Diagnostika.
Surunkali abdominal ishemiya sindromi bo’lgan bemorlarda
o’tkaziladigan diagnostik tadbirlar yig’indisini shartli ravishda uch bosqichga
bo’lish mumkin:
171
1. Umumiy klinik tekshiruvlar bosqichi: bemordan batafsil so’rab-
surishtirish va kasallik anemnezini yig’ish, bemorni ko’zdan kechirish, qorin
aortasi va uning tarmoqlarini, shuningdek yuza joylashgan magistral
arteriyalarni (uyqu, o’mrov osti, yonbosh, son arteriyalari kabi) palpator va
auskultativ aniqlash, qorin aortasi va uning tarmoqlarini fonoangiografik
tekshirish.
2. Tekshiruvning ixtisoslashgan statsionar bosqichi: funktsional diagnostika
usullari, laboratoriyada tekshirish usullari, me’da-ichak yo’li rentgenoskopiyasi,
gastroduodenoskopiya, kolonoskopiya, qorin aortografiyasi, selektiv tseliako- va
mezenterikografiya.
3. Tekshiruvning intraoperatsion bosqichi: qorin bo’shlig’i organlari, qorin
aortasi va vistseral tarmoqlarini taftish qilish, vistseral arteriyalarni
elektromanometriya va elektrofloumetriya qilish.
Bemorlardan so’rab-surishtirishda va fizik tekshiruv usullarida surunkali
abdominal ishemiya sindromi borligi to’g’risida taxmin qilishga asos bo’ladigan
tayanch nuqtalar quyidagilardir:
- ko’p martalab tekshirish va terapiyaning naf bermaganligi;
- og’riq simptomokompleksi va ichak disfunktsiyasining ovqat eyish bilan
aloqadorligi;
- og’riq simptomokompleksi kuchi va davomliligining hazm organlarining
funktsional jixatdan faolligiga – hazm tsikliga muvofiq kelishi;
- boshqa arterial xavzalarda (braxeotsefal, buyrak, yonbosh, son kabi) qon
aylanishi buzilishi belgilarining mavjudligi (39-rasm).
172
39-rasm. Qorin stvoli stenozi
Surunkali abdominal ishemiya sindromini diagnostika qilish uchun qator
funktsional sinamalar taklif etilgan, ulardan ko’p qismining mohiyati hazm
yo’liga nagruzka tushirish yo’li bilan abdominal simptomokompleksni yuzaga
keltirishdan iborat. Biroq, bu sinamalarning diagnostik qimmati yuqori emas,
shuning uchun ular keng qo’lamda tan olinmadi va klinik amaliyotda
qo’llanilmadi.
Laborator tekshiruvlar.
Ichak absorbtsion va sekretor funktsiyasining holati
to’g’risidagi axborotni bemor koprogrammalarini o’rganib olish mumkin.
Badbo’y xidli, shilimshik, neytral yog’, muskul tolalar, biriktiruvchi to’qimaga
boy, shakllanmagan suyuk, axlat hazm organlarining sekretor va absorbtsion
funktsiyalari buzilganligidan dalolat beradi.
Vitamin B
12
bilan o’tkaziladigan sinama (Shillenger testi) yo’g’on ichak
distal bo’limining absorbtsiya holati to’g’risida ma’lumot beradi. Metod Co
56
bilan nishonlangan vitamin B
12
ning radioaktiv dozasi peroral qabul qilinganda
24 soat ichida siydik bilan ajratilgan vitaminni aniqlashga asoslangan. Normal
sharoitlarda qabul qilingan dozaning 10 dan 30 foizigacha chiqariladi.
Absorbtsiya buzilganda siydik bilan ajratilgan vitamin miqdori kamayadi.
173
Me’da ichi pH-metriyasi usulida me’da sekretsiyasini tekshirishning
muayyan ahamiyati bor. Rentgenoskopiya ichak motor funktsiyasining
buzilganini, shuningdek qator destruktiv o’zgarishlarni aniqlashga yordam
beradi. Diagnostikaning boshqa usullari bilan birga bu ma’lumotlar muayyan
qimmatga ega bo’ladi.
Endoskopik tekshirish usullari (gastroduodenoskopiya va kolonoskopiya)
abdominal patologiyaning tomirlardan kelib chiqishinigina emas, balki me’da,
o’n ikki barmok ichak va yo’g’on ichakda o’sma va boshqa organik kasalliklar
bor-yo’qligini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Qorin aortasi vistseral tarmoqlarining okklyuzion zararlanishlarini
angiografik diagnostika qilish surunkali abdominal ishemiya sindromining
asosiy diagnostika usuli hisoblanadi. Rentgen kontrast usulgina qorin aortasi
vistseral tarmoqlarining zararlanganini aniq va abdominal patologiyaning tomirli
genezini isbotlab berishga imkon yaratadi. Vistseral tarmoqlar Seldinger
bo’yicha retrograd angiografiya usuli va Dos Santos bo’yicha translyumbal
punktsion aortografiyada kontrastlanishi mumkin. Angiografiyaning u yoki bu
usulini qo’llanish terminal aorta, yonbosh va son arteriyalari holatiga bog’liq.
Ular ateroskleroz bilan zararlanganda Seldinger bo’yicha retrograd aortografiya
qo’llanishi mumkin emas, chunki okklyuziyalovchi jarayon zond kiritilishiga
to’sqinlik qiladi va eng muximi son arteriyasi trombozi yuz berish xavfini
vujudga keltiradi. Shunday sharoitlarda yuqori translyumbal aortografiya
qo’llanish lozim. Ikkita – oldingi, orqa va yon proektsiyalarda tekshirishda qorin
aortasi vistseral tarmoqlarining xalati to’g’risida zarur ma’lumot olish mumkin.
Aortogramma va selektiv angiogrammalarni taxlil qilishga asoslanib,
quyidagi angiografik simptomlarni farq qilsa bo’ladi (40-rasm).
174
40-rasm. Korin poyasi va yukori mezenteral arteriyasi stenozi.
Bular biror magistral tarmoq zararlanganidan darak beradi:
- qorin-ichak tutqich va ichak tutqicharo anastomozlar irmoqlari kollateral
qon aylanish yo’llarining kengaishi;
- okklyuziyalangan magistral tarmoqlar va stvollarining retrograd to’lishi;
- qo’shni zararlanmagan magistralning kompensator kengayishi;
- buyrak arteriyasi diametrining taloq arteriyasi diametridan oshganligi;
- zararlangan magistral va uning tarmoqlarining birmuncha aniq
kontrastlanishi;
- kontrast moddaning zararlangan magistraldan aortaga qayta o’tmasligi.
Surunkali abdominal ishemiya sindromini intraoperatsion diagnostika qilish
vistseral tarmoqlarni taftish qilishdan iborat. Arteriya devorlarining qalin
tortishi, aterosklerotik pilakchalar va boshqa o’zgarishlar borligi aniqlanadi.
Arteriya ustida palpatsiyada aniqlanadigan titrash qon aylanishi buzilganini
ko’rsatadigan belgi hisoblanadi. Zararlangan arteriyada stenozlangan
uchastkadan distalrokda arterial bosimni aniqlash va uni aortadagi bosim bilan
taqqoslash tsirkulyator buzilishlarning og’ir-engiligi to’g’risida tushuncha
beradi. Zararlangan arteriya bo’ylab qon oqimi reduktsiyasi darajasini
aniqlashga imkon beradigan elektromagnit floumetriya birmuncha faol
ko’rsatkichlar beradi.
175
Surunkali abdominal ishemiya sindromi diagnozining to’g’riligiga shubxa
tug’ilgan sharoitlarda qorin bo’shlig’i organlarini hazm yo’lidagi organik
kasalliklarni aniqlash (yoki istisno qilish) maqsadida taftish o’tkazish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |