Qurilish materiallari
– binolar (inshootlar) qurish va ta’mirlashda
ishlatiladigan tabiiy va sun’iy ashyolar hamda buyumlar.
289
Qo’shma korxona
– boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod
qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona.
Qo’shma korxona o’zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar
asosida tashkil qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika
vazifalarini echishga qaratiladi. Ta’sischilarning o’z mulklarini birlashtirish va
badallari hisobiga qo’shma korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qo’shma
korxona, asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib,
mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, o’z mustaqil balansiga ega
bo’ladi, to’liq xo’jalik hisobi asosida faoliyat olib boradi. Qo’shma korxonaning chet
ellik ta’sischisi daromad hissasini o’z mamlakatiga olib chiqib ketish (o’tkazish)
huquqiga ega bo’ladi.
Hisob stavkasi,
hisob foizi stavkasi, qayta moliyalashtirish stavkasi –
markaziy banklarning tijorat banklari rezervlarini to’ldirish va ularning o’z
mijozlariga bank xizmatlari ko’rsatish uchun beradigan kreditlariga belgilaydigan
foiz stavkasi; tijorat banklari Markaziy bankdan olgan kredit resurslari uchun
to’laydigan haq. Hisob stavkasi bozor mexanizmidagi g’oyat muhim iqtisodiy vosita,
davlatning pul siyosatida qo’llaniladigan kuchli iqtisodiy dastak. Hisob stavkasi pul
bozoridagi talabga ta’sir ko’rsatishning asosiy vositasi hisoblanadi. Iqtisodiyotda
o’sishni tezlatish maqsadlarida hisob stavkasi pasaytiriladi yoki aksincha,
iqtisodiyotda o’sish jadallashib, tovarlarni sotish qiyinlashganda o’sishni
sekinlashtirish uchun hisob stavkasi oshiriladi. Hisob stavkasiga pul bozoridagi
talabdan tashqari kutiladigan inflyatsiya darajasi ham ta’sir ko’rsatadi. Inflyatsiyadan
ko’riladigan yo’qotish hisob stavkasini oshirish orqali qoplanadi. Masalan,
me’yordagi hisob stavkasi 4 % bo’lib, inflyatsiya 3 % darajasida kutilsa, amaldagi
hisob stavkasi 7 %ni tashkil etadi. Markaziy bankning hisob stavkasi qancha yuqori
bo’lsa, tijorat banklari o’zlari taqdim etadigan kreditlar uchun oladigan foizi shu
qadar yuqori bo’ladi.
Hisobot
– korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan o’z faoliyati
to’g’risida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat,
statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, ma’lumotlar, hisob-kitob
290
hujjatlari.
Hukumat
– davlatning oliy kollegial organi. Hukumat turli mamlakatlarda
turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Frantsiya, Italiya, Polsha), Vazirlar
Mahkamasi (Buyuk Britaniya, O’zbekiston) va h.k. O’zbekistonda hukumat Vazirlar
Mahkamasi deb nomlanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalariga rahbarlik qiladi.
Hukumat tarkibi Prezident tomonidan shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |