Xirurgik kasalliklar


Suyuqlikli surunkali perikardit



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Suyuqlikli surunkali perikardit. 
Kasallikning asosiy sababchisi – 
revmatizm. Perikard parietal varag’ining keskin qalinlashuvi, uning biriktiruvchi 
to’qimasining o’zgarishi, perikard bo’shlig’ida ko’p miqdorda suyuqlik 
yig’ilishi bilan o’tadi. 
Klinikasi va diagnostikasi. Bemorlar nafas qisishi, yurak sohasida sanchikli 
og’riq, yurak urishi xurujlaridan shikoyat qiladilar. Ko’zdan kechirilganda 
tsianoz, yuz va bo’yin, qo’llarning o’rtacha shishishi qayd qilinadi. Yurak 
cho’qqisida turtki bo’lmaydi, yurak chegaralari kengaygan, uning tonlari 
bo’g’iq, arterial bosim pasaygan, venoz bosim oshgan bo’ladi.
Rentgenologik tekshirilganda yurak chegaralarining anchagina 
kengayganligi, yurak qisqarishlari amplitudasi pasayganligi ma’lum bo’ladi. 
EKG da asosiy tishchalar voltaji pasaygan bo’ladi. 
Davolash – jarrohlik usulida. Perikardektomiya – perikard parietal varag’ini 
keng ko’lamda rezektsiyasi amaliyoti bajariladi. 
Bosib turadigan perikardit. 
Asosiy sababi – sil, kamroq revmatizm, 
nospetsifik infektsiya, jarohatlardir. Surunkali yallig’lanish jarayoni fibroz 
o’zgarishga, perikard parietal va vistseral varaqlarining qalinlashuviga olib 
keladi, ular qo’shilib ketadi, aksariyat hollarda ular kaltsifikatsiyaga uchraydi. 
Yurak xaltasi bo’shlig’i obliteratsiyaga uchraydi. Bularning hammasi yurak 
ishini qiyinlashtiradi, uning ezilib qolishiga va tomirlarining buralishiga olib 
keladi. 


97 
Klinikasi va diagnostikasi. Bemorlarni nafas qisishi, yurak sohasida 
bosilish sezgisi, umumiy behollik bezovta qiladi. Yuz tsianozi, rangparlik, gavda 
va oyoqlarda shish, jigar o’lchamlarining kattalashuvi, unda dimlanish hodisalari 
qayd etiladi. Auskultatsiyada yurak tonlari bo’g’iq. Yurak chegaralari normada 
yoki toraygan. Arterial bosim pasaygan, venoz bosim ko’tarilgan. 
Rentgenologik jihatdan yurak soyasi konturlari deformatsiyalangan, yurak 
qisqarishlari amplitudasi kamaygan, ayrim qismlari harakatsiz. EKGda hamma 
usullarda voltaj pasayishi kuzatiladi. 
Ultratovush bilan skanerlashda turli qalinlikdagi perikardial bitishmalar, 
ohak bilan qoplangan qismlar topiladi. 
Davolash – jarrohlik usulida. Amaliyot o’zgargan perikardni radikal kesib 
olib tashlashdan iborat. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish