3-m o d d a. Buxgalteriya hisobi subyektlari
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Res-
publikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston
Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba
korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari
buxgalteriya hisobi subyektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugul-
lanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya
hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |