279
Masala. Ta’minot jarayoni hisobi
Topshiriqlar
1)
To‘rtinchi amaliy mashg‘ulotda tuzilgan aylanma qaydnoma asosida “Sharq
yulduzi” aktsiyadorlik jamiyatining 1 aprel holatiga bo‘lgan buxgalteriya balansi tuzilsin.
2)
Tegishli muomalalarning noma’lum summalari aniqlansin va berilgan xo‘jalik
muomalalariga buxgalteriya o‘tkazmalari berilsin(10-vr14 – muomalalarga buxgalteriya
o‘tkazmalari berilmaydi).
3)
“Materiallar”chetining tahliliy chetlariga tegishli muomalalarning summalari
yozilsin.
4)
“Materiallar” cheti bo‘yicha “Transport – tayyorlov xarajatlari” degan alohida
tahliliy chet ochilsin va unga tegishli muomalalarning summalari yozilsin.
Topshiriqlarni bajarish uchun materiallar.
1.
Joriy buxgalteriya hisobida xom ashyo va materiallar sotib olish bahosida hisobga
olinadi. Mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga kura xarajatlar temir yo‘l tarifi
bo‘yicha mol etkazib beruvchilar tomonidan temir yo‘l tashkilotlariga to‘lanadi. Shuning
uchun schyot – fakturada xom ashyo va materiallarning sotib olish bahosidagi summa
alohida va temir yo‘l tarifi alohida ko‘rsatiladi.
2.
“Materiallar” chetidagi materiallarning haqiqiy tannarxda qoldig‘i:
-
ipak gazlama 50 metr x 1500 so‘m q 75000 so‘m;
-
bezakli gazlama 1000 metr x 5627 so‘m q 5627000 so‘m;
-
karton qutilar 1000 dona x 183 so‘m q 183000 so‘m;
-
klyonka 10 kg x 2500 so‘m q 25000 so‘m
Jami 5910000 so‘m
3.
Aprel oyida korxonanig quyidagi xo‘jalik muomalalari amalga oshirildi.
T/r
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Summa
(so‘m)
1
“Buxoro tekstil” qo‘shma korxonasidan quyidagi materiallar sotib olish
bahosida olinib, korxona omboriga qabul qilindi:
a) jun gazlama 200 metr, bir birlik bahosi 3000 so‘mdan;
b) ipak gazlama 100 metr, 1600 so‘mdan
c) yuqoridagi materiallarni olib kelish uchun to‘langan yo‘l xarajati
600000
160000
60000
2
“XXX” neftbaza unitar korxonasida quyidagi yoqilg‘i materiallari olinib
korxona omboriga qabul qilindi:
a) sotib olish bahosida:
- benzin “A - 80” 10 tonna, bahosi 1337500 so‘mdan
- benzin “A - 91” 5 tonna, bahosi 1525000 so‘mdan
b) yuqoridagi yoqilgini olib kelish uchun to‘langan temir yo‘l tarifi
13375000
7625000
450000
3
Transport tashkilotining schyot-fakturasiga asosan korxonaning bankdagi
280
hisob-kitob schyotidan material va benzinni tashish hamda tushirish
xarajatlari summasi o‘tkazib beriladi:
a) material bo‘yicha
b) benzin bo‘yicha
54000
10500
4
Pudrat tashkiloti tomonidan qurib tamomlangan imorat foydalanishga
qabul qilindi
4000000
5
Mol etkazib beruvchi tashkilotlardan o‘rnatish jihozlari olindi.
1500000
6
O‘rnatish jihozi montaj qilish uchun topshirildi
1500000
7
O‘rnatish jihozini montaj qilishda qatnashgan ishchilarga ish haqi
hisoblandi.
50000
8
Montaj qilingan o‘rnatish jihozlari mebel va ofis jihozlari tarkibiga qabul
qilinib foydalanishga topshirildi .
?
9
“Kuchlik” neftbaza unitar korxonasiga olingan yoqilg‘ilar qiymati
korxonaning hisob – kitob chetidan o‘tkazib beriladi.
5550000
10 Materiallarni keltirish bo‘yicha tayyorlov – transport xarajatlari
aniqlanadi:
a) summada
b) foiz hisobida
11 Materiallar bo‘yicha tovar – transport xarajatlarining material turlari
bo‘yicha taqsimoti tuzildi:
a) jun gazlama
b) ipak gazlama bo‘yicha
12
“Buxoro tekstil” qo‘shma korxonasiga undan olingan materiallar
qiymati va ularni keltirishga ketgan xarajatlar korxonaning hisob – kitob
chetidan o‘tkazib berildi
820000
13 Yuqori tashkilotning qarori bilan boshqa avtomobillar ushbu korxonaga
bepul berildi:
a) boshlang‘ich qiymati
b) eskirish summasi
20000000
7500000
14 Benzinni keltirish bo‘yicha tayyorlov-transport xarajatlari aniqlandi:
a) summada
b) foiz hisobida
15 Benzin bo‘yicha tayyorlov – transport xarajatlarining benzin turlari
bo‘yicha taqsimoti tuzildi:
a) benzin “A – 80” bo‘yicha
b) benzin “A – 91” bo‘yicha
Sotib olingan materiallar tannarxi kalkulyatsiyasi tuzilsin. Buning uchun quyidagi
jadvaldan foydalanilsin.
281
Do'stlaringiz bilan baham: |