101
kuzatilmaydi, aksincha, buyrak kosachalari qisilib, surilib, o‗zining topografiyasini
o‗zgartirgan bo‗ladi. Buyrak o‗smasida buyrak qattiq konsistentsiyaga ega va
uning yuzasi notekis bo‗ladi.
chapdagidronefroz
chapda vilms o‗smasi
Davolash.
Gidronefrozni davolash patologik
jarayonning rivojlanishini
chaqiruvchi sabablarini yo‗qotishga va ahzoni saqlashga qaratilgan bo‗lishi kerak.
Gidronefrozda konservativ davolash yordamchi rolg‘ o‗ynaydi va
yallig‗lanish jarayonini to‗xtatishga hamda simptomatik davolashga (og‗riqlarni
kamaytirish,
arterial
gipertenziyani
tuzatish,
buyrakning
surunkali
yetishmovchiligini davolash) qaratilgan bo‗ladi. Bemorni operatsiyaga tayyorlash
uchun operatsiyadan oldingi davrda konservativ davoni faol olib borish kerak.
Gidronefrozni xirurgik usuli bilan davolashni uch guruxga bulishi mumkin:
nefroektomiya, polliativ operatsiyalar – nefro va pielostomiya va nixoyatga
organing saklab kolishbilan boglik bulgan rekonstruktiv – plastik operatsiyalar
.
Gidronefrozda operativ davolashga quyidagilar ko‗rsatma bo‗ladi:
1)pielonefritning tez–tez qaytalanuvchi xuruji;
2) ―ikkilamchi‖ toshlar hosil bo‗lishi;
3) buyrak funktsiyasining pasayishi;
4) bemorni azoblovchi og‗riq bo‗lishi;
5) buyrakning surunkali yetishmovchiligi.
Nefrektomiya.
Gidronefrozning oxirigi stadiyasida
kilinadigan operatsiya
bulib, albatta ikkinchi buyrakning funktsional normal xolatini aniqlaganidan keyin
102
kilinadi. Xozirgi davrida, nefrektomiya bemorga donor
buyragini transplantatsiya
oldidan kilishadi.
hatto radioizotop renografiyada ham buyrak funktsiyasi
aniqlanmagan taqdirda plastik operatsiya usulini qo‗llamoq lozim. Chunki bolalar
buyragining kompensator mexanizmi ancha kuchli bo‗ladi.
Biroq buyrak
parenximasi haddan tashqari noziklashib, buyrak suv to‗ldirilgan
xaltachaga
o‗xshab qolgan hollarda nefrektomiya bajariladi.
nefrektomiyaga faqat bir
tomonlama gidronefroz bo‗lgan
hollarda,ya‗ni parenximaning atrofiyasi keskin
namoyon bo‗lganda va buyrakning funktsiyasi ozgina bo‗lganda (gidronefrozning
iii bosqichi) murojaat qilish kerak. Bunday buyrakni asoratlar (o‗tkir pielonefrit,
pionefroz, nefrogen gipertenziya vab.) Bo‗lishi mumkinligi
sababli saqlab qolish
xavfli bo‗ladi. Keksa odamlarda bir tomonlama gidronefrozda nefrektomiyaga
ko‗pincha kasallikning ii bosqichida murojaat qilinadi.
Ikkinchi buyrak ham
gidronefroz
yoki
boshqa
patalogik
jarayon
bilan
zararlangan
bo‗lsa,
nefrektomiyaning oqibatini jiddiy taxlil qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: