–to’rtinchidan,
“dunyo tajribasiga ko’ra, doimiy ishlovchi quyi
palataning mavjudligi ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratini
kuchaytirish imkonini beradi. Bir yilda uch marta faqat sessiyalarda
yig’iladigan parlament bilan bu vazifani amalga oshirib bo’lmaydi.
Doimiy ishlovchi professional quyi palataning mavjudligi esa, deputatlarga
qonun ishlab chiqish va uni qabul qilish bilan bir qatorda, ularning qay
darajada ijro etilayotganligini ham nazorat qilish imkonini beradi”
1
;
–beshinchidan,
“vakillik organi sifatida tuzilayotgan, hududiy
subyektlar - mahalliy kengashlar deputatlari vakillarini teng miqdorda
birlashtiruvchi yuqori palata - Senatning shakllantirilishi qonunchilikning
eng yuqori organi bo’lmish Oliy Majlisga, ta’bir joiz bo’lsa, mamlakatning
yurak urishini bilib turish, mintaqalar bilan bevosita aloqalarni amalga
oshirish, ularning manfaatlarini aks ettirish va himoya qilish imkonini
beradi”
2
;
–oltinchidan,
Senat a’zolarining asosiy qismi, odatda, ijro etuvchi
hokimiyat tarmog’ida doimiy faoliyat ko’rsatadilar. Shu sababdan
Senat davlat hokimiyatining vakillik va ijroiya organlari faoliyatini
tutashtirib turuvchi bo’g’in hisoblanadi. Quyi palata tomonidan qabul
qilingan qonunlarni ma’qullash yoki rad etish orqali Senat ularning nafaqat
hududlar manfaatlarini o’zida aks ettirganligiga, balki qay darajada amaliy
ekanligiga ham baho beradi;
–ettinchidan,
ikki palatali parlamentga o’tilishi bilan “O’zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti vakolatlarining bir qismi, birinchi
galda, davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar
va xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash
masalalari yangi tashkil etiladigan yuqori palata - Senatga o’tkaziladi”
3
.
Bu esa, davlat hokimiyati organlari o’rtasida hokimiyat vakolatlarining
yanada mutanosib taqsimlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur omillardan kelib chiqib, navbatdagi ustuvor vazifa sifatida
ikki palatali parlamentga o’tishni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish
masalasi qo’yildi. 2001-yil 12-dekabrda O’zbekiston Respublikasining
Oliy Majlisi jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalaridan biri
sifatida ikki palatali parlamentga o’tish yuzasidan O’zbekiston
1
Азизхўжаев
А
.
А
.
Чин
ўзбек
иши
.
Тошкент
.: “
Академия
”
нашриёти
, 2003. -77-
бет
.
2
Каримов
И
.
А
.
Биз
танлаган
йўл
-
демократик
тараққиёт
ва
маърифий
дунё
,
ҳамкорлик
йўли
.
Т
.11. –
Тошкент
.:
Ўзбекистон
, 2003. - 218-
бет
.
3
Каримов
И
.
А
.
Биз
танлаган
йўл
-
демократик
тараққиёт
ва
маърифий
дунё
,
ҳамкорлик
йўли
.
Т
.11. –
Тошкент
.:
Ўзбекистон
, 2003. –
Б
. 220.
445
Respublikasining referendumini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi
4
.
Referendum 2002-yil 27-yanvar kuni o’tkazildi hamda referendumda
ovoz beruvchilar ro’yxatiga kiritilgan 93,65 foizi ikki palatali
parlamentni yoqlab ovoz berdi
1
.
Referendum natijalari mamlakatimizning demokratik yangilanish va
erkin ijtimoiy tuzumga xos bo’lgan barcha asosiy qadriyatlarni
o’zida mujassam etgan fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidagi
bosqichma-bosqich, izchil harakati hozirgi kunda hech qanday kuch
to’xtata olmaydigan muqarrar, qonuniy jarayonga aylandi, deb
hisoblashimiz uchun asos bo’ldi.
Shu asosda 2002-yil 4-aprelda “Referendum yakunlari hamda davlat
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi
konstitutsiyaviy qonun
2
va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
“2002-yil 27-yanvarda o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi
referendumining yakunlari bo’yicha amalga oshiriladigan qonunchilik
ishlarining asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Dastlabki bosqichda qonunchilik ishlari strategiyasining asosiy
yo’nalishlari va ustuvorlikni belgilab olish zaruratidan kelib chiqib qabul
qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil
etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi konstitutsiyaviy qonun
referendum yakunlarini qonunchilik tilida ifodalab - muhrlab berdi
hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartishlar
kiritishga asos bo’ldi, kelgusida qabul qilinishi lozim bo’lgan, o’zgarishlar
jarayonini o’zida mujassam etadigan yangi qonunlar oldiga prinsipial
talablar qo’ydi.
Keyingi bosqichda yuqoridagi masalalarni huquqiy tartibga soluvchi
qonun hujjatlarini qabul qilish boshlandi. Dastlab, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida (2002-yil 12-dekabr) va
O’zbekiston Respubli-kasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to’g’risidagi(2002-yil 12-dekabr)gi konstitutsiyaviy qonunlar qabul
qilindi. Ular asosida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida(2003-yil 24-aprel)gi
qonun qabul qilindi. Mazkur qonun ikki palatali parlament va parlament
palatalarining yuqorida tilga olingan konstitutsiyaviy qonunlar bilan
4
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2001.-
№
8 - 22-24
1
ЎзбекистонРеспубликаси
Олий
Мажлиси
Қонунчилик
палатасининг
расмий
веб
-
сайти
.
www.parliament.gov.uz.
2
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Ахборотномаси
, 2002 -
№
4-5 - 60-
модда
.
446
belgilangan huquqiy maqomini O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilishini ta’minladi.
Endilikda parlamentni shakllantirish jarayoni tubdan o’zgarganligi
munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to’g’risida (2003-yil 29-avgust) gi Qonunga o’zgartishlar va qo’shimchalar
kiritilib, uning yangi tahriri qabul qilindi. Xuddi shu kuni yangi
shakllantirilayotgan Oliy Majlis palatalarining ish rejimini huquqiy
tartibga solishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining reglamenti to’g’risida(2003-yil 29-avgust),
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to’g’risida
(2003-yil 29-avgust)gi qonunlar qabul qilindi. Eng so’nggi bosqichda,
ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputatining va Senati a’zosining huquqlarini, majburiyatlarini hamda
deputatlik, senatorlik faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilashga
qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to’g’risida (2004-yil
2-dekabrda)gi qonun va Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatini
hamda Senati a’zosini chaqirib olish to’g’risida (2004-yil 2-dekabrda)gi
qonun qabul qilindi.
O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarning ilk davrlaridayoq
professional parlamentarizmga bosqichma-bosqich, siyosiy ziddiyatlar
yoki qarama-qarshiliklardan holi ravishda, barqaror va izchil islohotlar
yo’li bilan erishish maqsad qilib olingan edi. Ikki palatali parlamentga
o’tish jarayonida ham mazkur prinsiplarga qat’iy amal qilindi.
Parlament islohotlari amalga oshirilgan ayrim mamlakatlarda dastlab
mazkur islohot tashabbuskori (davlat yoki hukumat boshlig’i yoxud
boshqa vakolatli organ) tomonidan yangi parlamentning muvaqqat nizomi
yoki faoliyatining asosiy prinsiplari qabul qilinadi. Uning huquqiy
maqomini belgilovchi hujjatlar esa, yangi parlament shakllantirilganidan
so’ng shu parlamentning o’zi tomonidan qabul qilinadi. Ba’zan, faoliyat
ko’rsatib turgan parlament tarqatib yuboriladi. O’zbekistonda esa, bu kabi
salbiy holatlar umuman yuz bermadi.
Xuddi, Oliy Kengash tomonidan Oliy Majlis faoliyatining huquqiy
asoslari ishlab chiqilganidek, ikkinchi chaqiriq O’zbekiston
Respublikasining Oliy Majlisi ikki palatali parlamentga o’tish zaruratidan
kelib chiqib, yangi parlamentga saylovlar o’tkazish tartibini, parlament,
uning palatalari, parlament a’zolarining huquqiy maqomini, ularning
faoliyat olib borish tartibini belgilovchi qonun hujjatlarini ishlab chiqdi.
447
Bu esa, ikki palatali parlamentga o’tish o’sha paytga kelib hayotiy
zaruratga aylanib ulgurgani, ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi o’zining besh yillik faoliyati davomida, rivojlangan
davlatlarda va o’zimizda to’plangan boy tajribalarga asoslangan holda,
zarur huquqiy hujjatlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lganligi,
parlament deputatlarida hali shakllantirilmagan ikki palatali Oliy
Majlisning qanday faoliyat olib borishi lozimligi to’g’risida aniq
tasavvurning mavjudligi bilan izohlanadi.
Nihoyat, 2004-yil 26-dekabrdagisaylov natijalariga ko’ra,
O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputatlarning 34,3 foizi,
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 23,3 foizi, Fidokorlar milliy-
demokratik partiyasidan 18 nafar, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan
11 nafar, Adolat sotsial-demokratik partiyasidan 10 nafar, tashabbuskor
guruhlardan 14 nafar deputat saylandi. Saylangan deputatlar orasida
quyidagi mutaxassislar vakillarini ko’rishimiz mumkin
1
. Bularga:
Do'stlaringiz bilan baham: |