mustahkamligi loyihada ko‘rsatilgan mustahkamlikni 70—80% iga
yetganda cho‘zilgan arm atura b o ‘shatiladi. Shunda arm atura
qisqarishga intilib, beton konstruksiyani kuch tushadigan tomonga
nisbatan sezilarsiz darajada egadi
(13.13-rasm).
Natijada, betonga
yuk q o ‘yilganda undagi arm aturada xavfli ch o ‘ziluvchanlik
zo‘riqishi paydo bo‘lmaydi.
13.23. Beton xossalarini yaxshilaydigan qo‘shiimaiar
Hozirgi zamon betoni — bu mineral bog‘lovchi
moddalar,
to ‘ldiruvcliilar, turli funksional xossalarga ega mikroto ‘ 1 diruvc hi lar
va modifikatorlar asosida tayyorlanadigan kompozitsion qurilish
ashyosidir.
Modifikatsiyalangan yangi xossali sement tizimlarda kecha-
digan jarayonlarni o ‘rganish ham da
qurilish ashyoshunosligi
amaliyotida yangi texnologiyalardan foydalanish usullarini qo‘l-
lash kerakli xossalarga ega ashyolar olish, kompozitsion qurilish
ashyolarining gidrotatsiya jarayonlarini
va qotishini boshqarish
imkonini beradi.
Eritmalar va betonlar ishlab chiqarishda uning plastikligini
qulay qiluvchi qo'shilmalar, giper va superplastifikatorlar,
ashyo-
larning bog‘lanishi va qotishi regulyatorlari, havoni tortuvchi,
g‘ovak
hosil qiluvchi, sement ashyolar pishiqligini oshiruvchi,
ularga maxsus xossalar beruvchi qo£shilm alar, shuningdek,
kompleks yarim funksional modifikatorlar keng qo‘llaniladi. Yangi
avlod ko'p komponentli pishiq betonlar tarkibida, an’ana\iy ashyo-
lardan
tashqari, turli kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan ultradispers
mikroto‘Idiruvchilarni ishlab chiqarish kengayib bormoqda.
Turli funksional vazifani bajaruvchi kompleks qo‘shilmalar,
eritmalar va betonlarning bir qator asosiy
fizik-texnik xossalarini
yaxshilash va pishiqhgini oshirish uchun keng qollaniladi. Odatda,
ular polifunksional ta’sirga ega, ya’ni bir vaqtda bir necha, bir-
biriga bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatkiehlarga ta’sir qiladi. Masalan,
beton aralashmaga faol yuzali moddalar (PAY) va elektrolitlar
qo‘shilganda plastikhgi yuqoriroq aralashmalar va pishiq betonlar
olish mumkin.
332
Kompleks qo‘shilmalar qo‘shilganda
ularning har birining
nojo‘ya t a ’siri keskin kam ayadi yoki um um an y o ‘qoladi.
Chunonchi, betonga, hattoki, oz miqdorda (0,2—0,5%) qo'shilgan
PAV aralashmalarning suvga ehtiyojini kamaytirgan holda, bir
vaqtning o ‘zida bog‘lovchi moddalarning gidrotatsion qotishi
jarayonlarini sekinlashtiradi, PAV kompleks qo‘shilmalar va elekt-
rolitlardan foydalanish esa bu jarayonni umuman yo‘qqa chiqaradi.
Bundan tashqari, faol yuzali moddalar elektrohtlarning nojo'ya
ta’sirini-betonlar gigroskopikligining oshishini bartaraf etadi.
Qo‘shilmalar bilan ishlangan beton qorishmalarni texnologik
va fizik-mexanik xossalarga bog‘hq holda shartli ravishda beshta
guruhga bo"Iish mumkin: 1-PAV
aralashmalari; 2-PAV va elektro-
letlar aralashmalari; 3-elektroletlar aralashmalari; 4-superplasti-
fikatorlar asosidagi kompleks qo‘shilmalar; 5-polifunksional
ta’siriga ega ko‘p kompleksli qo‘shilmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: