«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/353
Sana30.01.2021
Hajmi0,63 Mb.
#57837
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   353
Bog'liq
Buxgal-xisobi

t/r
 Muomalalar  mazmuni


168
10.3.  QO‘SHILGAN  VA  ZAXIRA  KAPITALLARINING
HISOBGA  OLINISHI
Korxonada qo‘shilgan kapital hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
8410-«Emission daromad»
8420-«Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha kursdagi farq».
Ushbu schyotlar passiv bo‘lib, ular oddiy va imtiyozli aksiyalar
bo‘yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan summalarni va
ularning harakatini umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Korxonada qo‘shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida
vujudga kelishi mumkin:
– emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori
bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida;
– kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar
ustav kapitalini shakllantirish paytida.
Misol. Nominal qiymati 600 so‘m bo‘lgan aksiyalar 850 so‘mga
sotildi.
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»-850 so‘m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari»–
600 so‘m
K-t 8410-«Emission daromad»–250 so‘m.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 8410-«Emission daromad» schyoti
krediti bo‘yicha faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi
nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa
foyda solig‘iga tortish obyekti bo‘lib hisoblanmaydi.
Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aksiyalarni sotishda
va summalar kamomadida 8410-«Emission daromad» schyotida zarar
aks ettiriladi.
Misol. 1200 so‘mlik nominal qiymatli, dastlab 1240 so‘mdan
sotilgan aksiyalar 1260 so‘mdan sotib olindi, keyin esa ikkinchi marta
1200 so‘mdan sotildi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»–1200 so‘m
D-t 8410-«Emission daromad»–40 so‘m
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar»–20 so‘m
K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar»–1260 so‘m.
Qo‘shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis
hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish paytidagi va ustav kapitaliga amalda
valuta va valuta boyliklariga oid badallarni kiritish paytidagi valuta
kurslarining farqlanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi.


169
Misol. Ta’sis shartnomasiga muvofiq qo‘shma korxonaning ustav
kapitalida chet ellik muassisning ulushi 200 dollardan iborat. Hujjatlarni
ro‘yxatga olish paytida 1$ 300 so‘mga teng bo‘lganligini hisobga olgan
holda, uning ulushi 60000 so‘m, deb baholandi.  Biroq pul mablag‘lari
bilan badallar to‘lash paytida 1$ 310 so‘mga teng bo‘lgan. Bu esa
korxona so‘m hisobida 200 dollarni olib, 60000 ming so‘m emas, balki
62000 so‘mga ega bo‘ladi, degan ma’noni anglatadi. Bu tafovut 2000
(62000–60000)ming so‘m qo‘shimcha sarmoyaga kiritiladi:
D-t 5210-«Mamlakat ichkarisidagi valuta mablag‘lari» – 62000  so‘m.
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari» –
60000 so‘m.
K-t 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq» – 2000
so‘m.
Biroq keyinchalik xorijiy valutadagi pulga oid moddalar har bir
hisobot davri yakunlanadigan sanada qayta baholanadi, bu qayta baholash
natijasi kelgusi davrlar daromadi yoki xarajatlariga o‘tkaziladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxonada rezerv kapitali tashkil
etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam
bo‘lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o‘t-
kazish yo‘li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha
tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko‘rgan zararini qoplash, imtiyozli
aksiyalar uchun dividend to‘lash, aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalarni
qayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali
schyotlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan
inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv
hisobi uchun mo‘ljallangan.
Rezerv kapitali hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish