Uchinchi bosqich (to‘liq avtomatlashtirish bosqichi) – agregat va sexlarni
yalpisiga avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu davrning xarakterli xususiyati
shundaki, boshqarish yagona nazorat punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga,
mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Doimiy nazoratni talab
qilinadigan o‘lchash va rostlash asboblari (yirik o‘lchamli) shchitdan tashqariga
o‘rnatiladi.
Har bir texnologik jarayon texnologik jarayon parametrlari deb ataluvchi
o‘zgaruvchan fizikaviy va kimyoviy kattaliklar (bosim, sarf, harorat, namlik,
konsentratsiya va hokazo) bilan xarakterlanadi. Texnologik apparatura jarayonning
turli oqib o‘tishini ta’minlashi uchun muayyan jarayonni xarakterlovchi parametrlarni
berilgan qiymatda saqlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |