Muomala xarajatlari hisobi



Download 100,5 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi100,5 Kb.
#895658
  1   2
Bog'liq
savdo korxonalarida buxgalteriya hisobi WPS Office(1)


Muomala xarajatlari hisobi

Reja
Kirish


1. Savdo korxonasining buxgalteriya hisobi subyektlari sifatidagi tasnifi tavsifi va ularning tashkiliy-huquqiy asoslari
2.Ulgurji savdo korxonalarida buxgalteriya hisobi
3. Chakana savdo korxonalarida buxgalteriya hisobi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Xarajatlar- bu aktivlarning kamayishi yoki foydani ko'paytirish maqsadida xo'jalik faoliyatidan kelib chiqadigan majburiyatlarni o'z zimmasiga olish orqali ro'y beradigan iqtisodiy resurslarning kamayishidir.Xarajatlarni tan olish jarayonida operatsiya amalga oshirilgan sana muhim ahamiyatga egadir:


-agar xarajatlar sotish uchun mo'ljallangan maxsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan bo'lsa, ular ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi;
-agar xarajatlar yangi turdagi maxsulotni tajriba-sinov maqsadlarida ishlab chiqarish yoki kelgusidagi operatsion faoliyat uchun amalga oshirilgan bo'lsa, ular bo'lajak xarajatlari deb tan olinadi;
-agar maxsulotlar sotilsa, ularga tegishli xarajatlar aloxida hisobga olinib, moliyaviy natijalar to'grisidagi xisobotlarga kiritiladi, chunki ular ana shu hisobot davrida ishlab topilgan daromadlarga tegishlidir deb hisoblanadi.Bu tan olish paytida muvofiqlik tamoyilining namoyon bo'lishidir.

Muomala xarajatlari — tovar muomalasi jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan jami sarflar. Muomala xarajatlari mohiyatiga koʻra sof va qoʻshimcha xarajatlarga boʻlinadi. Sof xarajatlar tovarlarni bevosita oldisotdi qilish bilan bogʻliq xarajatlardir. Sof xarajatlarga bevosita savdoni uskunalar bilan jihozlash, binolarni isitish, yoritish, savdo xodimlariga haq toʻlash va h. k. xarajatlar kiradi. Qoʻshimcha xarajatlarga tovarlarni tashib isteʼmolchilarga yetkazish, ularni saklash, qismli to-varni yigʻish (mas, mebel), ularni joylashtirish, oʻrash, reklama va boshqa xarajatlar kiradi.


Muomala xarajatlarining asosiy koʻrsatkichi uning darajasi hisoblanadi va tovar aylanmasi hajmiga nisbatan foiz bilan oʻlchanadi. Muomala xarajatlari tovar narxi tarkibiga kiradi. Shuning uchun ham uning darajasi aholi turmush darajasiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

1. Savdo korxonasining buxgalteriya hisobi subyektlari sifatidagi tasnifi tavsifi va ularning tashkiliy-huquqiy asoslari


Savdo yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi. U ishlab chiqarish sohasini iste’mol sohasi bilan bogʻlovchi bo‘g‘indir. Savdosiz yaratilgan mahsulotlar o‘z iste’molchilariga yetibbormaydi. Demak, savdo makon va zamonda takror ishlab chiqarishni amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir. Savdo tovar-pul m unosabatlarining majm uasidir. Ushbu munosabatlarda bir tomondan sotuvchi, ikkinchi tomondan esa sotib oluvchi ishtirok etadi. Tovar-pul munosabatlari majmuasi savdoni iqtisodiyotining maxsus tarmog‘i darajasida harakat qilishiga olib keladi. Savdo faoliyatini turli belgilari bo‘yicha guruhlash mumkin. Amalqilish hududiga ko ‘ra savdo faoliyati ichki va tashq isavdoga boʻlinadi.
Ichki savdo - bir mamlakat hududi chegarasida amalga oshiriladigan savdo faoliyati.
Tashqi savdo -mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahalliy tovarlami boshqa mamlakatlarga sotish faoliyati. Tashqi savdo faoliyati, boshqachasiga, eksport deb ham ataladi.
Tovarlarni savdo- sotig ’ini amalga oshirish va unda qo ‘llaniladigan hisob-kitoblarning shakliga ko ‘ra savdo ulgurji, mayda ulgurji va chakana savdo turlariga boʻlinadi.
Ulgurji savdo - savdo sohasida tovarlaming yirik turkumlarini o‘zaro hisob-kitoblaming naqd pulsiz shakli bo‘yicha, uni tijorat tadbirkorlik faoliyati maqsadidayoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanishni moijallayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish. Ulgurji savdo ham ichki , ham tashqi savdo faoliyati boʻlishi mumkin.
Mayda ulgurji savdo - savdo sohasida tovarlarni kichik turkumlar bilan o'zaro hisob-kitoblaming naqd pulsiz va naqd pul shakllari bo'vicha sotishni nazardatutuvchi faoliyatni amalga oshirish. Mayda ulgurji savdo faqat ichki savdo faoliyati hisoblanadi. Ushbu savdo faoliyati chakana savdo korxonalari, ulgurji savdo korxonalari vayuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan turg‘un savdo shohobchalari harnda iste’mol buyum bozorlarida ajratilgan joylar orqali amalga oshiriladi.
Chakana savdo - savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlami donalab yoki ko‘p bo‘ lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish. Ushbu savdo faqat ichki savdo faoliyati hisoblanadi. Chakana savdo yurituvchi shaxslarning statusiga koʻ ra savdo faoliyati jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdoga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo faoliyati deganda yuridik shaxs maqomisiz mahalliy hokimiyatdan ro'yxatdan o‘tgan va savdo faoliyatini yuritish huquqiga ega bo‘lgan xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan savdo tushuniladi. Bunday xususiy tadbirkorlar savdo faoliyatini o‘zlarining xususiy savdo do‘konlari yoki buyum bozorlarida ajratilganjoylar orqali amalga oshiradilar.
Yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo faoliyati deganda yuridik shaxs sifatida mahalliy hokimiyatdan ro‘yxatdan o‘tgan va savdo faoliyatini yuritish huquqiga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan savdo tushuniladi. Bunday korxonalar savdo faoliyatini o‘zlarining savdo do‘konlari, shoxobchalari, bazalari, omborlari yoki buyum bozorlarida ajratilgan savdo tarmoqlari orqali amalga oshiradilar. Yuridik shaxslar savdoning barchaturlarini olib boradilar. Yurituvchilarning mulkiy shakliga ko ‘ra savdo davlat, nodavlat va aralash mulkdagi korxonalar tomonidan olib boriladigan savdoga bo‘linadi. Savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat korxonalari respublikamizda hozirgi davrda ixtisoslashgan «Mudofaa savdo» tizimi tasarrufidagi korxonalar hisoblanadi. Savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi nodavlat va aralash mulkdagi korxonalar bo‘lib respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar, mas’uliyati cheklan ganjamiyatlar va boshqa maqomdagi xususiy korxonalar hisoblanadi.
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari va uni tashkil qilishning xususiyatlari.
Savdo korxonalarining buxgalteriya hisobi vazifalariga quyidagilar kiradi :
- tovar aylanmasining miqdorini hujjatli asosga ega bo‘lishligini ta’minlash, uni hisob registrlari va hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirish;
- tuzilgan shartnomalarni bajarilayotganligini, tovarlami kirim va chiqimiga tegishli bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlami to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash;
- tovarlaming sotish, baholarini to‘g‘ri shakllanganligini nazorat qilish;
- tovarlami xaridorlarga yetkazishgacha bajarilgan transportirovka, saqlash, o‘rash, qadoqlash, saralash va shu kabi qo‘shimchajarayonlar majmuasini hujjatlarda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish, ularga sarilangan mablag‘lami aniq summasini ifodalash;
- tovar-pul munosabatlari orqali pul mablagiarini to‘plash.
- savdo korxonalarida yuz beradigan tovar-pul operatsiyalarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri hujjatlashtirish, guruhlash va jamlanishini ta’minlash;
- amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining qonuniyligi va tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlash;
- tovar-moddiy boyliklaming saqlanish joylarida ombor hisobini belgilangan usul va shakllarda, shuningdek hisob registrlari hisoblangan kitob, kartochka yoki qaydnomalami o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;
- barcha moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan qat’i nazoratni
olib borish, moddiyjavobgar shaxslar bilan tuzilgan moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar shartlariga to‘liqvamal qilinayotganligi to‘g‘risida rahbariyatga haqqoniy axborotlami berib borish.
2. Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining hisobi.
Ulgurji savdo korxonalarining asosiy funksiyasi chakana savdo korxonalariga, shuningdek tovarlarni oʻzlarining xoʻjalik maqsadlarida ishlatadigan boshqa tarmoq xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga naqd pulsiz shaklda sotish hisoblanadi. Buning uchun ularning oʻzlari oldin tovarlarni turli ishlab chiqarish korxonalari va boshqa manbalardan sotib oladilar. Tovarlarni sotishgacha ulgurji savdo korxonalari ularni oʻzlarining omborlarida saqlaydilar va xaridorlarga tuzilgan shartnomalarga muvofiq sotadilar.Ulgurji savdo korxonalarida tovarlar xaridorlarga sotish baholarida sotiladi. Tovarlarni sotish bahosi (Sb) o‘z ichiga, asosan, quyidagi ikkita elementni oladi:
1 .Tovarlarni sotib olish qiymati, ya’ni tannarxi (T )- ushbu element, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘z ichiga tovarlarni shartnomaviy baholardagi sotib olish qiymati hamda ulami sotib olishga doir qo‘shimcha xarajatlami oladi.
2. Savdo ustamasi (Su). Demak, tovarlarni sotish bahosini matematik qurilma sifatida quyidagicha ifodalash mumkin:
Sb = T + Su
Savdo ustamalari ulgurji savdo korxonalarining âsosiy daromad manbai hisoblanadi. Savdo ustamalari ko‘rinishida olingan daromad (D) ulgurji savdo korxonalarida tovarlaming sotish baholaridagi qiymati (Sq) va sotish tannarxi (St) o‘rtasidagi farqdan iborat boiadi, ya’ni
D = Sq - St
Ulgurji savdo korxonalariga tovarlar tuzilgan shartnomalar asosida quyidagi manbalardan kelib tushadi:
- turli mulk shaklidagi ishlab chiqarish korxonalari;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va tayyorlovchi korxonalari;
- chet el importyorlari.
Tovarlaming sotib olinishi va kirimini hujjatlashtirish ularning yuqorida keltirilgan kelib tushish manbalariga hamda ularni tashib keltirish transportining turiga bog‘ liq. Ulguij i savdo korxonalariga tovarlar chet el mamlakatlaridan, respublikamizning boshqa shahar va tumanlaridan, shuningdek mahalliy ta’minotchilardan turli transport vositalarida (temir yo‘l, suv va havo yo‘llari transporti, ixtisoslashgan avtotransport korxonalarining transport vositalari va savdo korxonasining xususiy avtotransporti) tashib keltirilishi mumkin.
Ulgurji savdo korxonalarida tovarlar kirimining hisobi
Ulguiji savdo korxonalarida 21 -son BHMSga muvofiq tovarlaming omborlarga kirimining sintetik hisobi ikki usulda olib borilishi mumkin.
1-usul. Omborlarga kirim qilingan tovarlarni bevosita 2910 «Omborlardagi tovarlar» schotida hisobga olish usuli. Ushbu schotda tovarlar uzluksiz hisob tizimi asosida sotib olish baholarida aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq tovarlaming tannarxiga ulami ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati va sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, brokerlik, bojxona, sertifikatlash va boshqa shu kabi xarajatlari) kiritiladi.
2-usul. Tovarlarni sotib olinishini maxsus schotda,ya’ni 1510 «Tovar moddiy boyliklarni sotib olinishi» schotida hisobga olish usuli.
Ushbu schotda tovarlar uzluksiz hisob tizimiga muvofiq sotib olish baholarida, ya’ni tannarxi bo;yicha aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq tovarlarning tannarxiga ulami ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati va sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, brokerlik, bojxona va boshqa xarajatlar) kiritiladi. Sotib olishga doir barcha xarajatlar oldin 1510 «Tovar- moddiy boyliklarni sotib olinishi» schotida to‘planadi va tovarlar omborga kirim qilingach ushbu schot 2910 «Ombordagi tovarlar» schotiga yopiladi.
Ulgurji savdo korxonalariga tovarlarni ta'minotchilardan sotib olinishi va kirim qilinishiga doir operatsiyalar ushbu usullarda schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
1.Taʼminotchilardan sotib olingan tovarlarning sotib olish qiymatidagi summasi
Dt 2910 " Ombordagi tovarlar"
Kt 6010 " Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar"
2..Transport tashkilotining tovarlarni tashib keltirish boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari summasi
Dt 2910 " Ombordagi tovarlar"
Kt 6010 " Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar"
3.Brokerlik, vositachilik, sertifikatlash va boshqa tovarlarni sotish xolatiga keltirish bogʻliq xarajatlar summasi
Dt 2910 " Ombordagi tovarlar"
Kt 6990" Boshqa majburiyatlar"
4. Import tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovlari(aksiz,QQS,bojxona boji, bojxona yigʻimi) summasi
Dt 2910 "Ombordagi tovarlar"
Kt 6410 " Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz "
Tovar sotilishining hisobi. Ulgurji savdo korxonalari tovarlarni oʻzlarining distribyutorlariga (chakana savdo korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlarga), shuningdek boshqa tovarlarni o‘z xo‘jalik maqsadlarida foydalanuvchi tashkilot va muassasalarga tuzilgan shartnomalar asosida kelishuv baholarida yirik va mayda partiyalar bilan naqd pulsiz hisob￾kitoblar asosida sotadilar. Tovarlarni ulgurji sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlar tannarxini hisobga olish uchun 21-son BHMSda 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar» va 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi» schotlar ko‘zdatutilgan. Ushbu schotlar orqali tovarlarni sotilishidan olingan daromadlar va sotilgan tovarlar tannarxini hisobga olish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Xaridorlardan kelib tushgan oldindan to ‘lov summasiga:
Dt 5110 «Hisob-kitob schyoti»;
Kt 6310 «Xaridorvabuyurtmachilardan olingan bo‘naklar».
2. Xaridorlarga sotilgan tovarlarning sotish bahosidagi qiymatiga:
Dt 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»;
4110 «Alohida bo‘linmalardan olinadigan schyotlar».
4120 «Shu‘ba va qaram xo‘jaliklardan olinadigan schotlar»;
Kt 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar»;
3. Sotilgan tovarlarning tannarxiga:
a) tovarlarning sotib olish bahosidagi summasiga:
Dt 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi»;
Kt 2910 «Ombordagi tovarlar».
b) sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keluvchi sotib olishga doir qo‘shimcha
xarajatlar summasiga:
Dt 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi»;
Kt 1520 «Tovarlarni sotib olishga doir qo‘shimcha xarajatlar».
4. Oldindan to ‘lov summasini yopilishiga:
Dt 6310 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar»
Kt 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
5. Xaridorlardan qarzni kelib tushishiga:
Dt 5110 «Hisob-kitob schyoti».
Kt 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»;
4110 «Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar»;
4120 «Shu‘ba va qaram xo‘jaliklardan olinadigan schyotlar».
6. Tovarlarni sotishdan olingan daromadlarni hisobot davri
oxirida moliyaviy natijalar schyotiga o ‘tkazilishiga:
Dt 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar»
Kt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
7. Sotilgan tovarlar tannarxini hisobot davri oxirida moliyaviy
natijcdar schyotiga o ‘tkazilishiga:
Dt 9910 « Yakuniy moliyaviy natija»;
Kt 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi».

Bugungi kunda ulgurji savdoda tovar operatsiyalarini hisobga olishning muhim vazifasi tovarlarni ilgari surish, shartnoma majburiyatlarini bajarish, etkazib beruvchilar va mahsulot xaridorlari, inventarizatsiya holati, moddiy boyliklarni jo'natish va sotish jarayoni va ularning xavfsizligini nazorat qilish to'g'risida o'z vaqtida ma'lumot olish imkonini beruvchi ishonchli hisob-kitob tashkiloti hisoblanadi. Ulgurji savdo bozor infratuzilmasining eng muhim elementi sifatida har qanday davlat iqtisodiyotida etakchi oʻrinlardan birini egallaydi va ulgurji savdo tovar aylanishining zaruriy boʻgʻini hisoblanadi, chunki u xalq xoʻjaligi tarmoqlari, respublikaning iqtisodiy mintaqalari va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida tovar almashinuvini amalga oshiradi . U korxonalarning iqtisodiy aloqalarini oʻrnatish, savdo assortimentini shakllantirish, chakana savdo tarmogʻiga tovarlar yetkazib berish va boshqalar uchun muhim vositachilik funksiyalarini bajaradi.

Oʼzbekiston Respublikasi ulgurji savdo iqtisodiy va tashkiliy tamoyillarga asoslanadi,(1-jadval) bu korxonalarga tovarlarni yetkazib beruvchilarni, savdo bozorlarini, ulgurji xaridorlarga xizmatlarni va boshqalarni mustaqil ravishda aniqlashga imkon beradi.


Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish