Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Neft va gazni qayta ishlash korxonalarida qaysi rusumdagi 
rektifikatsion va absorbsion kolonnalardan foydalaniladi? 
2. Tarelkali kolonnalar necha turga bo‘linadi? Quyilish moslamasi bor 
yoki yo‘q bo‘lgan tarelkalar o‘rtasida qanday prinsipial farq mavjud? 
3. Quyilish moslamasi bo‘lgan tarelkalar necha xil gidrodinamik rejimda 
ishlaydi? Barbotaj degan so‘zning ma’nosi nimadan iborat? 
4. Elaksimon va plastinali tarelkalar o‘rtasida qanday umumiy va xususiy 
tomonlar bor? Bunday tarelkalarning samaradorligini qanday yo‘llar bilan 
oshirish mumkin? 
5. Nasadkali kolonnalarning gidrodinamik rejimlari. Qaysi rejimda uskuna 
yuqori samaradorlikka ega? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


31 
Ma’ruza №3 Rektifikatsiya va rektifikatsion kolonnalar. 
 
Reja: 
1.
Rektifikatsiya va rektifikatsion kolonnalar, ularning vazifasi. 
2.
Tarelkalarning yangi konstruksiyalari. 
3.
Kontakt qurilmalarini ishlashi samaradorligi. 
4.
Tarelkali rektifikatsion kolonnalar. 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Distillyatsiya, rektifikatsiya, yengil uchuvchan 
komponent, og‘ir uchuvchan komponent, komponentlarning uchuvchanligi, 
suyuq faza, bug‘ fazasi, distillyat, flegma, rektifikat, qoldiq mahsulot, 
komponent-larning qaynash haroratlari, binar aralashmalar, parsial bosim, 
fazalar qoidasi, erkinlik darajasi, Кonovalovning birinchi va ikkinchi qonunlari, 
fraksiyali haydash, deflegmatsiya bilan haydash, suv bug‘i bilan haydash, 
rektifikatsiya prinsipi, rektifikatsion qurilmalar, kondensator, defleg-mator, 
sovitgich, isitikich, qaynatgich, kolonnaning yuqorigi qismi, kolonnaning pastki 
qismi, ish chiziqlari, flegma soni, rektifikatsion kolonnaning issiqlik va moddiy 
balanslari, rektifikatsiyalash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar, ko‘p komponentli 
aralashmalarni rektifikat-siyalash, azeotropik rektifikatsiyalash, ekstraktiv 
rektifikatsiyalash. 
Ikki yoki bir necha komponentlardan tashkil topgan bir jinsli suyuqlik 
aralashmalarini ajratishda haydash (distillatsiya va rektifikatsiya) usuli keng 
ishlatiladi. 
Agar 
boshlang‘ich 
aralashma 
uchuvchan 
va 
uchmaydigan 
komponentlardan iborat bo‘lsa, bunda bug‘latish orqali suyuqlikni tashkil 
etuvchi komponentlarga ajratish mumkin. Haydash yo‘li bilan esa komponentlar 
turli uchuvchanlikka ega bo‘lgan holda ham suyuq aralashmalarni ajratish 
mumkin. Haydash yo‘li bilan suyuqliklarni ajratish bir xil haroratlarda 
aralashma komponentlarining turlicha uchuvchanlikka ega bo‘lishiga 
asoslangan. Shu sababli haydash paytida aralashma tarkibidagi hamma 
komponentlar o‘zlarining uchuvchanlik xususiyatiga mutanosib ravishda bug‘ 
holatiga o‘tadi. 
Haydash jarayonidan ajralib chiqqan bug‘ kondensatsiyaga uchraydi, hosil 
bo‘lgan kondensat distillyat yoki rektifikat deb ataladi. Bug‘lanmay qolgan va 
qiyin uchuvchan komponentdan tashkil topgan suyuqlik esa qoldiq deb 
yuritiladi. 
Bug‘ fazasining yengil uchuvchan komponent bilan boyish darajasi asosan 
haydash usuliga bog‘liq. Suyuqliklarni haydashning ikkita usuli bor: 1) oddiy
haydash (distillatsiya); 2) murakkab haydash (rektifikatsiya). 
Aralashma komponentlarining uchuvchanligi o‘rtasidagi farq ancha katta 
bo‘lsa, bunda oddiy haydash usulidan foydalaniladi. Oddiy haydash paytida 
suyuqlikning bir marta qisman bug‘lanishi yuz beradi. Odatda, bu usul suyuq


32 
aralashmalarni birlamchi ajratish hamda murakkab aralashmalarni keraksiz 
qo‘shimchalardan tozalash uchun ishlatiladi. 
Suyuq aralashmani komponentlarga to‘la ajratish uchun rektifikatsiya 
usulidan foydalaniladi. Rektifikatsiya jarayoni aralashmani bug‘latishda ajralgan 
bug‘ va bug‘ning kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo‘lgan suyuqlik
o‘rtasida ko‘p marotabalik kontakt paytidagi modda almashinishga asoslangan. 
Suyuq aralashmalarni rektifikatsiya yordamida ajratish kolonnali
uskunalarda olib boriladi, bunda bug‘ va suyuqlik fazalari o‘rtasidagi uzlyuksiz 
va ko‘p marotabalik kontakt yuz beradi. Bunday holatda fazalar o‘rtasida modda 
almashinish yuz beradi. Suyuq fazadan yengil uchuvchan komponent bug‘ 
tarkibiga o‘tadi, bug‘ fazasidagi qiyin uchuvchan komponent esa suyuqlikka 
o‘tadi. Rektifikatsion kolonnaning yuqorigi qismidan chiqayotgan bug‘ asosan 
yengil uchuvchan komponentdan iborat bo‘lib, u kondensatsiyaga uchragandan 
so‘ng ikki qismga ajraladi. Кondensatning birinchi qismi distillyat yoki 
rektifikat (yuqorigi mahsulot) deb ataladi. Кondensatning ikkinchi qismi esa 
kolonnaga qaytariladi va u flegma deb yuritiladi. Uskunaga qaytarilgan suyuqlik 
(flegma) pastdan ko‘tarilayotgan bug‘ bilan uchrashadi. Кolonnaning pastki 
qismidan, asosan qiyin uchuvchan komponentdan tashkil topgan qoldiq modda 
uzlyuksiz ravishda chiqarib turiladi. 
Neft va gazni qayta ishlash sanoatida rektifikatsiya usuli keng ishlatiladi. 
Rektifikatsiya jarayoni yordamida neftdan turli mahsulotlar (benzin, kerosin, 
dizel yonilg‘isi, mazut, moy fraksiyalari va boshqalar) olinadi. Suyultirilgan 
gazlarni rektifikatsiya qilish orqali etilen, etan, propan, butan va boshqa 
komponentlar ajratib olinadi. 
Aralashma komponentlarining qaynash haroratlari bir-biriga yaqin bo‘lsa, 
bunday aralashmalarni ajratish ancha qiyin hisoblanadi. Bunday hollarda 
haydashning maxsus usullari: ekstraktiv rektifikatsiya, azeotrop rektifikatsiya, 
molekular distillatsiya va past haroratli rektifikatsiya jarayonlaridan 
foydalaniladi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish