«Sovutish qurilmalarini avtomatlashtirish» kursining asosiy maqsadi:
avtomatikaning zamonaviy texnik vositalari hamda EHM bilan boshqariladigan
mikroprotsessorli texnika bazasi asosida ARSlarni qurish usullari va prinsiplarini
to‘la-to‘kis o‘rganishdan iborat. Kursning amaliy mohiyati mamlakatimiz xalq
xo‘jaligi taraqqiyotidagi ustuvor vazifalar bilan bog‘langan.
Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni
quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik
boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |