziga xos 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni yig‘ish va qayd qilish 
vositalaridan foydalanish; shartli-doimiy ma’lumotlarga o‘zgaruvchan 
ma’lumotlar bilan birgalikda ishlov berilganda, ulardan ko‘p marta 
foydalanish uchun EHMning xotirasida to‘plash va dastlabki hujjatlardan 
barcha shartli-doimiy rekvizitlarni chiqarish hisobiga ularning mazmunini 
soddalashtirish; dastlabki ish hujjatlarining ma’lumotlari va ma’lumot 
(EHMga 
kiritilgan 
shartli-doimiy 
ma’lumot) 
massivlari 
asosida 
ma’lumotlarning oraliq massivlarini shakllantirish; avtomatik nazorat qilish 
va xatolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnologik jarayonining barcha 
bosqichlarida tuzatib borish: natijaviy ma’lumotlar registri sifatida zarur 
ko‘rsatkichlar oldindan harflar bilan belgilangan mashina hujjatlari-
mashinogrammalardan foydalanish. 
Oraliq massivlar natijaviy ma’lumotlar olish uchun berilgan dastur 
bo‘yicha o‘zgartiriladi, ma’lumotlarni xos raqami (kod) bilan belgilash ayrim 
nomenklatura darajasida va to‘plamida ham bir xil amalga oshiriladi. Ular 
mashina xotirasiga rasmiylashtirilgan, tasniflagich ko‘rinishida kiritiladi. 
Bunda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili – 
xo‘jalik muomalalarini 


334 
schotlarda ikkiyoqlama aks ettirish
to‘liq saqlanib qoladi. Natijaviy 
ma’lumot mashina chiqargichlarida va displey ekranida chiqishi mumkin. 
Elektron hisoblash mashinalari (EHM) asosida ishlab chiqarishni 
boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish buxgalterlik hisobi 
oldiga yangi talablar qo‘yadi. 
Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobining shakllarini rivojlantirishga 
zaruriyat kuchaymoqda. Bu rivojlanish hisobni zamonaviy elektron hisoblash 
mashinalaridan foydalanish negizida to‘la kompyuterlashtirish yo‘lidan 
bormoqda. 
Hisoblash texnikasini qo‘llash jarayonining 
butun 
tizimini 
takomillashtirish, ya’ni dastlabki hisobdan to davriy va yillik hisobotlar 
tuzgunga qadar nazorat, ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirish va boshqarish 
oldiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirilib borilishi 
lozim (12.6-rasm). 
Joriy yozuvlar 
Yozuvlarni tekshirish 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish