233
keladigan nobudgarchiliklarni to‘g‘ri hamda o‘z
vaqtida aniqlashdan
iborat.
Broker
– (ingl.broker) – mahsulot, qimmatbaho qog‘ozlar,
valuta sotuvchilar
va xaridorlar o‘rtasidagi rasmiy dallol. O‘zi yoki mijozlar nomidan
kelishuvlar, shartnomalar tuzish huquqiga ega shaxs.
Boj
– (arab–o‘lpon, soliq) – bojxona nazorati
ostida davlat tomonidan
mamlakat chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar,
mol-mulk va
qimmatbaho qog‘ozlardan undiriladigan pul yig‘imlari.
Bojxona
– chegara orqali o‘tadigan jami yuklarni,
shu jumladan, bagaj va pochta
jo‘natmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi. U o‘tkazilayotgan
yuklarni tekshirish va ulardan yig‘imlarni
undirish bilan shu-
g‘ullanadi. Bojxonalar, odatda,
dengiz va daryo portlarida, xalqaro
aeroportlarda, temiryo‘l
stansiyalarida, chegara hududlarida va
mamlakatning yirik markazlarida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: