Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

O‘rnini koplash qiymati 
korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobi koplashni 
muljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati. Nomoddiy aktiv pul harid kilinsa, uning qiymati 
kontraktda ikqilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singar aktivga aniqlangan bozor narxi bo‘yicha 
ko‘rsatilishi mumkin. 
Nomoddiy aktiv xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan yaratilgan va un yaratish 
chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan xrllarda nomoddiy aktiv xdkiki tannarx bo‘yicha aks 
ettiriladi. Nomoddiy aktiv qiymatini belgilash mumkin bulga hollarda u aktiv sifatida alohida modda 
bilan aks ettirilmaydi. Korxona tomonida gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi, chunki u korxonani 
sotib olish paytida hari qilish narxi bilan mazkur subyektni tashkil kiluvchi aktivlarning haqikiy narx
o‘rtasidagi tafovut sifatida yuzaga keladi. Ba’zi vaqtlarda nomoddiy aktivlarni kayt; baholashga exo‘tiyoj 
tugiladi. Nomoddiy aktivni kayta baholaganda nomoddiy aktivnin butun zanjiri kayta baholanishi kerak 
Kayta baxrlash natijasida nomoddiy aktiv balans qiymati ko‘paygan holda ushbu ko‘payish avvalgi 
baho‘odan oshadigan summada «Zaxira sarmoya xo‘isobvaragining kreditida aks ettirilishi lozim. Kayta 
baxrlash natijasida nomoddiy aktivning balans qiymati kamaygan bo‘lsa, bu kamayish avvalgi bahodan 
oshadigan summada harajat sifatida tan olinadi. 
 
8.
 Nomoddiy aktivlar harakatini hisobga olish 
Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida xo‘isobga olish uchun quyidagi Hisobvaraqlar 
ochilgan:
0410-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalar»
0420-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari»
0430-«Dasturiy ta’minot» 
0440-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi» 0450-«Tashkiliy harajatlar»
0460-«Franshizalar»
0470-«Mualliflik huquqlari»
0480-«Gudvill»
0490-«Boshqa nomoddiy aktivlar». 
Nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi quyidagi kurinishlarda bo‘ladi: 


154 
♦ Korxona tomonidan yaratilishi; 
Boshqa korxonalardan sotib olish;
Tekinga olish; 
Nomoddiy aktivni muassislar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning pi tarzida 
yoki aksiyalarning haqini to‘lash hiobigas kiritish.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: 
Nomoddiy aktivlar korxona tomonidan yaratilganida - nomoddiy aktivni barpo etish
to‘g‘risidagi shartnoma; korxona rahbarining barpo etilgan obyekt to‘g‘risidagi hujjat ga
maxfiylik maqomini berish va bu hujjatlardan foydalanuvchilar doirasini cheklab kuyish
yuli bilan obyektni nou-xau sifatida xizmat yoki tijorat siri rejimini ta’min-rSh1
to‘g‘risidagi muxofaza hujjati; obyektni barpo etishga ketgan harajatlarni tasdiklovchi
hujjatlar; obyektni kirim kilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma va
Pulga sotib olingan takdirda - huquqlar berilganligi to‘g‘risidagi shartnoma, amalga 
(oshirilgan to‘lovlarni tasdiklovchi hujjatlar, qabul kilib olish dalolatnomasi; .
Tekinga olingan takdirda - huquqdar berilganligi to‘g‘risidagi shartnoma, qabul kilib lnsh 
dalolatnomasi va baholash dalolatnomasi; 
Nomoddiy aktivni muassislar tomonidan korxonaning ustav fondiga ularning ulushi tarzida yoki 
aksiyalarning haqini to‘lash hiobigas kiritilganida - ta’sis hujjatlari, ul kilib olish dalolatnomasi va 
baholash dalolatnomasi. 
Tegishli shartnomalar asosida korxona mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar 
kuchi bilan barpo etilgan nomoddiy aktivlar obyektlari 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» 
hisobvarag‘ining krediti bilan korrespondentsiyada 0410-0490-hisobvarakdar debeti bo‘yicha haqikiy 
tannarxiga karab nomoddiy aktivlar sifatida kirim nlinadi. Boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan 
nomoddiy aktivlar 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» hisobvarag‘ining krediti bilan 
korrespondentsiyada 0410-0490-■hisobvaraqlar debeti bo‘yicha kirim qilinadi. 
Misol. «Bobur» xissadorlik jamiyati 2001 yil sentyabr oyida qiymati 5000ming sumlik 
dasturiy ta’minotni o‘zga tashkilotdan sotib oldi va uni balansga qabul kilib o ldi. Ushbu muomalaga 
hisobda quyidagicha provodka beriladi: : 
♦ Nomoddiy aktiv harid kilindi: 
D-t 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» - 5000 sum
K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar» - 5000 sum. 
♦ Nomoddiy 
aktiv 
balansga 
qabul 
kilindi: 
D-t 0430-«Dasturiy ta’minot» - 5000 sum 
K-t 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» -5000 sum. 
Boshqa korxona yoki jismoniy shaxslardan tekinga, shuningdek xukumat organlarining subsidiyasi 
sifatida olingan nomoddiy aktivlar 8530-«Tekinga olingan mol-mulk» hisobvarag‘i bilan 
korrespondentsiyada 0410-0490-hisobvaraqlar debeti bo‘yicha kirim qilingan sanada ekspert yuli bilan, 
bozor qiymati bo‘yicha belgilangan bahoda aks ettiri-ladi. Ta’sischilar ustav fondiga ulush sifatida 
kiritgan yoki aksiyalar haqini to‘lash hiobigas bergan nomoddiy aktivlarni kirim qilish 4610-
«Muassislarning ustav sarmoyasiga ulushlar bo‘yicha qarzlari» hisobvarag‘i krediti hamda 0410-0490-
hisobvaraqlar debetida aks ettiriladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud tashkilotni bonshcharish 
uchun foydalanilmayotgan nomoddiy aktivlar obyektlarining qiymati buxgalteriya balansidan 
hisobdan chiqarilishi kerak 
Quyidagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida nomoddiy aktivlar obyektlarining qiymati korxona 
aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: 

realizatsiya, ya’ni huquqdarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida iqtisodiy ma’noda 
sotganda va yuridik ma’noda egalik hukuki tuxtatilganida; 


155 

bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan 
chiqarilganida; 
♦ nomodtsiy aktivning amal qilish muddati tugagach hisobdan chiqarilganida; 
♦ boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida; 
♦ huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida boshqa shaxslarga tekink 
rilganida. 
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqdrilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni b teriya Hisobida aks 
ettirish uchun quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: 

egalik qilish huquqi boshqalarga berilganida - huquqni boshqa birovga 
to‘g‘risidagi 
shartnoma, 
xaq olinganligini 
tasdiklovchi to‘lov 
hujjati va boshqa 
xujj 
huquqni 
boshqalarga 
berish qiymatini baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi xul 
chiqib ketish dalolatnomasi; 

amal qilish muddati tugatilganligi tufayli hisobdan chiqarilganida - xis 
chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma; 

boshqa 
korxonalarning 
ustav 
kapitaliga 
quyganida 

ta’sis hujjatlari, foyda 
huquqini boshqa birovga berish to‘g‘risidagi shartnoma, foydalanish hukukini bog‘liq 
berish qiymatini baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, foyda 
huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qabul kilib olish-topshirish 
dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi; 

tekinga berilgan takdirda - foydalanish hukukini boshqa birovga berish to‘g‘ris 
shartnoma, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qabul kilib 
topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi. 
Nomoddiy aktivlar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati nom> aktivlarni Hisobga 
olishning tegishli hisobvaraqlari kreditidan 9220-«Boshqa akt! ning realizatsiyasi va boshqacha chiqib 
ketishi» hisobvarag‘i debetiga hisobdan chiqarr Nomoddiy aktivlarni chetga sotishdan tushgan 
tushum 9220-«Boshqa aktivla realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i krediti 
bo‘yicha 4890-« shaxslarning qarzlari-joriy kismi» va 0990-«Boshqa Uzoq muddatli debitorlik qarz 
hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlar chiqib ketganida ular bo‘yicha hisoblangan eskirish sud 0510-0590-
hisobvaraqlari debetidan 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va 601 chiqib ketishi» hisobvarag‘i 
kreditiga hisobdan chiqariladi. 
Misol. «Bobur» xissadorlik jamiyatida may oyida dasturiy ta’minot hisobdan chiqarildi: balans 
qiymati 2000ming sum, eskirish qiymati 1500ming sum. Nomoddiy aktiv sotish qiymati 3000ming sum. 
Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga quyidagicha provodka (ming so‘mda) beramiz: 
♦ dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga: 
D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy kismi» - 3000 sum 
K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 3000 sum. 
♦ balans qiymati hisobdan chiqarildi: 
D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 2000 sum
K-t 0430-«Dasturiy ta’minot» - 2000 sum. 
♦ eskirish qiymati hisobdan chiqarildi: 
D-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» -1500 sum 
K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 1500 sum. 
♦ dasturiy 
ta’minotni 
sotishdan 
foyda 
olindi 
(3000+1500-2000)=2500 
sum: 
D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 2500 sum 
K-t 9320-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foy 
2500 sum. 


156 
Agarda korxona dasturiy ta’minotni 300 ming sumga sotganida, moliyaviy na quyidagiga teng 
bo‘lar edi: 
♦ dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga; 
D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy kismi» - 300 ming sum 
K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 300ming sum. 
Sh balans qiymati hisobdan chiqarildi: 
I-t 9220-«Boshka aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 2000 sum 
K-t 0430-«Dasturiy ta’minot» - 2000 sum. 
♦ eskirish qiymati hisobdan chiqarildi: 
D-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» - 1500 sum 
K-t 9220-«Boqaa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 1500 sum. 
♦ dasturiy 
ta’minotni 
sotishdan 
zarar 
kurildi 
(300+1500-2000)= 
-200ming 
sum: 
D-t 9430-«Boshqa operatsion harajatlar» - 200ming sum 
K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 200ming sum. 
 
Nomoddiy aktivlar hisobini yuritishda quyidagi ta’riflardan foydalaniladi: 
1. Dastlabki qiymat - aktivni xarid qilishda haqiqatda to’langan pul mablaglari yoki uning 
ekvivalentlari qiymati yoki uni ishlab chiqarishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar. Xarid qilishning 
haqiqiy qiymati nomoddiy aktivni xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holatga keltirish uchun 
qilingan barcha xarajatlarni, ya’ni: xarid narxi, yuridik yigimlar va boshqa zarur xarajatlarni o’z ichiga 
oladi. 
2. Tugatilish qiymati - chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda 
aktivning foydali xizmati pirovardida uni tugatish paytida paydo bo’ladigan aktivlarning taxmin 
qilinayotgan qiymati. 
3. Realizatsiya (sotish) qiymati - nomoddiy aktivlarni bitim paytida manfaatdor taraflar o’rtasida 
ayirboshlash mumkin bo’lgan summa. 
4. Qoldiq (balans) qiymati - aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamgarilgan (to’plangan) 
amortizatsiyani chiqarib tashlagan holda nomoddiy aktivlarning dastlabki yoki joriy qiymati. 
5. Qoplash qiymati - xo’jalik yurituvchi subyekt aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga 
qoplashni mo’ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati. 
Xo’jalik yurituvchi subyekt xo’jalik faoliyati jarayonida nomoddiy aktivlarni xarid qilish, 
rivojlantirish va ko’paytirish bo’yicha majburiyatlar oladi. Korxonaning nomoddiy aktivlari tarkibida 
patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk va savdo markalari (shu jumladan firma markalari va e’lon qilinayotgan 
nomlari) aks ettiriladi. Tanho huquqlar, kompyuter dasturini ta’minlash, mualliflik huquqlari, mijozlarning 
ro’yxatlari, litsenziyalar, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar (yangi xo’jalik 
yurituvchi subyektni barpo etish xarajatlari, ya’ni boshlash xarajatlari), nou-xau, bozor to’grisidagi bilim, 
texnik ko’nikmalar va hokazolar amaliyotda uchraydigan aktivlarga oddiy misollar hisoblanadi. 
Nomoddiy aktivlar ta’rifi aktivdan xo’jalik faoliyatida foydalanilishi va jismiy mohiyatga ega 
bo’lmasligi (pul emasligi)ni taqozo etadi. Aktivlarni yuridik huquqlar, shu jumladan mulk huquqi bilan 
muqoyasa qilish mumkin bo’lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanish mumkin bo’lgan holda 
jismiy mohiyati bo’lmagan aktivlar nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi. 
Aktivning yuridik huquqini belgilaydigan shartnoma ushbu huquq taalluqli bo’lgan aktivni ham 
belgilaydi. Ayrim hollarda nomoddiy aktiv yuridik huquq. bilan muqoyasalash yo’li bilan belgilanishi 
mumkin emas. Bunday aktivlar belgilovchi ekanligini belgilash uchun xo’jalik yurituvchi subyektga ushbu 
aktivdan qanday foydalar olinishini aniqlash imkonini beradigan bir qator omillarni diqqat bilan qarab 
chiqish zarur. 
Quyidagi hollardagina xo’jalik yurituvchi subyekt kelgusida nomoddiy aktivlar bilan boglangan 
iqtisodiy foydalar olishi ehtimoli mavjud bo’ladi: 


157 
1. Nomoddiy aktiv xo’jalik yurituvchi subyektga bo’lgusi iqtisodiy foydalarning kutilayotgan 
oqimini ko’paytirishdagi o’z rolini, ushbu rolni samarali bajara olishi va xo’jalik yurituvchi subyektning 
nomoddiy aktivdan ana shu maqsadda foydalanish niyatini isbotlay olishi mumkin bo’lganda; 
2. Xo’jalik yurituvchi subyekt o’zi kutayotgan bo’lgusi iqtisodiy foydalarni olishi mumkin bo’lgan 
yetarlicha resurslar mavjud bo’lsa yoki ularni ishlatish mumkinligini isbot qilish mumkin bo’lgan hollarda. 
Barcha xil nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi dastlabki qiymat bo’lishi kerak. 
Agar nomoddiy aktivlar pulsiz ayirboshlash (barter) tartibida xarid qilinsa, ularning qiymati, 
baholarning qaysi biri afzalroq ekaniga qarab, ayirboshlashga berilgan mol-mulkning yoki xarid qilingan 
huquqlarning bozor narxi bo’yicha belgilanishi mumkin. 
Agar nomoddiy aktiv pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol 
ishlayotgan shu singari aktivga aniqlangan bozor narxi bo’yicha ko’rsatilishi mumkin. 
Nomoddiy aktiv xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish 
chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo’lgan hollarda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarx bo’yicha aks 
ettiriladi. 
Nomoddiy aktiv qiymatini belgilash mumkin bo’lgan hollarda u aktiv sifatida alohida modda bilan 
aks ettirilmaydi. 
Xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi yaratgan gudvill (firmaning narxi) aktiv sifatida aks 
ettirilmasligi kerak, chunki u korxonani sotib olish paytida xarid qilish narxi bilan mazkur subyektni 
tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi o’rtasidagi tafovut sifatida yuzaga keladi. 
"Gudvill (firma bahosi)" nomoddiy aktivining summasi har oyda, uning foydali xizmat muddati 
mobaynida hisobdan chiqariladi. "Gudvill (firma bahosi)" summasining hisobdan chiqarilishi bevosita 
"Gudvill (firma bahosi)" nomoddiy aktivi hisobvarag’ining saldosini kamaytirishga xarajatlarni hisobga 
olishning tegishli hisobvaraqlari bilan korrespondensiyada yozib boriladi.
"Gudvill (firma bahosi)" summasini hisobdan chiqarish davri korxonaga bo’lg’usi iqtisodiy foydalar 
tushumi kutilayotgan davrning eng yaxshi bahosini aks ettirishi kerak. "Gudvill (firma bahosi)" nomoddiy 
aktivining foydali xizmat muddati dastlab tan olingan paytdan boshlab yigirma yildan oshmasligi kerak 
(lekin u xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyat muddatidan oshib ketmasligi lozim).
Moliyaviy hisobotda "Gudvill (firma bahosi)" nomoddiy aktivining qiymati tegishli hisobot davrida 
amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holda aks ettiriladi.
Korxonaning bozor qiymati, ehtimol, xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan kelgusida olinadigan 
iqtisodiy foydalar bozori bahosini aks ettiradi. Korxonaning bozor qiymati bilan uni belgilaydigan 
aktivlarning bozor qiymati o’rtasidagi tafovut istalgan paytda o’z ichiga subyekt qiymatiga ta’sir 
ko’rsatadigan bir qator omillarni olishi mumkin. Biroq bunday tafovut ushbu paytda subyekt nazorat 
qilayotgan belgilovchi aktivlarning qiymatini ko’rsatmaydi. 
Nomoddiy aktivlarning balans qiymati hukumat grantlari summasiga kamaytirilishi mumkin. 
Aktiv dastlabki qiymati, ya’ni tannarxi yoki xarid qilish narxi bo’yicha tan olinganidan keyin 
nomoddiy aktiv balansda jamgarilgan amortizatsiya chiqarib tashlangan holda hisobga olinadi. 
Moliyaviy hisobot nomoddiy aktivlar uchun qabul qilingan va nomoddiy aktivlarning har bir 
ko’rsatilgan darajasiga nisbatan hisob siyosatini ochib ko’rsatishi kerak: 
1. Amortizatsiyani hisoblab yozishning qo’llanadigan usuli; 
2. Foydali xizmat muddati va amortizatsiyaning qo’llaniladigan me’yorlari; 
3. Balans qiymati hamda hisobot davrining boshlanishi va oxiriga jamgarilgan amortizatsiya; 
4. Subyekt ichida barpo etilgan aktivlarning balans qiymati; 
5. Davr boshlanishi va oxirida quyidagilarni aks ettiradigan balans qiymatini qiyoslash: 
5.1. Tushum; 
5.2. Chiqib ketish; 
5.3. Qayta baholash natijasida qiymatning ko’payishi yoki kamayishi; 


158 
5.4. Xorijiy korxonalarining moliyaviy hisobotlarda bir valyutani boshqasiga qayta hisoblayotganda 
paydo bo’ladigan sof kurs tafovuti; 
5.5. Nomoddiy aktivlarning boshqa harakatlari.
Moliyaviy hisobot quyidagilarni ham ochib berishi kerak: 
1. Nomoddiy aktivlarning uni dastlabki aks ettirish sanasidan boshlab 5 yildan oshgan amortizatsiya 
davrini qabul qilishning sababini; 
2. Tiklanayotgan qiymatni belgilash paytida ularning joriy qiymati darajasiga qadar diskontlash 
qo’llanilgan yoki qo’llanilmaganini; 
3. Mulk huquqiga cheklashlar, shuningdek majburiyatni ta’minlash sifatida ishlatilgan nomoddiy 
aktivlar mavjudligi va summasini; 
4. Nomoddiy aktivlarni xarid qilishga ajratilgan mablaglar summasini. 
Keyingi axborot nomoddiy aktivlar moddalarining qayta baholangan ushbu qiymatlarini aks 
ettirishda ochib berilishi kerak: 
1. Aktivlarning bozor qiymati belgilangan asos; 
2. Qayta baholashning haqiqiy sanasi; 
3. Baholash ushbu sohadagi mustaqil ekspert (baholovchi) tomonidan amalga oshirildimi yoki tahlil 
qilindimi; 
4. Nomoddiy aktivlarning moliyaviy hisobotga kiritiladigan har bir darajasi - balans qiymati, bunda 
barcha aktivlarning qiymati standart rejimdan foydalanganda belgilanishi shart qilib qo’yiladi; 
5. Qayta baholashning davr ichida o’zgarishlarni aks ettiruvchi rezervi va aksiyadorlar o’rtasida 
qoldiq (saldo)ni taqsimlash bo’yicha har qanday cheklashlar; 
6. Nomoddiy aktivlarning har bir darajasi uchun, buning sabablari bilan birga ularning joriy bozor 
qiymatini aniq belgilash mumkin bo’lmagan aktivlarning balans qiymati; 
7. Nomoddiy aktivlarning har bir darajasi uchun, agar barcha aktivlar qiymati standart rejimdan 
foydalanib aks ettirilganda amortizatsiya summasi. 
Ruxsat berilgan muqobillik rejimiga muvofiq belgilangan qiymat bo’yicha aks ettiriladigan 
nomoddiy aktivlar darajalari standart rejimga muvofiq belgilangan qiymat bo’yicha ko’rsatiladigan 
aktivlar darajalaridan alohida aks ettirilishi kerak. 
Nomoddiy aktiv to’liq eskirgan, sotilgan, tekinga berilgan hollarda hisobdan o’chiriladi. 
Nomoddiy aktivning chiqib ketishidan olingan daromad yoki zarar sotishdan kutilayotgan tushum va 
aktivning balans (qoldiq) qiymati o’rtasidagi tafovut sifatida belgilanadi. U moliyaviy natijalar to’grisidagi 
hisobotda daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish