Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul


Kengashda Almati Deklaratsiyasi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/108
Sana28.05.2020
Hajmi0,87 Mb.
#57325
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   108
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fanindan maruza matnlari (1)

Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar 
haqida bayonot berildi: 
• hamdo’stlik qatnashchilarining  o’zaro aloqalari ular  o’rtasidagi tenglik  asosida 
tuziladigan  bitimlar  hamda bitimlarda  belgilangan  tartiblar  doirasida faoliyat 
yuritadigan  muvofiqlashtiruvchi  muassasalar orqali amalga  oshiriladi; 
• MDH davlat  ham emas, davlatlar  ustidagi  tuzilma  ham emas; 
•  xalqaro  strategik  barqarorlikni  va  havfsizlikni  ta’minlash  maqsadida 
harbiystrategik 
kuchlarning  birlashgan  qo’mondonligi va yadro quroli ustidan yagona 
nazorat saqlab qolinadi; 
• MDH ochiqdir, uning  barcha a’zolari roziligi  bilan  sobiq SSSR ning a’zolari va 
boshqa davlatlar ham unga qo’shilishi  mumkin; 
• umumiy  iqtisodiy makonni,  umumiy  bozorni vujudga keltirishda  va 
rivojlantirishda  hamkorlik  qilishga  sodiqlik tasdiqlanadi; 
• MDHning  tuzilishi  bilan  SSSRning mavjudligi  to’xtatiladi; 
•  Hamdo’stlik  qatnashchilari  o’z  Konstitutsiyalaridagi  tartib,  qoidalarga  binoan 
sobiq 
SSSR ning shartnomalari  va bitimlaridan  kelib  chiqadigan halqaro majburiyatlarini 
bajarilishiga  kafolat  beradilar; 
• MDH qatnashchilari  mazkur  Deklaratsiya  qoidalariga  og’ishmay rioya etish 
majburiyatini  oladilar. 
MDH kengashlarini  tayyorlash bo’yicha ishchi guruhini  tuzish  to’g’risida protokol 
imzolandi.  Shu tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi
1993 yil  yanvarda  Minskda MDH Davlatlari  boshliqlarining  navbatdagi kengashi 
bo’ldi. Unda MDHning  Nizomi  imzolandi  va MDHning  huquqiy rasmiylashtirish 


jarayoni  yakunlandi. 
1991-1999  yillarda  MDH  davlat  boshliqlarining  25  ga  yaqin  kengashi  bo’lib, 
ulardahammasi  bo’lib  iqtisodiy,  ijtimoiy,  harbiy-siyosiy,  tashkiliy  va  umumiy 
sohalarga  oid1300  ga  yaqin  masalalar  muhokama  etilib,  tegishli  hujjatlar 
imzolandi.Hamdo’stlik  mamlakatlarining  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalari  katta 
mashaqqatlar  va  sekinlik  bilan  mustahkamlanib  bordi.  Qabul  qilingan  hujjatlarning 
aksariyati  qog’ozda  qolib  ketdi.  Bunga  sabab  tomonlarning  muammolarni  echishni 
istamayotganida  emas,  aksincha,  o’zaro  hamkorlik  teng  huquqli  asosda,  har  bir 
mamlakatning 
milliy 
manfaatlarini 
hisobga 
olgan 
holda 
yuritilishiga 
intilayotganligi  bilan  bog’liq  edi.  O’tgan  yillar  davomida  erishilgan  ahdlashuvlarni 
amalga  oshirishning  samarali  mexanizmi  yaratilmadi,  o’zaro  hisob-kitoblar 
muvofiqlashtirilmadi.2000  yil  24-25  yanvar  kunlari  Moskvada  MDH  mamlakatlari 
rahbarlarining  sammiti  bo’lib  o’tdi.  Unda  Rossiya  davlat  boshlig’i  V.Putin 
Hamdo’stlik  Davlatlari  boshliqlari  kengashining  raisi  etib  saylandi.  Ukraina  Bosh 
vaziri  V.Yushenko  MDH  mamlakatlari  hukumat  boshliqlari  kengashining  raisi  etib 
saylandi. 
Kengashda 
MDH 
a’zolari 
bo’lgan 
mamlakatlar 
o’rtasidagi 
munosabatlarni  yanada  rivojlantirish,  MDHni  isloh  qilish  borasidagi  masalalar 
muhokama  qilindi.  Bu  kengash  MDHning  kelajagiga  katta  ishonch  uyg’otdi.  Bu 
ishonch  Rossiya  Prezidenti  V.Putinning  MDH  doirasidagi  sheriklar  bilan 
yaqinlashishga  qaratilgan  harakatlarida  o’z  ifodasini  topmoqda.  2000  yil  21  iyunda 
Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining 
sammitida  MDH  doirasida  erkin  savdo  zonasi  barpo  etish  borasidagi  ishlarni, 
integratsiya  jarayonlarini  faollashtirishga  qaratilgan  2005  yilgacha  bo’lgan 
muddatda  Hamdo’stlikni  rivojlantirish  dasturi  muhokama  qilindi  va  tegishli  hujjat 
imzolandi.  2003  yilgacha  jinoyatchilik,  terrorchilik  va  ekstremizmning  turli 
ko’rinishlariga  qarshi  birgalikda  choralar  ko’rish  to’g’risida,  MDHning 
terrorchilikka  qarshi kurash markazini  tuzish  haqida qarorlar qabul qildilar. 
Terrorchilikka  qarshi kurash markazi  rahbari  etib Rossiya Federal xavfsizlik 
xizmati,  Konstitutsiyaviy  tuzimni  himoya  qilish  va terrorchilikka  qarshi kurash 
departamenti  boshlig’ining  birinchi  o’rinbosari Boris Milnikov  tayinlandi. 
2001  yil  29-30  noyabr  kunlari  Moskvada  MDH  tashkil  etilgan  kunning  10 
yilligiga  bag’ishlangan  yubiley  sammiti  bo’lib  o’tdi.  Sammit  qatnashchilari 
Afg’onistondagi  voqealar  to’g’risida  bayonot  qabul  qildilar.  Bayonotda  aksilterror 
operatsiyasi  ijobiy  baholandi.  Yubiley  sammitida  yana  bir  hujjat  –  MDH 
tuzilganining  10  yilligi  munosabati  bilan  Bayonot  imzolandi.  Bayonotda  10  yil 
davomida  rejalashtirilgan  hamma  tadbirlar  ham  amalga  oshmagani  ta’kidlandi. 
Hamdo’stlik  barcha  a’zo  mamlakatlar  xalqlari  farovonligini  oshirish  yo’lida 
salohiyatga  ega ekanligi,  undan foydalanish  zarurati  e’tirof etildi. 
MDHning  10 yillik  tarixi  guvohlik  beradiki,  Hamdo’stlikning  tashkil  etilishi 
foydali  bo’ldi. Hamdo’stlik 10 yil  oldin qanday kerakli  tashkilot  bo’lgan bo’lsa, 
bugungi  kunda  ham  shunday  keraklidir.  Sobiq  Ittifoq  parchalangach,  yuzaga 
kelgan  mustaqil  davlatlarning  bir-biriga  bog’langan  iqtisodiyotini  to’ldirib  turish 
zarur  edi.  Hamdo’stlik  mana  shunday  to’ldiruvchilik  rolni  o’ynadi,  parchalanish 
jarayonida  nizo-janjal  chiqishiga  yo’l qo’ymadi. 


Hamdo’stlik  hozirgi  kunda  ham  ahamiyatini  yo’qotgani  yo’q.  MDH  yon-
atrofdagi  voqealarga  munosabat  bildirishda  yakdillik  ko’rsatish,  xususan,  terror, 
narkobiznes,  uyushgan  jinoyatchilik,  ekstremizm  kabi  balolarga  qarshi  turishda 
hamjihatlikni  mustahkamlash,  bahamjihat  harakat  qilishda  muhim  o’ringa  ega. 
Hamdo’stlikning  yana  bir  ahamiyatli  tomoni  shundaki,  globalizatsiya  jarayonlari 
jadallashib  borayotgan  hozirgi  sharoitda  dunyoda  yuz  berayotgan  iqtisodiy  va 
siyosiy  o’zgarishlarga  tayyor  turish,  turli  inqirozlarni  engishda  barcha  a’zo 
davlatlar  uchun kerakli  va foydali  tashkilotdir. 
O’zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatida  hamdo’stlik  mamlakatlari  bilan 
ikki  tomonlama  hamkorlikni  yo’lga  ko’yish  va  rivojlantirish  alohida  o’rin  tutadi. 
Ikki  tomonlama  hamkorlik  deganda  ikki  davlat  o’rtasidagi,  ya’ni  O’zbekistonning 
boshqa  bir  mamlakat  bilan  davlatlararo  aloqalarni  yo’lga  qo’yish  va 
chuqurlashtirish  jarayoni  tushuniladi. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish