311
qorin pardasi bilan qoplangan. Diafragmaning muskul qismida 3 bo’lim: partes
sternalis, aortalis, lumbalis farq qilinadi. Diafragmaning bel qismi xar qaysi
tomondan 3 ta oyokcha: medial, o’rta va lateral oyoqcha hosil qiladi. Diafragma
bel qismining medial oyoqchalari (o’ng va chap) 8 raqami ko’rinishidagi
kesishma hosil qilib, ikkita teshik hiatus aortcus hiatus oesophagus ni chegaralab
turadi. Keyingisi adashgan nervlar bilan qizilo’ngachni o’tkazadi.
Qizilo’ngachni o’rab turgan muskul tolalari qizilungach sfinkteri m.
sphincter
oesophagi ni hosil qiladi. Sfinkter borligiga qaramay, qizilo’ngach teshigi orqa
ko’ks oralig’i diafragmal churralar chiqadigan joy bo’lib xizmat qilishi mumkin,
churra ichida odatda me’daning kardial qismi bo’ladi. Diafragmada muskul
tolalari bo’lmaydigan va ko’krak ichi va qorin ichi fastsiyalari tegib turadigan
uchastkalar bo’ladi. Diafragmaning bu «kuchsiz uchastkalari» ba’zan diafragmal
churralar chiqadigan joylar bo’lib xizmat qiladi. Diafragmaning to’sh va
qovurg’a qismi orasida, xanjarsimon o’simtadan
chapda uchburchak oraliq
trigonum sternocostalis bo’ladi, uni yana Larrey nishoni ham deb ataladi (shu
joyda perikardni Larrey usulida teshiladi).
Oraliqda kletchatka bilan o’ralgan vasa thoracica interna bo’ladi,
xanjarsimon o’simtaning o’ng tomonidagi xuddi shunday oraliq Ma’zoi yorig’i
deyiladi. Diafragmaning qovurga qismi va bel qismining tashqi oyoqchasi
o’rtasida trigonum lumbocostalis bo’ladi, ularni Boxdalek yoriqlari deb ataladi.
Bel sohasida kam joylashadigan churralar Pti uchburchagi yoki Lesgaft-
Gryunfeld rombasimon bo’shlig’i orqali chiqadi:
1) orqaning serbar muskuli chekkasining yonbosh
qirrasi va qorin tashqi
qiyshiq muskuli yaqinida tarqaladi va uchburchak shaklidagi bo’shliq, trigonum
lumbale (Pti uchburchagi) hosil qiladi. Ba’zan shu joydan bel churralari chiqadi;
2) bel bo’shlig’i – spatium lumbale Lesgaft-Gryunfeld uchburchagi yoki
rombasi.
Uchburchak tomonlari quyidagilar: yuqoridan – pastki tishsimon
muskulning
pastki chekkasi, pastdan – ichki qiyshiq muskulning orqa (erkin)
chekkasi, medial – orqa yozuvchi muskulning lateral chekkasi. Ba’zan uning
312
hosil bo’lishida yuqoridan XII qovurga qatnashadi, bu holda bo’shliq
to’rtburchak shaklida bo’ladi. Bu oraliqning tubi qorin ko’ndalang
muskuli
aponevrozidan hosil bo’ladi. Ustki tomonidan faqat orqaning serbar muskuli
bilan yopilgan va shunga ko’ra qorin orqa devorining eng yumshoq sohasi
sanaladi.
Ba’zan Lesgaft-Gryunfeld uchburchagi bel churralari chiqadigan joy bo’lib
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: