Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul


O’zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/108
Sana28.05.2020
Hajmi0,87 Mb.
#57325
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fanindan maruza matnlari (1)

O’zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi 
O’zbekiston  Rossiya  Federatsiyasi  bilan  davlatlararo  munosabatlar  o’rnatish 
va rivojlantirishga  alohida  ahamiyat  berib kelmoqda. 1992 yil  30 mayda I.Karimov 
boshliq  O’zbekiston  delegatsiyasining  Rossiyaga  davlat  tashrifi  paytida 
O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida davlatlararo 
munosabatlarning  asoslari,  do’stlik  va  hamkorlik  to’g’risida  shartnoma 
imzolandi.  Shartnoma  ikki  davlat  o’rtasida  har  tomonlama  hamkorlikni  yo’lga 
qo’yish  va  rivojlantirishga  huquqiy  asos  soldi.  Ikki  davlat  o’rtasida  diplomatik 
aloqalar  o’rnatildi,  elchixonalar  ochildi. 
Rossiya  Federatsiyasi  Prezidenti  B.Yelsinning  1993  yil  mart  oyida 
O’zbekistonga tashrifi  paytida ikki  davlat o’rtasidagi aloqalarni  yanada 
mustahkamlash  choralarini  ko’rishga  ahdlashildi.  1993  yil  19  martda  O’zbekiston 
va  RF  o’rtasida  madaniyat,  fan  va texnika, ta’lim sog’liqni saqlash, axborot, sport 
va turizm  sohasida hamkorlik  qilish  to’g’risida bitimlar  imzolandi. 
V.Putinning  Rossiya  Prezidenti  etib  saylanishi  Rossiya  va  O’zbekiston 
o’rtasidagi  hamkorlikni  yangi  bosqichga  ko’tardi.  V.Putin  qisqa  muddatda 
O’zbekistonga  ikki  marta-1999  yil  10-11  dekabrda  va  2000  yil  18-19  may 
kunlarida  davlat  tashrifi  bilan  keldi.  Tashrif  davomida  ikki  mamlakat  Prezidentlari 
va  rasmiy  delegatsiyalari  o’rtasida  savdo-iqtisodiy  aloqalarni  yanada  kengaytirish, 
harbiy  va  harbiy-texnikaviy  hamkorlik,  xavfsizlik,  jumladan,  Afg’onistondagi 
vaziyatni  barqarorlashtirish,  xalqaro  terrorchilikka  qarshi  birgalikda  kurashish  va 
boshqa masalalar muhokama etildi. 
Dekabrdagi  uchrashuvda  «O’zbekiston  bilan  Rossiya  o’rtasida  harbiy  va 
harbiytexnikaviy  hamkorlikni  yanada  chuqurlashtirish  to’g’risida  shartnoma» 
imzolangan  bo’lsa,  may  oyidagi  muzokaralar  nihoyasida  ikki  mamlakat 
hukumatlari  o’rtasida  «O’zbekiston  Respublikasi  ma’muriy-hududiy  tuzilmalari 
Rossiya  Federatsiyasi  sub’ektlari  o’rtasida  hamkorlikni  kengaytirish  to’g’risida 
bitim», «Xalqaro avtomobil  qatnovi to’g’risida bitim» imzolandi. 
Shu  tariqa,  O’zbekiston  bilan  Rossiya  o’rtasidagi  o’zaro  manfaatli  aloqalar 
yangicha  mazmun  kasb  etmoqda.  Ikki  mamlakat  o’rtasida  turli  maqsadlarga 
yo’naltirilgan  150 ta hujjatlar  imzolangan. 


O’zbekiston  bilan  Rossiya  o’rtasidagi  tovar  ayirboshlash  hajmi  2000 yilda 1 
mlrd.  AQSh  dollarini  tashkil  etdi.  O’zbekistonda  520  ta  O’zbekiston-Rossiya 
qo’shmakorxonasi,  shuningdek,  Rossiya  Federatsiyasi  firma  va  kompaniyalari 
ro’yxatga  olingan.  Rossiyada  esa  O’zbekiston  sarmoyasi  ishtirokida  tuzilgan  250 
ga  yaqin  qo’shma  korxona  mavjud.  O’zbekiston  Rossiyadan  mashinalar  va 
jihozlar,  kimyo  maxsulotlari  va  plastmassa,  qora  metall  va  boshqa  tovarlar  sotib 
olib,  Rossiyaga  turli  mashina  va  jihozlar,  paxta  tolasi,  xizmatlar,  oziq -ovqat 
mollarini  eksport qiladi. 
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning  2001  yil  3-5 may kunlari,  2004 yil  aprel 
oyida  Rossiyaga  tashrifi  va  Rossiya  Federatsiyasi  Prezidenti  V.Putin  2004  yil iyun 
oyida  O’zbekistonga  tashrifi  ikki  mamlakat  o’rtasidagi  hamkorlikni  yangi 
pog’onaga  ko’tardi.  2004  yil  16  iyunda  O’zbekiston  Respublikasi  va  Rossiya 
Federatsiyasi  o’rtasida  strategik  sherikchilik  to’g’risida  bitim  imzolandi.  15 
moddadan  iborat  mazkur  bitim  o’zaro  xavfsizlikni  ta’minlash,  global  tahdidlarga 
qarshi  harakat  qilish,  siyosiy,  iqtisodiy  va  gumanitar  sohalardagi  hamkorlikni 
kengaytirishga  qaratilgan  strategik  sherikchilikning  mustahkam  poydevori  bo’lib 
xizmat  qiladi.  Uchrashuv  davomida  O’zbekiston  Respublikasi  bilan  «Lukoyl»  neft 
kompaniyasi  OAJ  hamda  «O’zbek  neft-gaz»  milliy  xolding  kompaniyasi  bilan 
«Gazprom»  ochiq  aktsiyadorlik  jamiyati  o’rtasida  mahsulot  taqsimotiga  oid  bitim 
imzolandi.  Bu  hujjat  Rossiya  tomonidan  O’zbekiston  yoqilg’i  energetikasi 
sohasiga  qariyb  1  mlrd.  AQSh  dollari  miqdorida  investitsiya  kiritishni  nazarda 
tutadi.  Ikki  mamlakat  o’rtasidagi  savdo  hajmi  2003  yilda  1  mlrd.  149  mln.  AQSh 
dollarini  tashkil  etdi. 
O’zbekiston  Rossiya  o’rtasidagi  munosabatlar  tom  ma’nodagi  teng 
huquqlilik,o’zaro  manfaatdorlik,  bir-birlarining  suvereniteti,  hududiy  yaxlitligi  va 
manfaatlarinihurmat  qilish  tamoyillari  asosida chuqurlashib bormoqda. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish