Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul


Amerikada  ispanlar  kolonizatsiyasi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/108
Sana28.05.2020
Hajmi0,87 Mb.
#57325
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   108
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fanindan maruza matnlari (1)

Amerikada  ispanlar  kolonizatsiyasi.  Magellan  o’zining  bi-rinchi  dunyo 
sayohatini  qilganidan  keyin,  ispanlar  Amerikani  istilo  qilishga  kirishdilar.  Ispan 
istilochilari  (konkistador-lari)  benihoya  shafqatsizlik  bilan,  zo’rlik,  ayyorlik  va 
aldam-chilikning  hamma  vositalarini  ishga  solib,  YAngi  Dunyoning  eng  boy  va 
aholisi  eng ko’p bo’lgan yerlarini  bosib oldilar. 
 
Fernando  Kortes  1519-1521  yillarda  juda  katta  Meksika  mamlakatini  istilo 
qiladi  bu  mamlakatda  boshqa  hind  qabilalaridan  ko’ra  madaniy  saviyasi  ancha 
yuksak  bo’lgan  juda  ko’p  atsteklar  qabilasi  yashaydi.  Bu  qabilaning  qiroli 
«imperator»  Montesuma  asir  olinib,  o’z  xazinasidagi  oltinni  ispanlarga  berishga 
majbur  bo’ladi. 
 
YAna  boshqa  bir  ispan  konkistadori  Fransisko  Pissaro  1532-1535  yillarda 
Janubiy  Amerikaning  g`arbidagi  inklar  qabilasi  hukmron  bo’lgan  Biru  yoki  Peru 
mamlakatini  istilo  qildi.  Bunda  ham  inklarning  qiroli  «imperator»  Ataxualpa  oltin 
va kumushdan iborat xazinasini  istilochilarga  berishga majbur bo’ladi.. 
 
Ispanlar  1536  yilda  CHilini,  1538  yilda  yangi  Grenadani  (keyin  Kolumbiya 
deb atalgan) istilo  qiladilar.  1549 yilda  ispanlar  Argentinani  bosib ola boshladilar.  
 
1545  yilda  Potozi  (Boliviya)da  juda  boy  kumush  koni.  topildi.  O’sha 
vaqtdan  e’tiboran  Amerikada  ko’plab  kumush  hamda  oltin  qazib  chiqarish 
boshlandi.  Avval  Kolumb  kashfiyotidan  paydo  bo’lgan  umidsizlik  kayfiyati 
yo’qolib,  topilgan  xazinalarni  mumkin  qadar  tezroq  qo’lga  kiritib  olishga  urinish 
kuchaydi. 
 
Mahalliy  aholining  bir  qismi  krepostnoylarga  va  bir  qismi  qullarga 
aylantirildi.  Ularni  konlarda  ishlashga  majbur  etdilar.  Kolumbning  xatosi  tezda 
ma’lum  bo’lib  qolsada,  Amerikaning  tub  xalqini  indeetslar  deb  atay  berdilar.  Ana 
shu  indeetslar  o’rganmagan  og`ir  mehnatga  bardosh  berolmay,  ko’plab  qirilib 
ketdilar.  SHundan  keyin  ispan  mustamlakachilari  Ame-rikaga  Afrikadan  negr-
qullar  keltirib,  ularni  konlarda va plantatsiyalarda  ishlashga  majbur  etdilar. 
 
XVI  asrning  birinchi  yarmidayoq Amerikada negrlar ko’p edi. O’sha asrning 
ikkinchi  yarmida  ularning  soni ayniqsa tez oshib bordi. 
 
Indeetslar  esa,  aksincha,  Yevropalik  mustamlakachilarnipg  haddan  tashqari 
zulmiga  chidolmay,  yoppasiga  qirila  boshladi.  Karib  dengizidagi  eng  katta 
orollardan  YAmayka,  Espanola  va  Kuba  orollaridagi  mahalliy  xalq  XVI  asrning 
ikkinchi  yarmiga  kelib  batamom deyarli  qirilib  ketdi. 
 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish