Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul


Rim  diplomatiyasining  rivojlangan  davri



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/108
Sana28.05.2020
Hajmi0,87 Mb.
#57325
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fanindan maruza matnlari (1)

Rim  diplomatiyasining  rivojlangan  davri.Domitsian  o’limidan  keyin  senat  66 
yoshli  senator  Mark  Koksey  Nervani  (96-98-yillar)  imperator  etib  sayladi.  Uning 
hukmronligi  bilan  II  asrdan  Rim  imperiyasida  Antoniylar  sulolasi  hukmronligi 
boshlandi.  Bu  sulolani  eng  taniqli  vakillaridan  biri  Mark  Ul`piy  Trayan  bo’ldi. 
Trayan  Ispaniyada  tug’ilgan  bo’lib,  yuqori  Germaniya  noibi  edi.  Imperator  Nerva 
qo’shinda  obro’-e’tiborli  bo’lgan  Trayanni  asrandi  o’g’il va voris qilib tayinlashga 
majbur  bo’ldi.  Trayan  98-117-yillar  Rim  imperiyasiga  hukmronlik  qilgan  paytdan 


imperiya  o’zining  iqtisodiy-siyosiy  va  madaniy  taraqqiyotining  eng  yuqori 
cho’qqisiga chiqdi (96-196-yillar).   
Trayan  davrida  Rimning  oxirgi  istilochilik  urushlari  olib  borildi.  U  faol  tashqi 
siyosat  olib  borib,  imperiya  hududlarini  kengaytirdi.  Uning  davrida  legionlar  soni 
30  taga  yetkazildi.  Kuchli  Rim  qo’shinlari  101-103-yillar  va  105-107-yillarda 
Dunay  bo’ylaridagi  kuchli  Dakiya  podsholigini  bo’ysundirdi,  Dakiyani  podshosi 
Detsebal  asir  olindi.  Dakiya  Rim  provinsiyasiga  aylandi.  Dakiyaning  bosib  olinishi 
natijasida  uning  boy  oltin  va  tuz  konlari  katta  o’lja  bo’ldi.  Dakiya  g’alabasiga 
bag’ishlab  Rimda  123  kun  davom  etgan  tomoshalar  ko’rsatildi,  Plebsga  mo’l-ko’l 
sadaqa  ulashildi,  ajoyib  Trayan  termalari  (hammomlari),  yangi  suv  quvuri  hamda 
30 m.li  Trayan kolonnasi bunyod etildi.   
Trayan  Parfiyadan  Mesopotamiya  va  Armanistonni  tortib  olish  uchun  113-yil 
urush  boshladi,  keyingi  yil  Armanistonni  bosib  olib,  uni  provinsiyaga  aylantirdi. 
G’ayratli  imperator  115-116-yillarda  Parfiya  podshosi  Vologes  IV  qo’shinlarini 
tor-mor  qilib,  uning  poytaxti  Ktesifonni  egalladi,  butun  Mesopotamiyani  fors 
qo’ltig’igacha  bosib  oldi.  Mahalliy  aholini  Rim  bosqinidan  noroziligi  va  sharqiy 
provinsiyalarda  vaziyatni  notinchligi  Trayanni  legionlarni  Frot  qirg’og’idan  olib 
ketishga  majbur  qildi.  Sharqda  yangi  bosib  olingan  yerlarni  rimliklar  qo’ldan 
chiqardilar.  Italiyaga  qaytishda  Kilikiyada  Trayan  kasal  bo’lib  117-yil  avgustida 
vafot  qildi.  Taxtga  Trayanning  jiyani,  41  yoshli  asrandi  o’g’li  Publiy  Eliy  Adrian 
chiqdi (117-138-yillar).   
U  Trayanga  loyiq  juda  yaxshi  ma’lumot  olgan,  ajoyib  boshqaruvchi,  tajribali 
sarkarda,  aqlli  va  uzoqni  ko’ra  oladigan  siyosatchi  sifatida  o’z  oldiga  turgan 
muammolarni  juda  yaxshi  tushunar  edi.  Adrian  davlat  resurslarini  to’la  tugaganini 
va  Sharqda  bosqinchilik  siyosatini  samarasizligini  anglab  yetib,  Parfiya  bilan  Frot 
daryosi  bo’yicha  chegaralarini  tiklash  sharti  bilan  tinchlik  shartnomasini  tuzdi. 
Adrian  imperiyaning  sharqiy  chegaralarida  kuchli  mudofaa  inshootlarini  bunyod 
qildi.  Ana shunday tadbirlar  natijasida  Parfiya  bilan  tinchlik  44 yil  saqlandi.  
Sharqda  ishlarni  tugallab  Adrian  Yevropa  va  Afrikada  imperiya  chegaralarini 
mustahkamlash  maqsadida  chegara  istehkomlarini  qurish  bo’yicha  ulkan  ishlar 
amalga  oshirdi.  Ana  shunday  istehkomlardan  biri  Adrian  vali  (istehkomi) 
Britaniyada  hozirgacha saqlanib qolgan.  
Adrian  qo’shinni  yuqori  jangovar  holatda  saqlab  turishga  katta  e’tibor  berdi.  U 
legionlarni  Rim  yoki  latin  fuqaroligi  bo’lmagan  provinsiya  aholisidan  to’ldirishga 
ruxsat  berdi,  chunki  qo’shinga  xizmat  qilishga  xohish  bildirgan  fuqarolar  soni 
keskin  qisqardi.  Rim  harbiy  mashinasini  varvarlashtirish  uchun  asos  ana  shunday 
yaratildi.   
Adrian  davlat  boshqaruvi  tizimini  mustahkamlashga  qaratilgan  qator  tadbirlkarni 
amalga  oshirdi.  U  printseps  kengashini  qayta  tashkil  qildi,  kengash  tarkibiga  oliy 
amaldorlar,  muassasa  rahbarlari  va  yirik  yuristlar  jalb  qilindi.  Adrian  boshqaruvga 
suvoriylar  toifasini  ko’plab  vakillarini  taklif  qildi.  U  davlat  pochtasini  joriy  qildi, 
provinsiyalar  boshqaruvini  qayta  tuzib,  noiblar  faoliyati  ustidan  doimiy  nazorat 
o’rnatdi.  Adrian  uzoq  sayohat  qildi  va  ko’plab  inshootlarni  bunyod  qildi:  Venera 
va Roma ibodatxonalarini,  mashhur Rim panteonini  qurdi.  


Antoniylar  sulolasini  taniqli  vakillaridan  biri  tarixga  taxtdagi  faylasuf  sifatida 
kirgan  Mark  Avreliy  edi.  Mark  Avreliy  uchun  davlat  manfaatlari  hamma  narsadan 
yuqori  bo’lib,  imperiya  taqdiri  uchun  o’z  ma’suliyatini  to’la  anglab  yetgan  edi.  U 
senator  va  suvoriy  toifalari  bilan  inoqlikda  ish  olib  bordi,  senat  tarkibiga  ko’pgina 
provinsiya  zodagonlarini,  ayniqsa  kelib  chiqishi  Sharqdan  va  Afrikadan  bo’lgan 
nufuzli  kishilarni  kiritdi.  Mark  Avreliy  (161-yildan  180-yilgacha)  19  yil 
hukmronlik  qildi,  unga  qarshi  shu  yillar  davomida  birorta  ham  fitna  uyushtirilmadi. 
U  180-yilda  59  yoshida  Vindobona  (Vena)  shahrida  vafot  qildi.  Rimda  uning 
sharafiga  kolonna  bunyod  etildi. Uning merosxo’ri 18 yoshli o’g’li Kommod (180-
193-yillar)  imperator  bo’ldi.  Antoniylar  sulolasining  so’ngi  vakili Kommod qo’pol, 
shafqatsiz  va  maishatparast  hukmdor  edi.  Otasining  o’limidan  keyin  Kommod 
kvad  va  markomann  qabilalari  bilan  urushni  tugatib,  180-  yilda  Rimga  qaytdi. 
Davlat  boshqaruvini  o’zining  ochko’z  yaqinlariga  topshirib,  kayf-safoga  berildi. 
Xotinini  qatl  etib,  buzuqchilk  yo’liga  kirdi.  Katta  jismoniy  kuchga  ega  bo’lgan 
imperator  o’zini  rimlik  Gerkules  deb  e’lon  qildi,  omma  oldiga  arslon  terisiga 
yopinib  yelkasida  kaltak  bilan  paydo  bo’lar  edi.  Amfiteatr  sahnasida  gladiator 
sifatida  chiqdi.  Oxir-oqibatda  es-hushini  yo’qotib  kalendarning  barcha  oylarini o’z 
nomiga  o’zgartirdi,  hatto  Rimning  nomini  o’zgartirib  uni  ―Kommod‖  shahri  deb 
atashga buyruq berdi.  

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish