Doiraviy dixroizm usuli asosida qutblangan nurning optik faol molekulaga
tasiri yotadi. Makromolekulalarning turli qismlari anizotrop bo’lganligi sababli
nurni turlicha yutadi, hamda ushbu spektrlarni yozib olish mumkin.
İK
-spektroskopiya
usullari
bilan
infraqizil
nur
yordamida
makromolekulalarning ikkilamchi strukturasi va to’lqinsimon dinamikasi
o’rganiladi.
Differentsial
spektrofotometriya
usuli
makromolekulalarning
konformatsion holati, xromofor guruhlarning erituvchi molekulalari bilan o’zaro
tasirini o’rganadi.
Elektron paramagnit rezonans (EPR) usuli bilan makromolekulalar
konformatsiyasi, strukturalar va gidrat qavatlari lokal harakatchanligini aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |