1-jadval. 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ulgurji savdo aylanmasi
Koʻrsatkichlar
|
2022/01
|
2022/02
|
2022/03
|
Ulgurji savdo aylanmasi,mln soʻm
|
8987855,2
|
18959394,3
|
32706227,3
|
Oʻsish suratlari %da
|
111.3
|
112,2
|
114,9
|
Respublikamizda qabul qilingan "2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi" ga muvofiq barcha tarmoq va sohalarida tub oʻzgarishlar nazarda tutilgan.
Ushbu oʻzgarishlar bevosita xizmat koʻrsatish sohasiga, uning barcha tarmoqlariga, chunonchi ulgurji savdoga ham dahldordir. Shu munosabat bilan bozor munosabatlari sharoitida ulgurji savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining ahamiyati ortib bormoqda. Bu buxgalteriya hisobini toʻgʻri tashkil etish va tovar operatsiyalarini nazorat qilish samaradorligini oshirish, makro darajada tovar harakatining uzluksizligi uchun sharoit yaratish zarurati bilan bogʻliq. Savdo operatsiyalari deyarli barcha tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, shu bilan birga, har bir tashkilot savdo natijalarni toʻgʻri aks ettira olmaydi va soliqlarni hisoblashda, moliyaviy natijani aniqlashda xatolarga yoʻl qoʻymaydi.
Respublika boʻyicha 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 157 897,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 17,5 % ga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning savdo tovar aylanmasi 44 239,4 mlrd. soʻmni (15,0 % ga koʻpaydi) tashkil etdi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida yuqori oʻsish sur‘atlariga ega yirik korxonalar Toshkent shahri (128,0 %) va Namangan (121,3 %), Sirdaryo (116,2 %) viloyatlarida kuzatildi. Soʻnggi yillarda ulgurji savdoda davlat sektorining oʻrni pasayib bormoqda. Hisobot davrida ushbu sektorning jami ulgurji tovar aylanmasidagi ulushi 0,1 % ni tashkil qildi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari boʻyicha ulgurji savdo aylanmasi 157 897,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, shu jumladan, nodavlat tasarrufga ega subyektlar tomonidan ulgurji savdo aylanmasi 157 746,8 mlrd. soʻmni va davlat tasarrufiga ega korxonalar tomonidan 150,5 mlrd.soʻmni tashkil etdi.
Ulgurji savdo korxonalarida tovarlarni sotishdan tushgan tushumga tovarlarni ommaviy sotishdan tushgan daromad (ulgurji savdo aylanmasi) kiradi. Tovarlarni sotishdan tushgan tushum qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan sotish narxlarida hisobga olinadi. Ulgurji korxonalarda tovarlarni sotishdan olingan yalpi daromad sotilgan tovarlarning sotish va sotib olish qiymati oʻrtasidagi farqdir. U olingan daromadlardan, muomaladagi xarajatlar va savdo faoliyatidan olingan foydadan soliq va soliqsiz toʻlovlarni qoplashga moʻljallangan. Ulgurji savdoda tovarlarni hisobga olishning maqsadi zaxiralarning xavfsizligini, oqilona va samarali ishlatilishini nazorat qilish; daromad va yalpi daromaddan hisoblangan soliqlar va soliqsiz toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tovar aylanmasi, etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan hisob-kitoblarning holati toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni oʻz vaqtida olish, hamda asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilishdir. Ulgurji korxonalarda tovarlar, konteynerlar va tovar aylanmasini hisobga olish quyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi:
- tovarlar va konteyner qabul qilish va tasarruf hujjatli oʻz vaqtida va toʻgʻri nazorat qilish;
- tovarlarni va konteynerlarni joylashtirish va hisobdan chiqarishning tooʻliqligini nazorat qilish;
- tovar operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligi, maqsadga muvofiqligi va samaradorligini
nazorat qilish;
- moddiy javobgar shaxslar tomonidan hisobotlarni taqdim etishning oʻz vaqtida bajarilishini nazorat
qilish;
- tovarlar va idishlar, tovar aylanmasi va tovarlarni sotishdan tushgan tushum hisobi ishonchliligi;
- hisobot koʻrsatkichlari boʻyicha jamlama hisob ma‘lumotlarini oʻz vaqtida olish.
CHAKANA SAVDO
chakana savdo – bu tovarlarni tijorat maqsadida foydalanishni ko‘zlamagan oxirgi iste'molchiga naqd hisob-kitob yordamida tovarlarni donalab yoki oz miqdorda sotishni nazarda tutadigan korxona faoliyati sohasidir. Yuridik shaxslar tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 26 noyabrda tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq sotadilar. Tovarni chakana savdoda sotadigan korxonalar Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Chakana savdo qoidalarini ham hisobga olishlari kerak. Bundan tashqari, savdo markazlarida tovarlarni sotishda bozorlardagi savdo faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha maxsus qoidalarning 4 va 8-bo‘limlari talablariga rioya qilish kerak. Ushbu qoidalar Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan.Tovarlarni sotishdan tushgan foyda buxgalteriya hisobida 2-sonli BHMS va 21-sonli BHMS asosida tayyor mahsulotlarni sotishga o‘xshash aks ettiriladi. Tovarlarni naqd pulga sotish buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” - Kredit 9020 “Tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan daromadlar”. Agar tovar naqd pulsiz hisob-kitob uchun sotilgan bo‘lsa, unda bunday operatsiya buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olish uchun schyotlar” - Kredit 9020 “Tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan daromadlar"
Tovarlarni naqd pulga sotilishining hisobi. Tovarlarni naqd pulga sotish va undan olingan daromadning hisobi savdo pulini qayerga topshirilganligiga bog‘liq. Savdo puli korxona kassasiga topshirilganda quyidagi buxgalteriyayozuvi qilinadi:
Dt 5010 «Kassadagi pul mablagiari»;
Kt 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Savdo do‘kon mudirlari tomonidan bevosita savdo pullarini inkassatorlarga yoki bankning kassasiga topshirilishiga kuzatish qaydnomalari vakvitansiyalar asosida quyidagi buxgalteriyayozuvi qilinadi:
Dt 5710 «Pul o‘tkazmalari», 5110 «Hisob-kitob schotidagi pul
mablag‘lari», 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari»;
Kt 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Tovarlarni plastik kartochkalar orqali sotilishining hisobi. Tovarlarni plastik kartochkalar orqali sotilishining hisobi savdo do‘konlariga o‘matilgan plastik kartochkalar terminallarining bank muassasalarida o‘matilgan kompyuterlar bilan bevosita bog‘langanligigabog‘liq. Agar ushbu bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, plastik kartochkalar orqali sotish to‘g‘risidagi ma’lumotlar kun oxirida kompyuter tarmogʻi orqali bank muassasasiga uzatiladi. Agar ushbu bogiiqlik mavjud boʻlmasa, kassaga o‘rnatilgan terminal plastik kartochkasi kelishilgan muddatlarda bank muassasasiga olib boriladi va u yerda plastik kartochka schotidan korxonaning asosiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. Tovarlarni plastik kartochkalar sotilishiga quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
1. Tovarlar plastik kartochkalar orqali sotilgan kunda:
Dt 5710 «Yo‘ldagi pul mablag‘lari»;
Kt 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
2. Plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan savdo pullari korxonaning hisob-raqamiga tushgan kunda:
Dt 5110 ««Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlari»;
Kt 5710 «Yoʻldagi pul mablagʻlari».
Tovarlarning kreditga sotilishining hisobi. «Topshiriqnoma-majburiyat»lar asosida kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
-Kreditga sotilgan tovarlar uchun naqd topshirilgan savdo pullari va kreditga sotish boʻyicha undirilgan foiz summasiga:
Dt 5010 «Kassadagi pul mablag‘lari»;
Kt 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
-Kreditga sotilgan tovarlar bo ‘yicha xaridorning qarziga:
Dt 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlaming qarzi»,
4890 «Boshqa debitorlaming qarzi»;
Kt 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Chakana savdo korxonalarida tovarlar xodimlarning arizasiga muvofiq ish haqi hisobidan ham berilishi mumkin. Tovarlarning ish haqi hisobidan sotilishi va undan olingan daromad quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Dt 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar»;
Kt 9020 «Tovarlami sotishdan olingan daromadlar».
Chakana savdo korxonalaridagi tovarlar rahbaming buyrug‘i yoki farmoyishi bilan xo‘jalik inventarlarigaham aylantirilishi mumkin. Tovarlrni ushbu maqsadlarda berilishi ham sotishdan olingan daromadga kiritiladi va buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Dt 1080 «Xo‘jalik inventarlari vajihozlari»;
Kt 9020 «Tovarlami sotishdan olingan daromadlar».
Ta’sis badali sifatida kiritilgan tovarlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 0600 «Uzoq muddatli investisiyalar»;
Kt 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Bepul berilgan tovarlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
-Bepul berilgan tovarlarning sotish qiymatiga:
Dt 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schoyotlar»;
Kt 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
-Bepul berilgan tovarlar bo ‘yicha qarzni hisobdan chiqarilishiga:
Dt 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»;
Kt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Chakana savdo sohasi iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi fikr almashishni ta’minlaydi, bu esa aholi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, chakana savdo korxonalarida marketing faoliyatining yangi shakl va usullarini faol joriy etish orqali iste’molchi talabini rag‘batlantiradi, pul muomalasini tezlashtiradi, milliy iqtisodiyotning turdosh tarmoqlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Mamalakatimizda chakana tovar aylanmasi 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 194,84 trillion soʻmni tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 3,2 foizga oʻsdi, shuningdek, yirik korxonalar aylanmasi 34,58 trillion soʻmni (oʻsish sur’atlari -12,8 foiz), kichik biznes sub’ektlarining aylanmasi 34,58 trillion soʻmni va xususiy tadbirkorlik - 145,14 trln.soʻmni (oʻsish sur’ati - 3,8%) tashkil etdi.
Chakana savdo ulgurji savdodan va unga qo'shiladigan hujjatlardan farq qiladi. Mahsulotni chakana savdoda sotishda siz xaridor tashkilotga mahsulot uchun hisob-fakturani bermasligingiz kerak, aks holda bitim ulgurji savdo deb hisoblanishi mumkin.Qanday oqibatlarsiz chakana savdoni olish mumkin. Asosiy qoidalardan biri - xaridorga to'lov hujjatini berish. Bu yozma oldi-sotdi shartnomasi, kassa apparati yoki oldi-sotdi kvitansiyasi, shuningdek to'lovni tasdiqlovchi boshqa hujjat (masalan, qat'iy hisob-kitob blankasi yoki naqd pul olish buyrug'i) bo'lishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda hujjatlar talab qilinmaydi.
Xulosa
Chakana savdo korxonalarida reklama faoliyatini qoʻllash rivojlanayotgan marketing sohasidagi tadbirkorlik faoliyati boʻlib, reklama faoliyati pullik ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladigan, moliyalashtirish manbasi aniq belgilanadigan aloqa shakli sifatida amalga oshiriladi. Reklama faoliyati ishonchni qozonish va potentsial mijozlarni jalb qilishda iste’molchi uchun foydali ma’lumotlarni yaratish va tarqatishga asoslangan marketing usulidir. Shuningdek, reklama mahsulot yoki xizmatni sotib olishga majburlamasdan, kerakli auditoriyaga xabarlar yoki tavsiyalarini yetkazadi. Reklamaning oʻsishi YouTube, Telegram, Instagram, Google va boshqa onlayn platformalarning oʻsishini ham tezlashtirdi. Samarali savdo faoliyati va raqobatbardoshligi koʻp jihatdan potentsial iste’molchilar uchun chakana savdo doʻkoni joylashuvining qulayligi, chakana savdodagi innovatsion oʻzgarishlar, yirik savdo shoxobchalarida doimiy mijozlar sonini oshirish uchun diskont kartalardan foydalanishni kengaytirish, xizmat koʻrsatish usullari va mijozlarni jalb qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish, marketing yangiliklaridan, xususan, yangi reklama kanali va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanish bilan QR-kod skanerlash tizimlaridan foydalanishni kengaytirish kabi bir qator omillarga bog‘liq. Bugungi kundagi chakana savdo korxonalarida reklama faoliyatidan foydalanish har bir korxona uchun juda zarur boʻlib, ayniqsa, ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatda katta samaradorlikka ega. Reklamadan foydalanish orqali korxona, tovarlar, buyurtma shartlari va aloqalar haqida batafsil ma’lumotlarni ommaga taqdim etishi mumkin.
Zamonaviy ulgurji savdo - bu nafaqat ishlab chiqaruvchilardan isteʻmolchilarga, tovar va moddiy oqimlarni almashish va tarqatish sohasi emas. Zamonaviy ulgurji savdo-iqtisodiy tarmoqlardan, asosan, ishlab chiqarish sanoati sohalaridan moliyaviy mablagʻlarni taʻminlaydigan sohadir. Ulgurji savdo-bu soliq toʻlashdan boʻyin tovlash vositasi, foydani yashirish va ishlab chiqarish faoliyati natijalarining samaradorligini taminlash sxemasidir. Nihoyat, ulgurji savdo – bu shaxsiy boyitish usuli, ishlab chiqarish sohasidan pul mablagʻlarini aylanma sohasiga oʻtkazish usuli va aylanma sohasidan isteʻmol sohasiga oʻtkazish usulidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi " Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi terisida" gi farmoni
2.4-BHMS, 21-BHMS
3.Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi. Darslik.K.Urazov, S.Voxidov Toshkent- 2011
4.Moliyaviy hisob .A.Abdullayev, E.Moʻydinov, M.Yusupova, B.Soliyev, Q.Rustamov Toshkent-2005
5. Stat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |