Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Marketingning kompaniyadagi roli
“Marketing” atamasi tom ma’noda bozor sari harakatlanish jarayoni ma’nosini 
beradi, bu atama jarayonning ichki ikkiyoqlamalik xossasini to’la ochib bera olmaydi 
va marketingning “tahliliy” jihatiga nisbatan uning “faolroq” tomoniga ko’ra ko’proq 
urg’u beradi. Bu ikkiyoqlamalikni xarakterlash uchun “strategik” va “operatsion” 
marketing atamalaridan foydalaniladi. 
Operatsion marketing – bu qisqa muddatga mo’ljallangan rejalashtirishning 
mavjud bozorlarga qaratilgan faol jarayondir. Bu tovar, sotish, narx va 
kommunikatsiyalarga oid taktik vositalardan foydalanish yo’li bilan kerakli savdo 
hajmiga erishishning klassik tijorat jarayonidir. 
Operatsion marketingning asosiy maqsadi – sotishdan daromadlar hosil qilish, 
ya’ni maqsadli aylanmalardir. Bu sotishning eng samarali usullaridan foydalangan 
holda xarid uchun buyurtmalarni “sotish” hamda qabul qilish va ayni paytda 
harajatlarni kamaytirishni anglatadi. Ma’lum darajadagi savdo hajmiga erishishdan 
iborat bo’lgan maqsad operatsiyalar bo’limi uchun ishlab chiqarish dasturiga va 
savdo bo’limi uchun tovarlarni saqlash va bevosita o’tkazish dasturiga aylanib ketadi. 
Bundan kelib chiqadiki, operatsion marketing firmaning qisqa muddatli rentabelligiga 
bevosita ta’sir ko’rsatuvchi hal qiluvchi elementdir. 
Operatsion marketingning faolligi – firma faoliyatidagi, ayniqsa raqobat 
kuchaygan bozordagi hal qiluvchi omildir. Har qanday tovar, hatto uning sifati eng 
yuqori bo’lsa ham, bozor uchun maqbul narxga ega bo’lishi, sotish tarmog’i 
ko’taradigan, mo’ljaldagi iste’molchilarning odatlariga moslashgan bo’lishi kerak, 
hamda tovarning bozordagi yaxshi ketishini ta’minlovchi va uning o’ziga xos 
xususiyatlarini ta’kidlovchi kommunikatsiya yordamiga ega bo’lishi lozim. Bozorda 
talab taklifdan ko’p bo’lgan, firma xaridorlarga yaxshi tanish bo’lgan va raqobat 
bo’lmagan hollar kam uchraydi. 
Operatsion marketing marketingning eng ko’zga ko’rinarli jihatidir, bunga 
asosiy sabab shuki, reklama va tovarlarni siljitish faoliyatining roli g’oyatda 


105 
muhimdir. Ba’zi firmalar, masalan sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchilarning 
ko’pchiligi esa aksincha, marketingni reklama bilan uzviy bog’liq deb tushunib, uzoq 
vaqtgacha marketing bizning biznesga to’g’ri kelmaydi, deb hisoblab keldilar. 
Demak, marketing – bu firmaning tijorat dastagi bo’lib, hatto eng yaxshi strategik 
reja ham yaxshi natijalarga olib kela olmaydi. Ammo, ko’rinib turibdiki, yetarlicha 
katta strategik bazasiz mutlaqo rentabelli operatsion marketing ham bo’lishi mumkin 
emas. Fikrsiz dinamizm - asossiz tavakkaldir, xolos. Operatsion marketing rejasi har 
qancha kuchli bo’lmasin, u ehtiyoj yo’q bo’lgan joyda talabni yuzaga keltira olmaydi 
va yo’qolib ketishi muqarrar bo’lgan faoliyat yo’nalishini saqlab qola olmaydi. 
Binobarin, rentabellikni ta’minlash uchun operatsion marketing strategik fikrlashga 
asoslangan bo’lishi kerak, u esa o’z navbatida bozordagi ehtiyojga va uning 
kutilayotgan evolyutsiyasiga tayanadi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish