121
buyurtmasi bo‘yicha alohida hisob qilinadi.
Kalkulyatsiya qilishning bu
usulida xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyekti ayrim ishlab
chiqarish buyurtmalari hisoblanadi. Buyurtmaning
haqiqiy tannarxi
buyurtma tayyor bo‘lgandan so‘ng aniqlanadi.
Normativ usuli – asosan ishlab chiqarishning ommaviy va yirik
tarmog‘i bo‘lgan mashinasozlik hamda
metallni qayta ishlash kor-
xonalarida qo‘llaniladi. Kalkulyatsiyalashning boshqa usullari kabi bu
usulda ham korxonada omborlar ishini to‘g‘ri
tashkil qilish, ularni zarur
asbob-uskunalar bilan ta’minlash, moddiy boyliklarni
ishlab chiqarishga
sarflash bo‘yicha dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzish ustidan
nazorat qilish, hisob ishlarini bajarishda hisoblash
mashinalaridan keng
foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Mahsulotning haqiqiy tannarxi normativ tannarxga me’yordan chetga
chiqish va me’yordagi o‘zgarishni qo‘shish yoki ayirish yo‘li bilan
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: