Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Referendum – bevosita demokratiya shakli



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3-§. Referendum – bevosita demokratiya shakli 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasida “Jamiyat va davlat 
hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, 
umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi 
qonun bilan belgilanadi”,degan qoida esa fuqarolarimizning jamiyat va 
davlat hayotining eng muhim masalalarini hal etishda bevosita 
ishtirokini kafolatlaydi. Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining xalq hokimiyatchiligi tamoyiliga asoslanganligini yana 
bir karra yaqqol ko‘rsatadi. 
Xalq hokimiyatchiligi – butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan 
xalqqa tegishli degani. Konstitutsiyaga binoan, xalq hokimiyatni bevosita 
hamda o‘zi saylab qo‘yadigan organlari orqali amalga oshiradi. Xalq 
saylovlar yo‘li bilan hokimiyatning vakillik organlarini shakllantiradi, 
mamlakat Prezidentini saylaydi, umumxalq muhokamasi va referendumlar 
orqali jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini hal qiladi. 
Konstitutsiyaning 9-moddasida o‘rnatilganidek, jamiyat va davlat 
hayotining eng muhim masalalari umumxalq muhokamasiga olib chiqiladi, 
shuningdek, umumxalq ovozi–referendum yo‘li bilan hal qilinadi. 
Referendum so‘zining lug‘aviy ma’nosi lotincha “yetkazilishi, 
ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan narsa”, deganidir, ya’ni davlatda hal 
qilinishi lozim bo‘lgan muhim masalalar xalqqa ma’lum qilinadi va
uning ovoz berishi orqali hal etiladi. Referendum respublikamizda 
demokratiyaning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, xalq hokimiyatini bevosita 
amalga oshirish vositasi hisoblanadi.


69 
Xorijiy konstitutsiyashunoslik tajribasiga nazar tashlasak, referendum 
deganda, qonun chiqaruvchi organ tomonidan Konstitutsiya, qonunlar 
qabul qilish yoki boshqa ichki va tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha hal 
qiluvchi, oxirgi qaror qabul qilinishi nazarda tutiladi. Referendum 
o‘tkazish shartlari va tartibi konstitutsiyaviy tuzumga ega bo‘lgan 
davlatlarning Konstitutsiyasi va qonunlari bilan tartibga solinadi. 
Konstitutsiyaviy huquqda umumxalq ovoziga qo‘yiladigan 
masalaning mohiyatiga, uni o‘tkazish usuliga va qo‘llash doirasiga qarab 
referendumning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: 
1.
Konstitutsiyaviy referendum. Bunda yo Konstitutsiya loyihasi, yoki 
Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirish (tuzatish, qo‘shimcha) haqidagi 
loyiha umumxalq ovoziga qo‘yiladi. 
2.
Qonun ta’sis etuvchi referendum. Bunda Konstitutsiyadan boshqa 
biron bir muhim qonun loyihasi umumxalq ovoziga qo‘yiladi va qabul 
qilinadi. 
3.
Majburiy referendum. Bu umumxalq ovoziga qo‘yilishi shart 
bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladi. Masalan, davlat suverenitetiga, 
demokratik davlatlarda oliy hokimiyat organlari vakolatlarining 
o‘zgarishiga va shu kabilarga taalluqli masalalar, albatta, referendum 
orqali hal etiladi. Majburiy referendumda tegishli qonun loyihasi butun 
saylovchilar korpusi tomonidan ratifikatsiya qilinishi (rasman 
tasdiqlanishi) shart. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida 
Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish haqida loyiha taqdim qilingan bo‘lsa, 
u jami shtatlarning kamida uchdan ikki qismi tomonidan ma’qullangan 
bo‘lishi lozim. 
4.
Fakultativ (majburiy bo‘lmagan) referendum. Bunda oliy qonun 
chiqaruvchi organ muayyan masalani xohlasa umumxalq ovoziga qo‘yish 
orqali, xohlasa xalq vakillik organlari orqali hal qilishi mumkin. Fakultativ 
(majburiy bo‘lmagan) referendum o‘tkazish tashabbusi bilan saylov 
korpusi (masalan, Italiyada), federativ tuzilishiga ega bo‘lgan davlatlarda 
federatsiyaning alohida subyektlari (masalan, Shvetsariyada) yoki 
markaziy hokimiyat (masalan, Fransiyada) chiqishi mumkin. 
Respublikamizda referendum o‘tkazish tartibi 1991-yil 18-noyabrda 
qabul qilingan (2001-yil 29-avgustda yangi tahrirda) “O‘zbekiston 
Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga 
solinadi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi referendumi O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish 


70 
maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari 
yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
Referendum saylovlar bilan bir qatorda, xalq irodasining bevosita 
ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega 
bo‘lib, faqat referendum o‘tkazish yo‘li bilan bekor qilinishi yoki 
o‘zgartirilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risidagi 
qarorni qabul qilish huquqiga faqat O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi egadir. Agar Oliy Majlis referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror 
qabul qilsa, unda uni o‘tkazish sanasi aniqlanadi, bunda ovoz berish Oliy 
Majlis palatalari qarori e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan, 
uch oygacha bo‘lgan davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin. 
Referendum o‘tkaziladigan kun haqida u tayinlangandan keyin kechi 
bilan uch kun ichida matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida 
e’lon qilinadi. Referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan 
keyin kechi bilan o‘n kun ichida referendumga qo‘yilayotgan qonun
yoki o‘zga qarorning loyihasi e’lon qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish tashabbusi bilan: 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining palatalari;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi 
mumkin. Bunda ushbu ko‘rsatib o‘tilgan subyektlar referendum o‘tkazish 
to‘g‘risidagi tashabbusni ko‘rsatishda, referendumga qo‘yiladigan 
qonun loyihasini yoki o‘zga qaror loyihasini ishlab chiqishda, 
shuningdek,masala ta’rifini (mohiyatining aniq ifodasini) belgilashda
teng huquqlarga egadirlar. 
Referendumni tashkil etish va o‘tkazish quyidagi komissiyalar 
tomonidan amalga oshiriladi: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi. 
2. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari. 
3. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari. 
Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning vakolatlari ular tuzilgan 
paytdan boshlab vujudga keladi va referendum natijalari e’lon qilingan 
paytdan bir oy o‘tgach to‘xtatiladi. 
Ovoz berish referendum kuni mahalliy vaqt bilan soat 6.00 dan
20.00 ga qadar o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi haqida uchastka 
komissiyasi referendum o‘tkaziladigan kunga kamida o‘n besh kun 
qolganida fuqarolarni xabardor qiladi. 


71 
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan 
fuqarolari referendumda qatnashish huquqiga egadirlar. Sud tomonidan 
muomalaga layoqatsiz, deb topilgan ruhiy kasal fuqarolar, shuningdek, 
sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan 
shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emaslar. 
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy 
mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining
turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish 
huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi. 
Qonunda referendum o‘tkazish prinsiplari o‘rnatilgan bo‘lib, unga 
binoan fuqarolar referendumda ixtiyoriy tarzda va bevosita ishtirok 
etadilar. Referendumda ovoz berish yashirin o‘tkaziladi, fuqarolarning
o‘z xohish-irodalarini izhor etishlarini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Fuqarolar referendumda teng asoslarda ishtirok etadilar. Har bir 
fuqaro shaxsan ovoz beradi va bir ovozga ega bo‘ladi. Referendumni 
tayyorlash va o‘tkazish davomida keng oshkoralik, jamoatchilikning 
ishtiroki ta’minlanadi. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni 
o‘tkazishni referendum o‘tkazuvchi komissiyalar amalga oshiradilar.
Ular fuqarolarni o‘z ishlaridan, okruglar, ovoz berish uchastkalari 
tuzilganligi, komissiyalarning tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish 
vaqtidan voqif etadilar, ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari 
bilan tanishtiradilar, ovoz berish yakunlaridan xabardor qiladilar. 
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari 
referendumga tayyorgarlikning borishi va u qanday o‘tayotganligini 
yoritib boradilar. 
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha 
tadbirlarda siyosiy partiyalardan, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan 
kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa 
davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar qatnashish 
huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan 
tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari o‘z 
kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug komissiyalariga referendum o‘tkazilishiga 
kechi bilan o‘n besh kun qolganida ma’lum qiladilar. Okrug komissiyasi 
ana shunday ariza olganidan keyin besh kun ichida O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi 
mandatni kuzatuvchi uchun beradi.Boshqa davlatlar va xalqaro 
tashkilotlarning kuzatuvchilariga mandatni O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy saylov komissiyasi beradi. 


72 
Yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasining referendumi 
to‘g‘risida»gi Qonunning 9-moddasida kuzatuvchilarning huquqlari va 
qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emasligi ko‘rsatilgan. 
Qonunda referendumga qo‘yiladigan masalalar yuzasidan tashviqot olib 
borish tartibi ham belgilangan (10-modda). Unga ko‘ra, O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari referendum o‘tkazilishini yoqlab yoki unga qarshi, 
referendumga qo‘yilayotgan qonun loyihasi, amaldagi qonun yoki 
boshqa masalani yoqlab yoxud unga qarshi moneliksiz tashviqot olib 
borishga haqlidirlar. Bunday tashviqot olib borish maqsadida radio, 
televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish 
mumkin. Biroq shuni unutmaslik kerakki, tashviqotni fuqarolarga bepul 
yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot 
xizmatlari bundan mustasno), shuningdek, pul mablag‘lari to‘lash bilan 
qo‘shib olib borish taqiqlanadi. 
Referendum o‘tkaziladigan kuni tashviqot yuritishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Referendumga qo‘yiladigan masalalar xalq, jamiyat, 
davlat manfaatlaridan kelib chiqqanligi uchun unda fuqarolarning 
aksariyati doimo faol ishtirok etadi. Masalan, mustaqillik sharofati
bilan yurtimizda o‘tkazilayotgan referendumlarni eslaylik. Chunonchi, 
1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi 
to‘g‘risidagi masalaga doir referendum o‘tkazilib, unda O‘zbekiston xalqi 
Respublika Oliy Kengashi e’lon qilgan O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat mustaqilligini ma’qulladi. Ushbu umumxalq referendumida 
9 million 898 ming 707 kishi, ya’ni saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 
94,1 foizi qatnashdi. 
2001-yil 12-dekabrda esa,O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 
jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalaridan biri sifatida ikki 
palatali parlamentga o‘tish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 
referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi
8
. Referendum 
2002-yil 27-yanvar kuni o‘tkazildi hamda referendumda ovoz beruvchilar 
ro‘yxatiga kiritilgan 93,65 foizi ikki palatali parlamentni yoqlab ovoz 
berdi
2
.
8
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2001.- 

8 - 22-24 
2
ЎзбекистонРеспубликаси
Олий
Мажлиси
Қонунчилик
палатасининг
расмий
веб
-
сайти

www.parliament.gov.uz. 


73 
Referendum haqida so‘z ketar ekan, shu narsani yodda tutish lozimki, 
referendumga davlat va jamiyat hayotiga taalluqli barcha masalalar 
qo‘yilavermaydi. Masalan, respublika hududiy butunligini o‘zgartirish 
to‘g‘risidagi, soliqlar, byudjet, amnistiya (afv etish), jamoat 
tartibini, aholining sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan 
favqulodda va shoshilinch choralar ko‘rish to‘g‘risidagi, O‘zbekiston 
Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan 
majburiyatlarning bajarilishi haqidagi, mansabdor shaxslarni tayinlash va 
vazifasidan ozod etish bilan bog‘liq masalalar umumxalq ovozi-
referendumga qo‘yilmaydi. Bu masalalar Konstitutsiyaga binoan, tegishli 
davlat hokimiyat organlari, xususan, Oliy Majlis va Prezident tomonidan 
ko‘rib, hal qilinadi. Zero, Oliy Majlis ham, Prezident ham bevosita xalq 
tomonidan saylab qo‘yiladi. Bu borada ham Konstitutsiyaning demokratik 
tomoni ko‘zga yaqqol tashlanadi, umumxalq ovozi hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish