Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

2 Savdo biznesi 
13
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 
10-bet. 


53 
Savdo biznesi mahsulotlarni sotish va sotib olishni, va shuningdek, savdo biznesi faoliyatini o`z 
ichiga oladi. Mahsulotlar xomashyo, uning qismlari yoki iste`molga tayyor mahsulotlar bo`lishi 
mumkin. Umumiy qilib olganda, savdo ulgurji sotuvchi ( ko`p miqdorda) yoki chakana sotuvchi ( 
oz miqdorda) turlariga bo`linadi. Savdogar ko`plab jarayonlardan o`tishni talab qilmaydigan sotuvchi
va xaridor o`rtasida mahsulot taqsimlovchi o`rtada turuvchi shaxs hisoblanadi. Ko`p savdogarlarning
qiladigan ishi mahsulotlarni o`rash, reklama qilish va sotib oluvchilarga mahsulotlarni yetkazib
berishdan iborat.
3 Ishlab chiqarish biznesi.
14
 
Xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni ishlab chiqarish deb nomlanadi. Shuning uchun , 
ishlai chiqarish biznesi ko`plab jarayonlarni o`z ichiga oladi, chunonchi savdo biznesi bilan
solishtirish, chunki bu iste`mol uchun tayyor mahsulotlar qilinadi. Holbuki, ishlab chiqarish biznesi
homashyo va mehnat jarayonida, fabrika natijasida: misol uchun egri mahsulotlar, egri mehnat,
fabrikaga yordamchi va qulaylik beruvchi mahsulotlarni o`z ichiga oladi.
Biznes uy sharoitida kichik ishlab chiqarishni tashkil etish ( uy xo`jaligi sanoati) : oziq-ovqat
ishlab chiqarish, tikuvchilik, hunarmandchilik va hokazolar yoki fabrikalarda yirik ishlab chiqarish: 
Proton yoki Saym Antennalari kabilardan iborat bo`ladi. 
2. Xo‘jalik faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari 
Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ko‘pchilik 
qismi moliyaviy xo‘jalik faoliyati iqtisodiyotning qaysi tarmog‘iga qarashliligidan qat'iy nazar xo‘jalik 
hisobi tizimiga asosan ish yuritadi. 
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlari mulklarining harakatini to‘liq, yoppasiga, 
uzluksiz o‘z usullariga asosan hisobga olishga asoslangandir. Korxonalarda xo‘jalik jarayonlarini kuzatish, 
faoliyat moliyaviy natijasiga baho berish zarur bo‘lib, bu zaruriyatni amalga oshirish uchun 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Ko‘rsatkichlar yordamida korxona biznes-rejasining bajarilishi, tovar-moddiy zaxiralari me'yoriga, 
xodimlar shtat ro‘yxati va boshqa me'yoriy ko‘rsatkichlariga rioya etilishi shuningdek, reja (mahsulot 
ishlab chiqarish, tovar aylanishi, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa) ko‘rsatkichlar bajarishlari 
nazorat qilinadi. 
Ko‘rsatkichlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlariga bo‘linadi. 
Miqdoriy ko‘rsatkichlar korxona xo‘jalik faoliyatidagi u yoki bu jarayon haqidagi ma'lumotga ega 
bo‘lish imkoniyatini beradi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatidagi asosiy va muhim jarayonlardan biri sotish jarayonidir. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiyotning qaysi tarmog‘iga qarashligiga ko‘ra, sotish jarayoni 
ko‘rsatkichining tarkibi turlicha bo‘ladi. Sotish jarayoni ko‘rsatkichi miqdoriga esa, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning faoliyat ko‘lami hamda turli ichki va tashqi omillar ta'sir etadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt 
iqtisodiyotning sanoat tarmog‘iga qarashli bo‘lsa, sotish jarayoni ko‘rsatkichi mazkur korxonada sotilgan 
tayyor mahsulotning umumiy miqdori, hamda alohida turlari bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lish 
imkoniyatini beradi. Savdo korxonalarida sotilgan tovarlarning umumiy va alohida turlari bo‘yicha olingan 
miqdoriy ko‘rsatkich sotish jarayoni haqidagi ma'lumotni beradi. Agar korxona qurilish tashkiloti bo‘lsa, 
ushbu korxona bajargan va sotilgan ishlari qiymati mazkur korxona sotish jarayonining miqdoriy 
ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Iqtisodiyotning tarmoqlari turli bo‘lib, ular orasida xizmat ko‘rsatuvchi sohalar ham mavjud. 
Masalan, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, bank muassasalari, mehmonxonalar va hokazo. 
14
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 
10-bet. 


54 
Mehmonxona, shifoxonalar uchun asosiy miqdoriy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, xizmat 
ko‘rsatilgan mijozlar soni, oliy ukuv yurtlari uchun esa tayyorlangan mutaxassislar soni hisoblanadi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot (ish, xizmat) sotish jarayonlaridagi miqdoriy 
ko‘rsatkichlar nafaqat umumiy hamda balki mahsulot (ish, xizmat) alohida turlari bo‘yicha ham zarur 
bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘rganish, taxlil etish natijasida korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini 
yanada rivojlantirish imkoniyatini beruvchi ichki va tashqi omillari aniqlanadi. 
Miqdoriy ko‘rsatkichlarga nafaqat sotish jarayoni ko‘rsatkichlari balki, ta'minot, ishlab chiqarish 
jarayoni ko‘rsatkichlari ham misol bo‘ladi. Ta'minot va ishlab chiqarish jarayonlari miqdoriy 
ko‘rsatkichlarining qay darajadaligi bevosita sotish jarayoni miqdoriy ko‘rsatkichiga o‘z ta'sirini 
ko‘rsatadi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish