Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Valyuta muomalalari hisobi



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

5.Valyuta muomalalari hisobi 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faqat milliy valyuta - sumdan emas, balki har xil xorijiy 
valyutalardagi pul mablag‘laridan foydalanmokda va muomalalarni amalga oshirmokda. Shu munosabat 
bilan valyuta boyliklari va muomalalari buxgalteriya hisobi obyektiga aylanmokda. 
Valyuta muomalalarining buxgalteriya hisobi: 
Valyuta muomalalari korxona faoliyatining tashkil etuvchilari sifatida ettirilishini; 
korxonaning haqikiy valyuta axvoli aniq aks ettirilishini; 
valyuta bitimlarining qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi, valyuta boylikla ri-ning borligi, 
ularning bus-butun saklanishi va to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlashi lozim. 
Korxona valyuta schyotini O‘zbekiston Respublikasining xududida istalgan vakolatli banklarda 
ochishi mumkin.
 
Korxonaning chet eldagi xorijiy bankda schyot ochishi va u bo‘yicha muomalalarni 
amalga oshirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ruxsati talab qilinadi. Buning 
uchun korxona ko‘rsatilgan schyotlardagi mablag‘lar qoldiklari to‘g‘risidagi hisobotni hamda boshqa 
ma’lumotlarni Markaziy Bank belgilagan shakl va muddatlarda taqdim etishi shart. 
Valyuta schyotini ochish uchun korxona bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi: Valyuta schyotini 
ochish to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi ariza; 
ustav va ta’sis shartnomasining notarial tartibda tasdiklangan nusxasi; 
korxona tuzilganligi yoki ruyxatga olinganligi haqidagi Qarorning notarial tartibda tasdiklangan
nusxasi; 
korxona ruyxatga olingan joydagi soliq inspektsiyasi va Pensiya fondida hisobga qo‘yilganligi
to‘g‘risida ma’lumotnoma; 
imzolar namunalari va muxr izi tushirilgan, notarial tartibda tasdiklangan (kartochka); 
Korxoianing valyuta schyotlariga quyidagi manbalardan pul kelib tushadi: 
eksport tovarlariga haq to‘lash uchun vakolatli banklar orqali chet eldan utkazilgan


106 
hisobvaraqlar egasidan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lash uchun boshqa soxiblar 
(norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sugurta va boshqa « tashkilotlar)ning valyuta schyotlaridan 
utkazilgan summalar; * O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan ruxsat etilgan
boshqa manbalar
Valyuta schyotidan mablag‘lar uning egasi ko‘rsatmasi bo‘yicha quyidagi maksadlarga uchirilishi
mumkin: 

schyot egasining eksport-import muomalalari bo‘yicha qabul qilingan bank shaklida 
chet elga utkazilishi; 

keyinchalik import qilinadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to‘lash uchun chet 
o‘tkazish maqsadida vakolatli bank mijozlari hisoblangan tashqi iqtisodiy tashkilotlarning 
schyotlariga o‘tkazilishi; 
- korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlar xakini to‘lash uchun boshqa sohiblar (norenidnetlar
birinchi vositachilar, transport, sugurta va boshqa tashkilotlar)ning valyuta schyotlaridan o‘tkazilishi; 
• bankning vositachilik haqini to‘lash maqsadida bankdan xorijiy valyutada olingan 
kre'ditdar 
bo‘yicha 
qarzni, 
pochta-telegraf, 
xizmat 
safari 
harajatlarini 
to‘lash, 
valyuta 
bozorlarida sotish uchun foydalanilishi; 
- qonun ruxsat etgan boshqa maksadlar uchun foydalanilishi mumkin. 
Xorijiy valyuta mablag‘lari, qiymatliklari va muomalalari xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan sanaga 
Markaziy bank kursi bo‘yicha sum ekvivalentida aks ettiriladi.
kassadagi valyuta mablag‘lari, bankdagi depozit va ssuda schyotlari, akkreditivlar,valyuta ssuda 
qarzlari; 
xorijiy valyutadagi debitor va kreditor qarzlar; 
tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yuk boj deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga import qilingan 
tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning kirimi; bojxona to‘lovlarining amalga oshirilishi; xorijiy 
valyuta ko‘rinishidagi pulli hujjatlar; xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar. 
Xorijiy valyutani sotish va sotib olish buxgalteriya hisobida muomala sodir gan sanaga bo‘lgan 
Markaziy bank kursi bo‘yicha aks ettiriladi. 
Xorijiy valyutani sotish va sotib olishda sodir bo‘ladigan kursdagi fark ijobiy bo‘lsa 9540-«Kurs 
farklaridan olingan daromadlar» hisobvarag‘ida, salbiy bo‘lsa - 9620-K'urs farklaridan zararlar» 
hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Xorijiy valyutaning sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
ettiriladi: valyuta schyotidan xorijiy valyutani Markaziy bank kursi bo‘yicha utkazilishi: Banklardagi 
maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i 
D-t «Valyuta hisobvarag‘i». 
- Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutani «Blokschot»dan chiqarilishi: 
D-t «Boshqa aktivlarning sotilishi» 
K-t «Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i. 
-
valyuta bozorida kelishilgan kurs bo‘yicha sotilgan xorijiy valyutaning so‘m 
ekvivalentining hisob-kitob hisobvarag‘iga utkazilishi:
-
D-t «Hisob-kitob schyoti» 
-
K-t «Boshqa aktivlarning sotilishi». 
xorijiy valyutani sotishda xosil bo‘lgan ijobiy kurs farqini Markaziy bank kursidan ortigining aks 
ettirilishi: 
D-t «Boshqa aktivlarning sotilishi»
K-t «Kurs farklaridan olingan daromadlar». 
xorijiy valyutani sotishda xosil bo‘lgan salbiy kurs farqining (Markaziy Bank kursidan past) aks 
ettirilishi: 
D-t «Kurs farklaridan zararlar»
K-t «Boshqa aktivlarning sotilishi». 


107 
O‘zining mahsulot (ish, xizmat)lari narxi (tariflari)ni xorijiy valyuta ekvivalentidan belgilaydigan 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyuta - sumda olib boradilar. Xizmat 
ko‘rsatgan sanada tulanmalarni tushgan sanasigacha Markaziy bank kursining o‘zgarishi natijasida sodir 
bo‘ladigan fark moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromad (harajat) sifatida xo‘jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy natijalariga olib boriladi. 
Xorijiy valyutani sotib olish muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan 
rasmiylashtiriladi: 
Valyuta bozorida kelishilgan kurs bo‘yicha xorijiy valyutani sotib olish kuniga: 
xorijiy valyutani sotib olish uchun hisob-kitob schyotidan sum ko‘rinishidagi mablag‘larni valyuta 
bozorida kelishilgan sotib olish kuniga bo‘lgan kurs bo‘yicha utkazib berilishi: 
D-t «Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i 
K-t «Hisob-kitob schyoti». 
Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutaning valyuta schyotiga utkazilishi:
D-t «Valyuta schyoti» 
K-t «Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i. 
- xorijiy valyutani Markaziy bank kursidan past kursda sotib olish natijasida sodir 
bo‘lgan ijobiy kurs farqining aks ettirilishi: 
D-t «Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i
K-t «Kurs farklaridan olingan daromadlar». 
- xorijiy valyutani Markaziy bank kursidan yukori kursda sotib olish natijasida sodir 
bo‘lgan salbiy kurs farqining aks ettirilishi: 
D-t «Kurs farklaridan zararlar» 
K-t «Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i. 
Mamlakat xududida va uning tashqarisida joylashgan bankdagi xorijiy valyuta schyotlaridagi pul 
mablag‘larining harakati va holati to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumot quyidagi Hisobvaraqlarda amalga 
oshiriladi: 5210-«Mamlakat ichidagi xorijiy valyuta Hisobvaraqlari» 5220-«Xorijdagi valyuta 
hisobvaraqlari». 
Korxonaning valyuta mablag‘lari hisobvaraqlari debetida korxona valyuta schyotlariga 
mablag‘larning tushumi, kredit tomonida esa ushbu mablag‘larning chiqimi aks ettiriladi. 
buxgalteriya hisobida valyuta schyotlari bo‘yicha muomalalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova 
qilingan pul-hisoblashishish hujjatlari asosida olib boriladi. Korxona valyuta mablag‘larining tahliliy hisobi 
xorijiy valyutada pul mablag‘larini saklash uchun bank muassasalarida ochilgan har bir hisobvaraq bo‘yicha 
ochiladi. 
№ 
Xo‘jalik muomalalarining 
mazmuni 
Hisobvaraqlar 
korrespondentsiyasi 
Yozuvlarni 
asdiqlovchi 
hujjatlar 
Debet 
Kredit 

Qarzdor korxonalar tomonidan Uzoq 
muddatlr qarzlarning qaytarilishi 
5210-
5220 
7820 
Valyuta 
schyotidan 
ko‘chirma 

Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan 
tushgan 
valyuta 
kirimining 
aks 
ettirilishi 
5210 
4010 
Valyuta 
schyotidan 
ko‘chirma 

Asosiy 
valyutalar 
va 
boshqa 
aktiqvlarning sotilishidan bankka kelib 
tushgan 
valyuta 
kirimining 
aks 
ettirilishi 
5210 
4010 
Valyuta 
schyotidan 
ko‘chirma 

Valyuta mablag‘larining kassadan 
valyuta schyotiga berilishi 
5210 
5010 
Pul topshirish e’loni 
valyuta Hisobvarag‘idan 
ko‘chirma 


108 

Bankdan 
kassaga 
valyuta 
mablag‘larning kelib tushishi 
5010 
5210 
Valyuta 
schyotidan 
ko‘chirma 

Kelib tushgan TMBlar uchun Mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
bo‘lgan qarzning o‘tkazilishi 
6010 
5210 
To‘lov topshriqnomasi 
va valyuta schyotidan 
ko‘chirma 

Bankning Uzoq va qisqa muddatli 
qarzlarning o‘zilishi 
7810-
6810 
5210 
To‘lov topshriqnomasi 
va valyuta schyotidan 
ko‘chirma 
Xorijiy valyuta harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni bank muassasasi korxonaga valyuta 
schyotidan ko‘chirma berish yuli bilan xabar beradi. 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta 
hisobvaraqlari”ning kredit oboroti 2/1-jurnal-orderda aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlarning debet oboroti 
2/1-qaydnomani yuritish bilan nazorat ko‘ilinadi. Valyuta hisobvarag‘i bo‘yicha tahliliy hisob 
kartochkalarda, valyutalarning nomlari bo‘yicha yuritiladi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish