R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Hisob yozuvlarining turlari



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/338
Sana26.04.2022
Hajmi8,08 Mb.
#583816
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   338
Bog'liq
Dustmurodov B.H.N

Hisob yozuvlarining turlari
ga ko‘ra buxgalteriya hisobi registrlari: 
xronologik, sistematik
va 
uyg‘unlashgan
yozuvlar hisob registrlariga 
bo‘linadi.
Xronologik registrlar
deb xo‘jalik muomalalari xronologik tartibda 
(ularning sodir bo‘lishiga qarab) yozib boriladigan registrlarga aytiladi. 
Bunday registrlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini realizatsiya qilishga oid 
hujjatlar reestri misol bo‘ladi. Bu reestrda mahsulotlarni sotishga jo‘natish 
uchun to‘lg‘azilgan tovar-transport nakladnoylari va ularning qabul 
qilinganligi to‘g‘risidagi kvitansiyalari qayd qilib boriladi. 
Sistematik registrlar
deb xo‘jalik muomalarining bir xil guruhlari 
buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha yoziladigan registrlarga aytiladi. 
Bunga misol tariqasida jurnal-order shakli bo‘yicha hisob yuritadigan 
xo‘jaliklarda qo‘llanilgan № 8- ASK, 10 ASK jurnal-orderlarni keltirish 
mumkin. 
Uyg‘unlashgan registrlar
deb yozuvlarni ham xronologik, ham 
sistematik ravishda guruhlashtirishni ta’minlaydigan registrlarga aytiladi. 
Bunday registrlar buxgalteriya hisobining takomillashuvi natijasida vujudga 
kelgan bo‘lib, ularda xo‘jalik muomalalari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra 
buxgalteriya hisobining schotlari bo‘yicha ajratilgan holda bir vaqtda aks 
ettiriladi. Uyg‘unlashgan registrga misol qilib bosh daftarni (№18 ASK 
shakl) keltirish mumkin. 
Buxgalteriya hisobi registrlari to‘ldirilish usuliga ko‘ra qo‘lda 
to‘ldiriladigan (asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar) va 
ShEHMda to‘ldiriladigan registrlarga bo‘linadi.
Kompyuter yordamida registrlardan nafaqat ulardagi ma’lumotlarning 
mazmunini, balki registrlar shakllarining o‘zini ham olish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari tuzilish shakliga ko‘ra
: bir tomonlama, 
ikki tomonlama, ko‘p grafalari, chiziqli va shaxmatli registrlarga bo‘linadi.
Bir tomonlama registrlar
– bu moddiy qiymatliklarni, hisob-kitoblarni 
va boshqa muomalalarni hisobga olishga doir har xil kartochkalardir. Ularda 
debet va kredit yozuvlarning alohida grafalari birlashtirilgan.
Ikki tomonlama hisob registrlari
deb xo‘jalik muomalalarini aks 
ettiradigan grafalar varaqning turli tomonlarida (debet qismi varaqning chap 
tomonida, kredit qismi esa varaqning o‘ng tomonida) joylashgan registrlarga 
aytiladi. Bularga tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish kartochkalari misol 
bo‘ladi.


318 
Ko‘p grafali registrlar
da bir tomonida (odatda debet tomonida) bir 
necha kolonkalar bo‘ladi (xarajatlarni moddalar bo‘yicha hisobga olish 
daftarlari yoki kartochkalari).
Shaxmatli registrlar
– bu kataklarga bo‘lingan registrlardir. Bunday 
registrlarda yozuvlar kolonkalar va satrlarning kesishgan joyida amalga 
oshirilib, bir vaqtning o‘zida schotning debeti va krediti bo‘yicha aks 
ettiriladi (jurnal-orderlar, bosh daftar va boshqalar).
Chiziqli hisob registrlari
da bir xil axborotlar bitta satr bilan yoziladi. 
Masalan, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar vedomosti tegishli sintetik 
schotni hisobdor shaxslarning nomlari bo‘yicha zarur miqdordagi analitik 
schotlarga bo‘lish imkonini beradi.
Hisobning avtomatlashtirilgan shaklida hisob registrlari sifatida 
natijaviy 
ma’lumotlarni 
alfavit 
tartibda 
belgilashga 
mo‘ljallangan 
mashinogrammalar qo‘llaniladi. 
Analitik hisob mashinogrammalarida analitik schotlar bo‘yicha 
sistemalashtirilgan dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari, zarur vaqtlarda esa 
xarajat moddalari bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan 
holda aks ettiriladi. Bunday mashinogrammalar jurnal-order shaklida 
qo‘llaniladigan vedomostlar o‘rnini bosadi. Ular hisob yuritish, nazorat va 
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish hamda hisobotlar tuzish uchun kerakli 
bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Buxgalterlik yozuvlarni 
hisob registrlariga sifatli yozish hisobning aniqligini oshirishning muhim 
shartidir. Yozuvlar hisob registrlariga qo‘lda (siyoh yoki sharikli ruchka 
pastasi bilan) yoki yozuv mashinkasi yordamida yoziladi.
Hisob registrlariga yoziladigan yozuvlar: hujjat bilan asoslangan, o‘z 
vaqtida, qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim. 
Bu talablarga rioya qilish korxona faoliyatini joriy nazorat va iqtisodiy 
tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlarni hisob registrlaridan olishga imkon 
beradi. 
Hisob registrlariga yozilgan yozuvlar to‘g‘risida shu registrlarga yozish 
uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarning jami ma’lumotlari bilan 
taqqoslanadi.
Masalan, kassaga bankdagi hisob-kitob schotidan olingan yoki 
kassadan 
hisob-kitob 
schotiga 
topshirilgan 
summalar 
to‘g‘ri 
aks 
ettirilganligini tekshirish uchun 1-ASK jurnal-orderi vedomost qismining 
jami 2-ASK jurnal-order jami bilan, 2-ASK jurnal-order vedomost qismining 
jami 1-ASK jurnal-order jami bilan solishtirib ko‘riladi. Hujjatlarni tuzishda 
va ishlashda hamda hisob registrlariga yozishda har xil xatolarga yo‘l 


319 
qo‘yilishi 
mumkin 
(raqamlarni 
yozishda 
aniqlash, 
jamlashda 
va 
korrespondensiyalanuvchi schotlarni yozishda xato qilish).

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish