2.5. Loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsiya
strategiyasini ishlab chiqishning ahamiyati
Innovatsiya
– bu har qanday faoliyat sohasida kiritiluvchi ilmiy yangiliklardir
(ilmiy kashfiyotlar, nou-xau, ilmiy ixtirolar va hokazo), xususan:
fan-texnika sohasida bu ilmiy-texnik innovatsiyalar – kompyuter, lazer,
mikroto’lqinli yarimo’tkazgich texnologiyalari, elektron pochta, uyali aloqa va
53
Internet global tarmoqlari ishini ta’minlovchi integratsiyalangan aloqa liniyalari va
sun’iy yo’ldosh aloqasi, robot texnikasi;
energetika sohasida – atom energetikasi, sintetik yoqilg’i va oziq-ovqat
mahsulotlari olish;
tibbiyot sohasida - gen muhandisligi (DNK).
Mehnat, kapital, tabiiy resurslar va tadbirkorlik kabi sanoat ishlab
chiqarishidagi muhim omillar qatorida yana bir omil - innovatsion resurs paydo
bo’lgan. Biroq bunda ilmiy-texnik loyihalarni tijoratlashtirish, ya’ni ulardan bozor
raqobati sharoitlarida foyda olish maqsadida foydalanish borasida ayrim muammolar
mavjud.
Ko’p sonli empirik ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, iqtisodiy o’sishning
asosiy harakatlantiruvchi kuchi texnik taraqqiyot hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida kichik biznes va tadbirkorlik innovatsion jarayonda markaziy rol
o’ynaydi, innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo’lgan tarmoqlarda
asosiy raqobat quroli hisoblanadi. Bu kuzatuvlar yangi emas. Adam Smit o’zining
«Xalqlar boyliklari» asarida texnik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo’llab-
quvvatlovchi institutlarga alohida e’tibor qaratgan. XX asrning birinchi yarmi
iqtisodchilari orasida Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950) alohida o’rin egallaydi.
Uning zamonaviy iqtisodiy fikrlashga ko’rsatgan ta’siri neoklassik maktab vakillari
ta’siridan kam emas. Aynan shu olim innovatsiyalarni olg’a suruvchi va unda normal
darajadan katta bo’lgan daromadning asosiy manbasi bo’luvchi raqobat mexanizmini
tavsiflab bergan.
Innovatsiyalar yoki «yangi kombinatsiyalarni amalga oshirish» tushunchasiga
Shumpeter tashkilot, mahsulot yoki ishlab chiqarish jarayonini doimiy
takomillashtirish yo’li bilan olinuvchi strategik afzallik va yutuqlarni kiritgan. U
quyidagi besh holatni ko’rsatib o’tgan:
1) yangi ne’mat tayyorlash;
2) ishlab chiqarishning yangi usulini joriy qilish;
3) yangi sotuv bozorini o’zlashtirish;
4) xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar yangi manbasiga ega bo’lish;
54
5) tegishlicha qayta tashkil qilish, masalan, monopol holatni ta’minlash
3
.
Innovatsiyalarni amalga oshirishda pul bozorining roli ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Shumpeter uchun kapital «tadbirkorlarga berilishi lozim bo’lgan to’lov
vositalari summasi»
4
hisoblanadi. Aynan pul bozorida iqtisodiy loyihalar taqqoslanib,
rivojlanish moliyalashtiriladi, «kelajakdagi qiymat tizimi paydo bo’ladi
5
».
Iqtisodiyotning «yetakchi sektori» hisoblangan banklar ishlab chiqarishni
kengaytirishni yoki yangiliklar kiritishni moliyalashtirishi mumkin. Shumpeterga
ko’ra, ular milliy firmalar raqobatbardoshligini oshirishda strategik rol o’ynashi yoki
aksincha, vaziyatga sustkashlik bilan javob qaytarishi va «kelajakdagi qiymat»ni
izlamasligi mumkin.
Sanoat tarmoqlarida innovatsion-texnologik ustuvorliklar texnologiyalar
ro’yxatida aks etadi: bu ro’yxatlarni maksimal darajada kichraytirish, har 4-5 yilda
qayta ko’rib chiqish hamda mamlakatning maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion
dasturlari tarkibini belgilashda asos qilib olish lozim.
Tanlab olingan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish bo’yicha samarali
tizimni shakllantiruvchi omillar quyidagilarga asosan tasniflanishi lozim:
jahon texnologik makoni bo’yicha bo’lgani kabi, O’zbekiston Respublikasi
va MDH uchun ham olimlar jamoasi tomonidan muqobil konkursli asosda ishlab
chiqiluvchi uzoq muddatli (20-30 yil) ilmiy-texnik va innovatsion-investitsion
bashoratlar;
eng muhim bazaviy texnologiyalar bo’yicha ilmiy-texnik va innovatsion
xarakterga ega maqsadli dasturlar;
sanoat tarmoqlarida bazaviy texnologiyalarning ayrim bo’g’inlarini amalga
oshiruvchi davlat ahamiyatiga molik eng muhim innovatsion loyihalar.
Shuni qayd etish kerakki, iqtisodiy o’sishning tanlab olingan ustuvor
yo’nalishlarini amalga oshirishni resurslar bilan to’liq ta’minlash ko’p kanalli asosda
bajariladi:
3
Шумпетер И. Теория экономического развития (исследование предпринимательской прибыли, капитала,
кредита, процента и цикла конъюнктуры).-М.: Прогресс, 1982. - С. 159.
4
Шумпетер, 1934. - С. 122.
5
Шумпетер, 1934. - С. 125.
55
noishlab chiqarish sohasida innovatsion loyiha va dasturlarni, shuningdek,
eng muhim innovatsion loyihalar, maqsadli dasturlar, strategik rejalar va
bashoratlarni ishlab chiqishni byudjetdan moliyalashtirish, byudjet mablag’larini
dastur va loyihalar amalga oshiriluvchi butun muddat bo’yicha taqsimlash;
tanlab olingan ustuvor sanoat tarmoqlariga yo’naltirilgan innovatsion dastur
va loyihalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etish;
bunday dastur va loyihalarga xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish
uchun sharoitlar yaratish;
investitsiyalarga innovatsion mazmun bag’ishlash uchun sanoat tarmoqlarida
investitsion dastur va loyihalarning innovatsion-texnologik ekspertizasini tashkil
qilish.
Agar tadbirkorlardan «Nima uchun yangi texnologiyalarni o’zlashtirishga
shoshilmaysiz?» deb so’ralsa, ulardan deyarli har biri «Agar soliqlar kamroq,
kreditlar arzonroq bo’lib, import bojlari unchalik bo’g’maganda edi, innovatsiyalarni
joriy qilish haqida o’ylab ko’rish va hatto buni amalga oshirishga kirishish ham
mumkin bo’lar edi» deb javob berar edi. Quloqqa qanchalik erish tuyo’lmasin, lekin,
bu bor haqiqat. Tadbirkor kerakli axborot va intellektual resurslarga ega bo’lgan va
qaysi innovatsiyani ishlab chiqish yoki ishlab chiqarishga tatbiq etish lozimligini
bilgan taqdirda ham u moliyalashtirish muammosiga duch keladi. Bu muammoni
uchta tarkibiy qismga ajratish mumkin: korxonaning o’z mablag’lari yetishmasligi,
banklarning kredit resurslariga ega bo’lishning qiyinligi hamda innovatsion
jarayonlarni qo’llab-quvvatlash mexanizmlarining mukammal emasligi.
Innovatsiyalarni rag’batlantirishga jahon amaliyotida keng qo’llanuvchi soliq
imtiyozlaridan maqsadli yo’nalgan holda foydalanish katta yordam ko’rsatgan bo’lar
edi. Mamlakatimizda mazkur sohada soliq imtiyozlari bilan rag’batlantirishning afzal
yo’llari deb ekspertlar quyidagilarni ko’rsatadilar:
yuridik shaxslarning investitsiyalarga va bu investitsiyalarni olish uchun
sarflangan kreditlarni qoplashga yo’naltiriluvchi xarajatlari miqdorida ularning
soliqqa tortiluvchi daromadini qisqartirish imkoniyatini taqdim etish. Bu imtiyoz
56
umuman olganda mavjud bo’lsada, biroq «hisoblangan eskirish hajmi to’liq
foydalanilgan sharoitda» qo’llanadi va amalda hech qanday samara bermaydi;
texnologik innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga investitsiyalar
ajratuvchi xususiy sektor korxonalarini maqsadli yo’nalgan holda soliq imtiyozlari
bilan rag’batlantirish. Jahon tajribalari ITTKI va ishlab chiqarish vositalariga
investitsiya qilinuvchi mablag’larni soliqdan ozod qilishning amaliy yordam
ko’rsatishini tasdiqlaydi;
tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblash uchun imkoniyatlar yaratish,
xususan, uning uchun baland normalar belgilash. Amaldagi amortizatsiya
mexanizmida bir qator cheklovlar mavjud: tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblash
oddiy amortizatsiya normasidan ikki baravardan ortiq bo’lishi mumkin emas; xarid
qilingan asosiy vositalarning katta qismini birinchi yilda amortizatsiya qilish
imkonining yo’qligi. Bunday cheklashlar natijasida ko’plab kichik korxonalar texnik
jihozlanishni oshirish uchun amortizatsiyadan foydalana olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |