a) ichki hujjatlar;
b) tashqi hujjatlar.
2.
Mazmuniga ko‘ra:
a) sodda hujjatlar;
b) murakkab hujjatlar.
3.
Mazmun bayonining matniga ko‘ra:
a) xususiy hujjatlar;
b) namunali hujjatlar;
v) qolipli hujjatlar.
4.
Tegishliligiga ko‘ra:
a) xizmat hujjatlari;
b) shaxsiy hujjatlar.
5.
Xizmat mavqeiga ko‘ra:
a) tashkiliy hujjatlar;
b) farmoyish hujjatlar;
v) ma’lumotsimon axborot hujjatlari;
g) xizmat yozishmalari.
Hujjatlarni yaratishda ma’lum qonun va qoidalarga rioya etiladi.
O‘zbek tilida iqtisodiyotga oid mukammal hujjatlarni yaratish dolzarb masaladir.
Mukammal hujjatni yaratish uchun o‘zbek tilining qonun va qoidalaridan to‘g‘ri
foydalanish zarur. Demak, har bir mutaxassis o‘zbek tilining imlo qoidalarini, tinish
belgilarini, uslubiy qoidalarini yaxshi bilishi shart.
Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalagani uchun ham xolis bo‘lishi lozim.
Demak, hujjatlar tilida emotsional tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar va vositalar
qo‘llanilmaydi.
Hujjat aniq, ixcham, lo‘nda hamda mazmunan to‘liq bo‘lishi lozim.
Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar ko‘proq
qo‘llaniladi. Sintaktik xususiyatidan kelib chiqib asosan, darak va buyruq gaplar
ishlatiladi.
Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq
foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi
mumkin:
1) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”;
2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”;
3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”;
4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”;
5) “. . . ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon
qilinsin” va h.k.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish
mumkin:.
1. “Sizga . . .ni ma’lum qilamiz”;
“Sizga . . .ni bildiramiz”;
“Sizga . . .ni eslatamiz”;
2. “. . . yordam tariqasida . . .”
“. . . munosabat bilan . . . ”
“. . . qaroriga muvofiq ravishda . . .”
3. “. . . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”;
“. . . ga zavod kafolat beradi” va h.k.
Umuman, hujjatlarning jamiyatdagi ahamiyati katta. Iqtisodiy islohotlarni izchil va
aniq amalga oshirishda, iqtisodiyotni yuksaltirishda, malakali iqtisodchilarni tayyorlashda
ish yuritishning va hujjatchilikning o‘rni beqiyosdir.
Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalagani uchun matn aniq, ixcham, lo’nda
mazmunan to’liq bo’lishi lozim. Hujjatlar matni birinchi yoki uchinchi shaxs tilidan
yoziladi. Hujjatlar tilida ot va fe’l turkumiga oid so’zlar ko’p ishlatiladi. Hujjatlarda
asosan darak va buyryq gaplar ishlatiladi. Hujjatlarda gap qurilishi - tasniflash, mayday
qismlarga ajratish, qayd etish, qaror qilish qismlarining birligiga asoslanadi.
Ma’lumki har bir hujjat o’ziga xos zaruriy qismlardan tashkil topadi. Masalan,
arizaning zaruriy qismlari:
1.
Ariza yu’llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi .
2.
Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va failiyasi.
3.
Hujjatning nomi (ariza).
4.
Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi.
6.
Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.
7.
Ariza yozilgan vaqt (yil, kun, oy).
O’zbek tilida o’nlab hujjatlar mavjud bo’lib, ularning tuzilishi, qolipi, tarkibiy
qismlari bir-biridan farqlanadi.
Hujjatchilikda imlo qoidalariga va tinish belgiariga alohoda e’tibor berish zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |